2- mavzu. O’zbek tili – davlat tili
Til bilgan – el biladi.1995-yilgi imlo qoidalari. Qo’shib va ajratilib yoziladigan
so’zlar. Neologizmlar.O’zbek tiliga davlat tili maqomini berilishi, mutsaqillikning
qo’lga kiritilishi yangi imlo qoidalarini ishlab chiqarish uchun qulay imkoniyat
yaratilganligi.Lotin yozuviga asoslangan yangi alifboning joriy etilishi esa bu
jarayonni yanada tezlashtirib yuborganligi. Shu maqsadda O’zbekiston Respulikasi
Vazirlar Mahkamasi 1995 yilning 25 avgustida 339-sonli “ O’zbek tilining asosiy
imlo qoidalarini tasdiqlash haqida” qaror qabul qilinganligi, u 82 banddan iborat
bo’lganligi keltirilgan. Qo’shib yoziladigan so’lar (qabulxona, tabriknoma,
o’rinbosar, otboqar, cho’lquvar, ko’zoynak, qashqargul), ajratib yoziladigan so’zlar
(to’q qizil, liq to’la, och sariq, o’n bir, hamma vaqt, o’sha yoqqa, hech qaysi)
keltirilgan.
Davlat tili – har qanday davlatning tarixiy taraqqiyoti negizida vujudga kelgan,
o’zini anglash, milliy ong va tafakkurning in’ikosi, avlodlar o’rtasidagi ruhiy –
ma’naviy bog’liqlik vositasi, mamlakatda istiqomat qilayotgan turli millat va elatlar
yakdilligini ifoda etadigan, davlat doirasida va davlatlararo munosabatlarda o’zaro
muloqot vositasi hisoblangan, qonuniy maqomga ega bo’lgan hamda qonun bilan
himoyalangan rasmiy til.
Davlat tili odatda uch yo’l bilan belgilanadi:
1. Tarixiy an’ana asosida muayyan davlat hududida istiqomat qiluvchi barcha
xalqlar mavjud tillaridan birini umum til deb tan oladi.U, ko’pincha, shu davlatdagi
eng ko’psonli millatning tili bo’ladi.
2. Hukumat,president, parlament yoki rahbar organlar tomonidan xalqaro yoki jahon
tillaridan biri davlatning rasmiy tili deb e’lon qilinadi.Davlat organlari,hukumat
idoralari va rasmiy tashkilotlarda yozishmalar faqat shu tilda qabul qilinadi yoki
jo’natiladi, shuningdek, barcha muzokara, muhokama, majlis, sessiya, konferensiya,
congress va shu kabi yig’inlar ana shu rasmiy tilda o’tkaziladi.
3. Davlatning qonun chiqaruvchi organi yoki mamlakat prezidenti tomonidan
jamiyat hayotining barcha sohalarida qollanilishi shart deb e’lon qilingan til.
Angliya , Kanada, Yaponiya, Xitoy,AQSh, Shetsiya, Norvegiya davlatlarida hech
qaysi til davlat tili deb e’lon qilinmagan bo’lsada, lekin ularda azaldan mamlakat
aholisining ko’p qismini tashkil qilgan xalqning tili davlat tili, rasmiy til sifatida tan
olingan.Gvineya,Gana, Kongo kabi sobiq mustamlaka davlatlarida rasmiy til sifatida
sobiq mustamlakachilar tili, masalan, ingliz yoki fransuz tili qabul qilingan.
Har qanday mamlakatda bo’lgani kabi O’zbekistonda ham o’zbek tiliga davlat
maqomi berilishi jarayoni oson kechmagan. Prezidentimizning qat’iyati va oqilona
sa’y-harakatlari tufayli 1989 yil 21 oktabrda mamlakatimizda o’zbek tili Davlat Tili
deb e’lon qilindi.
Shu tariqa ,xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo’lmish ona tilimiz
o’zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo’ldi. Konstitutsiyamizda Davlat
tilining maqomi huquqiy jihatdan aniq belgilanib, mustahkamlab qo’yilgan.Shu
7
tariqa o’zbek tili mustaqil davlatimizning bayrog’I, gerbi, madhiyasi, Konstitutsiyasi
qatorida turadigan, qonun yo’li bilan himoya qilinadigan muqaddas timsollardan
biriga aylandi.
Yer yuzida qancha millat, xalq, elat, qabila bo’lsa, shuncha Til bor. Tilsiz xalq
yo’q. Xalqsiz esa Til ham bo’lmaydi. Bular egizak tushunchalar bo’lib, biridan
birini ayirib bo’lmaydi, ular ayirib qo’yilsa, ikkisi ham o’zligini yo’qotadi. Xalq
boshqa bir xalqqa qo’shilib ketsada, uning Tili o’lik Tilga aylanadi. Kezi kelganda
shuni aytib o’tish lozimki, birgina “Til” so’zi misolida ham Tilimizning naqadar boy
vaserjilo ekanini yaqqol ko’rish mumkin. Til rivojining hozirgi holati o’z sohibi
bo’lgan millat yoki elatning tadrijiy ravnaqi, bosib o’tgan tarixiy yo’li , jamiyatning
qaysi bir taraqqiyot bosqichida ekani, iqtisodi, madaniyati ,fani va ma’naviyati kabi
omillarga bog’liq.
Biz uchun esa o’z ona Tilimiz bo’lmish O’zbek Tili azizu mo’tabar ekani
shubhasiz.Bu esa barchamizning Tilimiz sofligi, uni asrab- avaylash va
takomillashtirish uchun mas’ul ekanimizni anglatadi.
Matn yuzasidan topshiriqlar.
• Matnni o’qing va mazmunini so’zlab bering.
• Qiyin so’zlar lug’atini tuzing.
• Matn asosida savollar tuzing va ularga javob yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |