Buxoro davlat tibbiyot instituti kurbanova gulnoz negmatovna kasbiy pedagogika


Pedagogik faoliyatni boshqarish dasturi



Download 1,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/180
Sana11.01.2022
Hajmi1,4 Mb.
#347011
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   180
Bog'liq
fayl 1709 20210831

Pedagogik faoliyatni boshqarish dasturi. 
Ushbu qonuniyat o‘qituvchilardan 
tashabbus,  mustaqil  qaror  chiqara olish hamda  o‘z  vazifasiga ijodiy  yondashuvni 


185 
 
talab  qiluvchi  pedagogik  faoliyatga  ham  taaluqlidir.  Shu  sababli  bu  sohada 
bajarilishi  qatьiy  talab  etiladigan  direktiv  dasturlarning  kamroq  qo‘llanilishi 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Misol uchun, bunday dasturlarda ish tartibi, hujjatlarni 
yuritish  va  mehnat  faoliyatining  oxirgi  natijasiga  aniq  talablarni  belgilash  orqali 
cheklanish ro‘y berishi mumkin. Ta’lim natijasiga nisbatan talab qatьiy belgilanadi 
va  u  davlat  ta’lim  standartlarida  rasmiylashtiriladi.  Pedagogik  faoliyatning  sifat 
ko‘rsatkichi  esa,  mos  ravishda  ta’lim  oluvchilar  faoliyatining  ushbu  talablar 
darajasiga  muvofiqligida  o‘z  aksini  topadi.  Demak,  direktiv  boshqaruv 
dasturlaridan  voz  kechish  pedagoglarga  cheklanmagan  hajmdagi  erkinlikning 
berilishini anglatmaydi. Ushbu yo‘nalishda asosiy e’tibor ta’lim jarayoni mazmuni 
va usullaridan uning yakuniy natijasiga ko‘chirilishiga qaratilgan. 
Bajarilishining  majburiyligi  nuqtai  nazaridan  boshqaruv  dasturlarini 
informativ  va  direktiv  turlarga  ajratish  mumkin.  Jumladan,  matbuotda  nashr 
etilayotgan  turli  ilmiy-metodik  tavsiyalar  informativ  dasturlar  hisoblanadi  va 
ularning bajarilishi majburiy  deb belgilanmaydi.  Pedagoglar ulardan  faqat o‘zlari 
uchun  zarur  deb  bilgan  qismini  bajarish  huquqiga  egalar.  Informativ  dasturlar 
talablarining jarishi to‘laligicha pedagogning xohishi, ehtiyoj va istaklaridan kelib 
chiqib  belgilanadi.  Direktiv  hujjatlarning  bajarilishi  majburiy  bo‘lib,  u  tegishli 
tartibda  nazorat  qilinadi.  Jamiyatimizning  demokratlashib  borishi  natijasija 
informativ dasturlarga bo‘lgan ehtiyoj ortib borishi kuzatilmoqda. 
Ta’lim  muassasini  boshqarish  konsepsiyasi  ko‘plab  boshqaruv  g‘oyalarini 
o‘zida mujassamlashtirgan tashkiliy model sifatida tasavvur qilish mumkin. 
Faoliyat  nuqtai  nazaridan  yondoshilganda,  boshqaruv  modelida  quyidagi 
tarkibiy  unsurlarni  ko‘rsatish  mumkin:  motiv,  maqsad,  rejalashtirish,  joriy 
axborotlarni  tahlil  qilish,  qabul  qilish,  harakat,  natijalarni  baholash  va  tizimga 
tegishli 
tuzatishlar 
kiritish. 
Boshqaruvchanlik 
faoliyatining 
mazkur 
umumpsixologik  tuzilmasi  boshqaruv  sub’ektlarining  individual  faoliyatiga 
qaratilgan  bo‘lib,  bu  o‘rinda  boshqaruv  jarayoni  va  faoliyati  hamma  vaqt  o‘zaro 
muvofiq  holatda  bo‘ladi  va  muomala  qonuniyatlari  asosida  o‘zaro  uyg‘unlashib 
boradi. 


186 
 
Boshqaruv  jarayoni  davriy  xarakterda  bo‘lib,  bu  davrlarning  har  biri  o‘z 
davomiyligi,  tadbiq  etilish  sohasi,  vazifalari  va  o‘z  echimiga  ega.  Boshqaruvning 
alohida  olingan  davrini  quyidagi  jarayonlarni  qamrab  olgan  bo‘g‘in  sifatida 
tasavvur  qilish  mumkin:  axborotlarni  qabul  qilish  va  ularning  tahlili,  boshqaruv 
qarorining  qabul  qilinishi,  ta’lim  muassasasi  faoliyatini  rejalashtirish,  rejani 
bajarish  uchun  ishni tashkil qilish, hisob-kitob, nazorat ishlari  va natijalarni tahlil 
qilish. 
Ta’lim muassasalarida pedagogik jarayonlarni ilmiy asoslarda tashkil etish 
va  samaradorligini  ta’minlashda  ularning  o‘zaro  bog‘liqligi  va  aloqadorligi 
yaxlit  pedagogik  tizimni  tashkil  etishini  inobatga  olish,  mazkur  jarayon 
sub’ektlarining  qiziqishlarini  rivojlantirish  hamda  ko‘zlangan  natijalarga 
erishishda  innovatsion  jarayonlarni  oldindan  loyihalashtirish  boshqaruvning 
qator funksiya va metodlaridan foydalanishni nazarda tutadi. 
Pedagogik  jarayonlarning  samaradorligi  ko‘p  jihatdan  mazkur  jarayonga 
tatbiq  etilayotgan  innovatsiyalarning  mazmun-mohiyati,  ahamiyati  va  o‘ziga 
xos xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Innovatsiyalarning o‘ziga xos xususiyatlari 
sifatida: dialektiklik, davriylik, asoslanganlik darajasi, ixtiloflilik, ahamiyatlilik, 
tavakkalchilik, rahbarlik uslublarini tavsiflash qobiliyati, vaziyatga aloqadorlik, 
tarkibiy tuzilishga egaligi (strukturaviylik), innovatsion harakatlar strategiyasini 
shakllantirish  imkoniyati,  boshqaruvchanlik,  ijtimoiy  mo‘ljallanganlik, 
sub’ektlarning 
qiziqishi 
yo‘nalishida 
tabaqalashtirish 
qobiliyati, 
innovatsiyalarni  sub’ekt  tomonidan  o‘ziga  xos  qabul  qilinishini  keltirish 
mumkin. 
Pedagogik  jarayonlarni  samarali  tashkil  etish  va  boshqarishda  uning 
quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olish zarur: 

pedagogik  jarayonlarni  tashkil  etish  va  boshqarish  jarayoni  o‘ziga  xos 
integrativ tizim ekanligi; 
-
 
pedagogik  jarayonlar  komponentlarining  o‘zaro  bog‘liqligi  va 
aloqadorligi; 
-
 
pedagogik  jarayonlar  samaradorligi  mazkur  jarayon  sub’ektlarining 


187 
 
bilim,  ko‘nikma  va  malakalari  va  o‘zlashtirish  ko‘rsatkichlari  darajasining 
o‘sishi, ya’ni ta’lim- tarbiya jarayonining natijaviyligini ifodalashi; 
-
 
pedagogik  jarayonlarda  amaliyotga  tatbiq  etilayotgan,  ya’ni 
samaradorligi  tekshirilayotgan  yangilik  va  innovatsiyalar  o‘ziga  xos 
xususiyatlarga ega ekanligi
-
 
pedagogik jarayonlarning samaradorligi subyektlarning ehtiyojlari va 
manfaatlariga hamda shaxsiy qiziqishlariga bog‘liqligi; 
-
 
pedagogik  jarayonlarda  ijodiy  muhitni  yaratish  motivlashtirish 
zaruriyatini belgilashi; 
-
 
kommunikatsion  jarayonlarda  pedagogik  jarayonlar  sub’ektlarining 
faolligi hamda axborotlarning yangi va ishonchli bo‘lishi zaruriyati; 
-
 
pedagogik  jarayonlarda  har  bir  sub’ekt  o‘z  ijodiy  imkoniyatlaridan 
foydalana olishi uchun shart-sharoitlar yaratishning majburiyligi
-
 
pedagogik  jarayonlarni  tashkil  etish  va  boshqarish  mazmun-
mohiyatiga  ko‘ra  ma’lum  bir  maqsadga  erishishga  yo‘naltirilgan,  o‘ziga  xos 
xususiyatlarga  ega  bo‘lgan  boshqaruv  funksiyalari  va  metodlaridan 
foydalanishni nazarda tutishi. 
Pedagogik  jarayonlarni  tashkil  etish  va  boshqarishda  inobatga  olinishi 
zarur  bo‘lgan  innovatsiyalarning  o‘ziga  xos  xususiyatlari,  sub’ektlarning 
individual psixologik xususiyatlari, tashkil etiladigan pedagogik jarayonlarning 
o‘ziga  xos  xususiyatlari  mazkur  jarayonda  ijodiy  muhitni  shakllantirish 
zaruriyatini belgilaydi. 
Pedagogik  jarayonlarda ijodiy  muhitni  shakllantirish sub’ektlarning  erkin 
ishtirok etishi, mustaqil va erkin fikrlashi, o‘z fikr va tashabbuslarini namoyon 
qilishi  uchun  zaruriy  shart-sharoitlarni  yaratilishini  nazarda  tutadi  va  bu  o‘z 
navbatida,  boshqaruvning  ijtimoiy-psixologik  metodlaridan  foydalanish 
zaruriyatini belgilaydi. 

Download 1,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish