3.4. Standartlashtirishning Davlat nazorati
Standartlashtirishning Davlat nazorati maqsad va vazifalari.
Standartashtirishning Davlat nazorati (SDN) sanoat ishlab-chiqarish korxonalari,
ilmiy-tadqiqot bo`limlari, birlashmalar, ilmiy-kostruktorlik va loyihalash tashkilotlari,
transport, savdo, maishiy xizmat va boshqa ommaviy tashkilotlarda standartlar hamda
shu kabi tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarning amalga oshirilishi faoliyatini nazorat
qilish maqsadida tashkil etiladi.
Standartashtirishning Davlat nazorati mahsulot, xizmat va faoliyatini barcha
turiga ta’sir doirasini o`tkazadi. Uning asosiy vazifasi fan va texnika taraqqiyoti
yutuqlarini Vazirliklar, muassasalar, korxona va tashkilotlarida joriy etilishini,
o`lchash aniqliklari, turlari, vositalari bo`yicha sohalarda birxillikni ta’minlash, nazorat
natijalarini tahlillash asosida taklif va tavsiyalar kiritishdan iboratdir.
SDN «O`zstandart» agentligi organlari tamonida amalga oshiriladi.
Standartlashtirish
markazi,
metrologiya
va
setifikatlashtirish
bo`limlari,
Standartashtirishning Davlat nazorati laboratoriyalari bu borada xizmat qiladi.
SDN ishlari barcha mahsulot yoki xizmat turlari bo`yicha yetakchi tashkilotlar
mutahasislari, ilmiy-tadqiqot, loyiha konsturuktorlik tashkilotlari yuqori malakali
mutahasislari, ishlab chiqarishning novatorlari hamda tashkilotchilik vakillari jalb
etiladi.
Davlat nazorati organlarining faoliyatlari va mansabdor shaxslarning huquq va
majburiyatlari.«O`zstandart» agentligi Davlat nazorat organlari standartlashtirish,
77
metrologiya va sertifikatlashtirish bo`yicha keng qamrovli faoliyat ko`rsatadi.
Jumladan:
- standartlashtirish va metrologiya xizmatlari ishlarini nazorat qilish;
- mahsulot sifati nazorati bo`yicha taftish (reviziya) hay’ati ishlarini boshqarish va
muofiqlashtirish bo`yicha metodik boshqarish;
- SDN ishlarini umumlashtirish;
- davlat sinovlari o`tkazish;
- standartlar va texnik shatlarini ro`yxatga olish va ekspertlash;
- mahsulot sifatini shaxodatlashda qatnashish;
- muhim mahsulot va xizmat turlari bo`yicha bosh korxonalarni shaxodatlash kabi
ishlarni tizimli olib boradi;
SDN mansabdor shaxslariga davlat tomonidan quyidagi huquqlar beriladi.
- standartlashtirish va metrologiya talablarini qondirmaydigan konstruktorlik,
texnologik va boshqa ishlarni buyurtmachiga berilishini ta’qiqlash;
- standartlashtirish va metrologiya talablariga mos kelmagan mahsulotlarni ishlab
chiqish, tashish, saqlash va foydalanishni taqiqlash;
- standartlashtirish me’yor va talablarini buzib ish ko`rib, kelayotgan korxona va
tashkilotlarga iqtisodiy sanksiya choralarini qo`llash yo`riqnomasini bitish;
SDN «O`zstandart» agentligi tomonidantasdiqlangan yillik rejalar asosida muhim
mahsulotlar sifatini oshirish, standartlashtirish ishlarini joriy qilish, ularni buzilishiga
yo`l qo`ymaslikka qaratilgan xalq-xo`jaligining barqaror rivojlanishini ta’minlaydigan
tadbirlarni amalga oshirib boradi.
Yillik rejalar nafaqat yetakchi korxona va tashkilotlar faoliyati, balki barcha
o`zaro munosabotdagi korxona va bo`limlar faoliyatini tekshirish bo`yicha butjam
nazorat ko`rinishida tuzilgan va amalga oshirilgan bo`lmog`i lozim.
Nazorat tartiblari va tekshiruv mazmuni.Tekshiruv mazmuni, korxona,
birlashma va tashkilotlar faolyaitiga bog`liq holda quyidagicha bo`lmog`i
darkor:
78
- ilmiy-tadqiqot, loyiha-konstruktorlik-texnologik tashkilotlarda korxona, davlat,
soha standartlari talablariga rioya qilinishini, chiqarilayotgan mahsulot sifati va boshqa
ko`rsatmalarini standartlart talablariga to`g`ri kelishini;
- standartlar ishlab chiqiladigan tashkilotalarda ularni sifati va maqsadli ishlab
chiqarish, joriy etilish holati, sinash va joriy etilish ketma-ketlik bosqichlarining
to`g`riligi va shu kabilar;
- transport va xizmat sohalarida ko`rsatilayotgan xizmat yoki transport
vositalarining mahsulotga mosligi, qadoqlash, tamirlash, yuklash-tushirish, tashish
sharoitlarining talabga javob berishi;
- savdo tashkilotlarida mahsulot sifati, uni saqlash va savdoga chiqarish
holatlarining muvofiqligining standart talablariga mos kelishi;
- foydalanadigan va iste’mol qiladigan tashkilotlarda, to`g`ri foydalanish va
to`g`ri iste’mol qilish talablariga mos kelishi, saqlash, ishlatish, muddatlarining
me’yordan oshib ketmasligi.
Ko`rsatilgan barcha obyektlarda nazoratning metrologik taminoti, qoida (qanday
o`lchab, qanday nazorat qilish), vositalariga alohida e’tibor beriladi.
Standartlarga rioya etilganlik nazorati:
Konstruktorlik-texnologik hujjatlarni ishlab chiqarilayotgan mahsulot yoki
buyumga mosligi, texnologik jarayonni standart talabida tashkil etilganligi, mahsulot
yoki buyumni vaqti-vaqti bilan tekshirib, sinab turish imkonlari mavjudligi kabi
ishlarni o`z ichiga olmog`i zarur.
Korxonalarda standartlarni qo`llanilishi va ularga amal qilish tartiblari
quyidagicha bosqichma-bosqich kuzatish yo`li bilan nazorat qilinishi mumkin.
1.
Tekshiruvdan avvalgi tanishuv bosqichi.
Bu bosqichda korxona va u ishlab chiqarayotgan buyum yoki mahsulot haqida
dastlabki ma’lumotlar belgilab olinadi; jumladan:
- korxonaning asosiy iqtisoslashtirilganligi;
- tekshirilayotgan mahsulotning boshqalarga nisbatan ulushi;
- etalon (na’muna)ning mavjudligi;
79
- bosh tashkilot yoki korxona tomonidan o`tkazilgan tekshiruv natijalarining
mavjudligi.
2. Korxonada tanishuv. Korxonada muayyan tekshiruv yuzasidan barcha
ma’lumotlar bilan bevosita tanishib chiqiladi.
Me’yoriy hujjatlar jumladan, standartlarning qo`llanilishi, ularga rioya qilinishi,
ko`rilgan va ko`rilayotgan chora tadbirlar. Standartlarni joriy etilishidagi
buyruqlarning
mavjudligi,
ularning
bajarilishi.
Konsturuktorlik-texnologik
hujjatlarning sifati, mavjudligi, ularga amal qilinish holatlari va h.k.
Tekshiruv haqidagi buyruq chiqqanidan so`ng zarur na’munalar tanlab olinadi va
nazorat boshlanadi.
3. Mahsulot yoki buyumni ishlab chiqarishda qo`llanilayotgan standart, texnik
shart va texnologik reglamentlarga rioya qilinishning to`g`ri kelishligi. Texnologik
reglamentlarning buzilmaganligi, texnalogik haritaga mosligi nazorat qilinadi.
4. Mahsulot sifati nazorati bo`yicha barcha omillarni o`lchov asboblarining
metrologik holati tekshiriladi.
5. Qo`llanilayotgan standart talablarining buzilmaganligi, uni takomillashtirish
borasidagi yangi standartlarni qo`llanilish rejalarining mavjudligi nazorat qilinadi.
6. Barcha tekshirilgan jarayonlar ma’lumotlarni umumlashtirilganligi haqida
aktlar tuzilib imzolanadi va ular tegishli joyga taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |