3.2-rasm «O`zstandart» agentligi tashkiliy tuzilmasi.
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil №342 qarorini bajarish yo`lida “O`zstandart”
o`zining viloyat boshqarmalarini (SMSHM) tuzib, ularning ishlariga hartaraflama
ko`mak ko`rsatmoqda. Respublikadagi sinov laboratoriyalarini akkreditlash ishlari
jadal qadamlar bilan amalga oshirilmoqda. Farg`ona, Qo`qon, Qarshi, Buxoro,
Samarqand shaharlaridagi sinov laboratoriyalari akkreditlanib, hozirda ular turli sinov
amallarini o`tkazmoqdalar. Faqatgina Farg`onadagi sinov laboratoriyasida o`tkazilgan
sinovlar natijasiga ko`ra “Azot” ishlab chiqarish birlashmasi, Quvasoy chinni zavodi,
Rishton qo`lolchilik mahsulotlari zavodi, “Quvamebel’” ishlab chiqarish birlashmasi
mahsulotlari muvofiqlik sertifikatini olishga sazovor bo`ldilar (3.2-rasm). Ularning
tarkibi va tashkiliy strukturalari rivojlanish jarayonida takomillashib boradi.
«O`zstandart» agentligi tarkibidagi oziq-ovqat va qishloq xo`jalik mahsulotlarini
tekshiruvchi sinov laboratoriyasi akkreditlangan laboratoriyalardan hisoblanib, shu
kungacha ko`pgina muayyan turdagi mahsulotlarga muvofiqlik sertifikati berildi.
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida ilmiy tadqiqot
ishlari ham o`z yo`nalishiga egadir.
«O`zstandart» agentligi qoshidagi «STANDARLASHTIRISH, METROLOGIYA
VA SERTIFIKATLASHTIRISH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI» (SMSITI)
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida asosiy ilmiy-uslubiy
baza hisoblanadi. Ushbu institut yuqorida qayd etilgan sohalar bo`yicha fundamental
tadqiqotlar olib borishi bilan bir qatorda respublikada ushbu sohalar bo`yicha malaka
oshirish va qayta tayyorlash instituti hamdir. Shu sohalardagi belgilangan maqsadlarni
amalga oshirish uchun u:
standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulot sifati
sohalarida hozirgi xalqaro talablarga javob beradigan milliy ilmiy baza yaratadi;
standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulot sifati
milliy tizimlarini yaratishda ularning ilmiy va uslubiy asoslarini ishlab chiqadi;
mahsulotning raqobatdoshligini ta’minlaydigan, atrof-muhitni
ishonchli darajada himoya qilishga, inson sog`lig`ini saqlashga, mehnat
havfsizligini ta’minlashga, mudofaa qobiliyatini oshirishga qaratilgan xalqaro
73
me’yoriy va tashkiliy-uslubiy hujjatlar bilan uyg`unlashadigan, asos bo`luvchi
hujjatlar ishlab chiqadi va joriy etadi;
standartlashtirish va metrologiya sohalaridagi mavjud yoki
uchraydigan muammolarni tadqiqot qilish, davlat tilida me’yoriy hujjatlar,
ma’lumotnomalar, lug`atlar yaratadi;
yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlaydi;
standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulot
sifatining ilmiy masalalari bo`yicha xalqaro milliy va mintaqaviy tashkilotlar
bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida
ishlayotgan mutaxassislarning malakasini oshirishni ta’minlaydi;
sertifikatlashtirish
sohasida
ishlaydigan
ekspert-auditorlarni
tayyorlaydi va boshqalar.
Institut tashkil qilinganiga ko`p vaqt o`tmaganligiga qaramay shu kunga qadar
respublika hayotida muhim ahamiyatga ega bo`lganbir qator hujjatlar yaratdi va
yaratmoqda. Bu hujjatlarning ahamiyati beqiyos bo`lib, shu sohalardagi ishlarga
qo`yilgan birinchi poydevorlardan hisonadi.
Standartlashtirish bo`yicha bazaviy tashkilotlarni moliyalashtirish tegishli
mahsulot turi va xizmati iqtisodiy boshqaruv sohalari hisobidan amalga oshiriladi.
Standartlashtirish bo`yicha bazaviy tashkilotlarning asosiy faoliyati va vazifalari:
– biriktirilgan
tashkilot
va
korxonalarda
standartlashtirish
bo`yicha
muvofiqlashtirish ishlari olib borish ham texnik yagonalikni ta’minlash;
– biriktirilgan mahsulot, xizmat turi yoki jarayonlar guruhi bo`yicha o`zuvchi va
kompleks standartlashtirishni ta’minlaydigan asosiy istiqbolni yo`nalishlari ishlab
chiqish;
– biriktirilgan mahsulot gruhlarini standartlashtirish, me’yoriy hujjatlarni o`z
vaqtida tayyorlash, joriy etish va qayta ko`rish bo`yicha takliflar, me’yoriy hujjatlar
loyihalarini ekspertlov va tasdiqqa tayyorlov ishlarini amalga oshirish;
– biriktirilgan mahsulot guruhi uchun ko`rsatkichlarni standart yoki boshqa
me’yoriy hujjatlarda ko`rsatilgan normada, O`zbekiston Respublikasining faoliyatidagi
74
qonunchilik me’yorlari, xavfsizlik va ekologiya masalalarini ta’minlaydigan darajada
amalga oshirish;
– standartlashtirish bo`yicha bazaviy tashkilotlarga biriktirilgan mahsulotning
birinchi na’munalari uchun loyihalarni optimallashtirish hamda standartlashtirishni
nazariy va amaliy tomonlaridan ilmiy-metodik ishlar olib borish;
– ko`rsatkichlarni normada bo`lishini ta’minlash maqsadida doimiy va tizimli
nazorat olib borish;
– korxona va tashkilotlarga standartlashtirish va sertifikatlashtirish bo`yicha
uslubiy yordam ko`rsatish va sh.k
Do'stlaringiz bilan baham: |