URF- ODAT VA MAROSIMLAR
Navro’z, Mehrjon, lola sayli, boychechak sayli, sunbula sayli, gul bayrami,
suv sayli, qum sayli, qor xat, yerga urug’ qadash, hosil bayrami, uzum sayli, qovun
sayli, chorvani yaylovga haydash, jun qirqimi, chorvani qishlovga qaytarish, to’l
olish, beshik to’yi, soch olish, birinchi qadam, sunnat to’yi, muchal to’yi, nikoh
to’yi, qurbon hayiti, ramazon hayiti, Laylat ul Qadr, Payg’ambar yoshi, Mavlud,
Bibi Mushkulkushod…….. mazkur urf-odat va marosimlar o’zbek xalqi
etnomadaniyatida muhim o’rin tutadi. Ularning tarixiy ildizlari qadimga davirlarga
borib tarqalib, tarixning turli bosqichlarida ba’zan tazyiqlarga uchrab, ba’zan
yangicha ko’rinish olib, hozirga qadar yetib kelgan.
O’zbeklar orasida kuzgi tengkunlikda o’tkaziluvchi qadimiy taqvimiy
bayram
‘‘Mehrjon’’
dehqon va chorvodorlarning eng tantanali ravishda o’tadigan
bayramlaridan biri sanalgan. Abu Rayhon Beruniy o’z asarlarida
‘‘Quyosh va oy
falakning ikki ko’zi bo’lganidek.
Navro’z va Mehrjon
zamonning ikki
ko’zidir’’, -deb bejiz ta’kidlamagan.
Mazkur qadimiy forslar taqvimidagi yettinchi oyning nomidan olingan bo’lib,
23 sentyabrdan 22 oktyabrgacha bo’lgan davrin o’z ichiga olgan. Beruniyning
‘‘Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar’’ asarida yozilishicha’’……’’mehr’’ -
Quyosh nomi, Quyosh shu kuni olamga zohir bo’lib, ( bayram ) uning
nomi bilan atalgan’’. Beruniyning ta’kidlashicha ‘‘Zardusht Mehrjon bilan
romzo’ri(ushbu oyning 21 kuni)ni birga hayit qilishni buyurgan.
NAVRO’Z
Navro’z - O’rta Osiyo va Yaqin Sharq xalqlarining qadimiy yangi yil bayrami.
"Navro’z" forscha so’z bo’lib, "yangi kun" degan ma’noni ifodalaydi.
Navro’z yangilanish, poklanish, uyg’onish bayramidir. Aynan, shu jihati bilan
и
insonlar qalbidagi iliqlikni, ona zaminga bo’lgan muhabbat hissini uyg’ota oladi, inson
va tabiat o’rtasidagi munosabatni uyg’unlashtiradi.
Navro’z bahor faslida nishonlanadi. Bu paytda tabiat uyg’onib, barcha o’simliklar
ko’kara boshlaydi. Bahor insonlarga ezgu tuyg’ular hadya etadi. Inson qalbida orzulari
mavjlanadi.
Dehqonlar, bo’g’bonlar bahorgi ishlarni boshlab yuboradilar. Navro’z ayyomiga
atab bobodehqonlar yerlarni maromiga keltirish, ariq-zovurlarni tozalash, urug’larni
9
saralash kо’zlangan joylarni urug’ qadashga moslash va boshqa taraddudlarni
ko’radilar. Bog’bonlar esa toklarni ochish, anjir, anor va boshqa mevalarning
ko’chatlarini tartibga keltirish yangi nihollarni ekishga tayyorlash, dov-daraxtlarai
butash, payvandlash kabi yumushlarni rejalashtiradilar. Shuning uchun ham Navro’z
yangi yil bayrami bo’lib qolmasdan, mehnat bayrami hamdir.
Navro’z 21-martda kutib olinadi. Shu kuni kecha bilan kunduz tenglashadi.
Mustaqillik sharofati bilan O’zbekistonda Navro’z bahor bayrami sifatda
nishonlanadi. Bayram kunlari odamlar bir-birlariga gullar sovg’a qiladilar, yaxshi
tilaklar bildiradilar.
Navro’z qadim-qadimdan yaxshilik va saxiylik ramzi bo’lib kelgan. Odamlar bir-
birlariga mehr-oqibat ko’rsatadilar, urush-janjal, xafagarchiliklar unutiladi.
Bemorlardan, nogironlardan, yolg’izlardan xabar olinadi. Bayram kunlari turli milliy
taomlar, jumladan, sumalak, halim, ko’k chuchvara, ko’k somsalar tayyorlanadi.
Navro’zda saylgohlar odamlar bilan gavjum bo’ladi, turli taomlar pishiriladi,
tomoshalar uyushtiriladi. Yoshlar lapar aytib, raqsga tushadilar.
Navro’z bayrami kishilarga yaxshi kayfiyat, samimiylik, zavqu shavq, ilhom va
g’ayrat bag’ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |