mamlakatda pul oborotining tarkibi va uni tashkil etish.
Pul tizimini tashkil etish tamoyillari – pul tizimini tashkil
etishning asosiy elementlaridan hisoblandi. Pul tizimini tashkil etishda
davlat tomonidan pul tizimini tashkil etishning tartib va qoidalari
nazarda tutiladi. Ta’kidlash joizki, bozor iqtisodiyoti amal qilayotgan
barcha mamlakatda muomalaga pul belgilarini emissiya qilish, bank
tizimining tarkibi bir – biriga o‘xshasada har bir mamlakatda pul –
kredit va moliya siyosatini amalga oshirishning o‘ziga xos tamoyillari
mavjud. Ushbu tamoyillarning asosiylari quyida keltirilgan.