Pul birligi
.
Pul birligi va uning nomi hukumatning tegishli qonun
va me’yoriy hujjatlari asosida belgilanadi. Qonun va tegishli me’yoriy
hujjatlar asosida belgilab qo‘yilgan pul belgilari mamlakatda yagona
to‘lov vositasi vazifasini bajaradi. Mamlakat iqtisodiyotida muomalada
bo‘lgan pul birligi o‘zining nomiga ega bo‘ladi. Milliy valyutaning
nomi barcha mamlakatlarda turlicha nomda yuritiladi. Masalan,
AQShda dollar, Buyuk Britaniyada funt sterling, Xitoyda yuan va
boshqalar (quyidagi jadvalda jahon mamlakatlarining pul birliklarining
nomlari keltirilgan).
Do'stlaringiz bilan baham: |