178
17-MAVZU: KASBIY PEDAGOGIKADA TALABALARNI
MOTIVLASHTIRISH VA FAOLLASHTIRISH
Tayanch tushunchalar:
motiv, motivlashtirish, faollashtirish, o‘quv
motivlari, faollik, o‘quv faoliyati, ehtiyoj, qiziqish, kasbiy tafakkur.
17.1. O‘qitishni motivlashtirish va faollashtirish xususiyatlari. O‘quv
motivlarini shakllantirish.
Pedagogik jarayonlarda davlat va jamiyat, shaxs, fan va ishlab chiqarish
ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda sub’ektlarning xatti-harakatlarini, faoliyatini
muvofiqlashtirish, erishish zarur bo‘lgan maqsadlar yo‘nalishida professor-
o‘qituvchilar va o‘quvchi-talabalarning hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etish,
ularning faolligini rivojlantirish samaradorligi ko‘p jihatdan motivlashtirishga
bog‘liq bo‘ladi.
Ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan pedagogik jarayonlarda qulay
ta’limiy muhitni shakllantirish uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratishda
sub’ektlarning ehtiyojlari va imkoniyatlarini o‘rganish asosida ularning faoliyatini
takomillashtirish va rivojlantirish zarur bo‘lib, mazkur jarayonda motivlashtirish
o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi.
Motivlashtirish – bu ma’lum ehtiyojlardan kelib chiqib, kishilar faoliyatini
psixologik ta’sir etish yo‘llari bilan maqsadga muvofiq yo‘naltirishdir.
Pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishda motivlashtirish
tashabbuslarni ishlab chiqish va tahlil qilish uchun shart-sharoitlar yaratish,
sub’ektlarning faoliyatini muvofiqlashtirish, ijtimoiy amaliyot va ta’lim
ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda natijalarning samaradorligini tahlil qilishni
hamkorlikda tashkil etish, o‘quvchi-talabalarda o‘quv motivlarini shakllantirish
orqali amalga oshiriladi.
Psixologik adabiyotlarda motiv deb insonni ma’lum xatti-harakatlarni
amalga oshirishga undaydigan, qo‘zg‘atadigan kuchga, quvvatga aytiladi.
179
Motiv – odamni muayyan xatti-harakatlarga undaydigan bosh sabab.
Odamni faoliyatiga undovchi asosiy sabab uning ehtiyojlaridir. Binobarin,
ehtiyojlarning turiga qarab motivlar ham har xil bo‘ladi. Psixologiyada motivlar
ikkita katta kategoriyaga bo‘linadi. Bular tabiiy motivlar hamda ma’naviy
motivlardir.
Motivlar, ularning mazmunini aks ettirish shakliga qarab ham bir-biridan
farq qiladi: hissiyot, tasavvur, fikr, tushuncha, g‘oya, ma’naviy ideal va boshqa
motivlar. Ba’zi hollarda motiv alohida harakatlarga undab, bu harakatning maqsadi
bilan bevosita mos keladi. Ko‘pincha, murakkab faoliyatda motiv harakat
maqsadiga bevosita mos kelmay, bir maqsadni amalga oshirish uchun bir qancha
harakatlarni bajarishga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun faoliyat predmeti motiv
harakatining o‘zidir. Haqiqatda, motivlar faollashgan, maqsadga qaratilgan, faqat
hayolda amalga oshuvchi yoki idrok qilingan bo‘lishi mumkin.
Asosan, bularning zaminida u yoki bu ehtiyojlar turadi. A.Burxonovning
fikricha, ehtiyojlarning qondirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan
faoliyatga undovchi va uning yo‘nalishini belgilovchi sabablar motivlar deb
ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: