1-mavzu. О’zbekiston yagona Vatan. Orfoepiya qoidalari
O’ZBEKISTON-YAGONA VATAN
O’zbekiston – biz yashayotgan go’zal mamlakat. Uni Ona Vatan deb
ataymiz. Chunki bu erda biz tug’ilib o’sdik. U tarixan muayyan xalqqa tegishli
hudud. Uning o’ziga xos tarixi, aholisi, o’ziga xos taraqqiyoti, tili, dini, turmush
va urf-odatlari mavjud. Vatanimiz ona kabi muqaddas, yagona. U bizni onamiz
kabi mehr bilan erkalaydi. Sevib voyaga yetkazadi. Kamol toptiradi. Shu sababli
biz uni sevamiz, qadrlaymiz. Uning serunum tuprog’ini, yam-yashil o’rmonlarini,
tuproq, daryo va suvlarini ardoqlashimiz kerakligini ko’rsatamiz. Ushbu matnni
bo’ginlarga ajratish, so’z urg’usini qo’llash orqali grammatik mavzu tushuntiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |