sersuv daryo hisoblanadi.
36
•
4 Suv yig’ilishi va o’zgarishi
•
5 Iste’mol
YIL FASLLARI
Biz Quyosh tizimiga kiruvchi sayyoralardan biri — Yerda yashaymiz. Yer
Quyoshdan taxminan 150 million kilometr masofada turib uning atrofida aylanadi.
Yerning Quyosh atrofida bir marta toiiq aylanib chiqishi yil deb ataladi. Yer 365
kunda Quyosh atrofini toiiq aylanib chiqadi. Yer bir sutkada o’z o’qi atrofida to’liq
aylanadi,-
Yer Quyosh atrofini aylanib chiqayotganda uning nurlari sayyoramiz yuzasini
turlicha yoritadi. Natijada doimiy almashinib turuvchi yil fasllari vujudga keladi.
Quyosh osmonda Yerga nisbatan tik ko’tarilganda, uning nurlari sayyoramizga
to’g’ri tushib, uni qizdiradi. Shunda Yer yuzi issiq boiadi. Quyosh baland
ko’tarilmay, uning nurlari qiyalab tushganda, sayyoramiz yuzasi yaxshi qizimaydi,
havo sovuq bo’ladi.
O’zbekiston O’rta Osiyoning markaziy qismida — Sirdaryo va Amudaryo
oralig’ida joylashgan. Faqat Toshkent va Namangan viloyatlari Sirdaryoning o’ng
tomonida, Xorazm va Qoraqalpog’istonning bir qismi Amudaryoning chap tomonida
joylashgan. 0’zbekistonning janubi-sharqiy qismida Tyan-shan, Oloy, Turkiston,
Zarafshon va Hisor togMari joylashgan. Uning g’arbiy va shimoli-g’arbiy qismiga
qarab tog’lar pasayib boradi, tekisliklar va vodiylarga ulanib ketadi. Vodiylar tugab,
cho’l va qumliklar boshlanadi. 0’zbekiston serquyosh o’lka. Bu yerda yilning deyarli
250—300 kunida havo ochiq, quyosh charaqlab turadi. Mana shuning uchun ham
0’zbekistonda bahor erta — mart oyidan boshlanadi.
Наг yili 22-martda kecha bilan kunduz tenglashadi. Shu kundan boshlab kechalar
qisqarib, kunduzi esa uzaya boradi. Quyoshning tik ko’tarila borishidan tuproq qizib,
o’simliklar, daraxtlar uyg’onadi. Barcha jonivorlar harakatga keladi. Dehqon,
bog’bon, chorvadorlar bahorgi ishlarga kirishadilar. Qir- adirlar, dalalar ko’m-ko’k
o’sirnlik]ar, rang-barang gullar bilan bezanadi. Tabiatdagi bunday o’zgarishlar aprel-
may oylarigacha davom etadi. Iyun oyidan issiq yoz fasli boshlanadi. 22-iyunga kelib
kunduzlari juda uzayadi, kechalari nihoyatda qisqaradi. Mevalar qiyg’os pishadi,
sabzavot va poliz ekinlari yetiladi. Kechalari 20—25 daraja, kunduzlari 40—45
darajagacha isiydi.
Dekabr qish faslining dastlabki oyidir. Endi kunlar soviydi;- yomg’ir, ba’zan
qor yog’adi. Turna, laylak, ko’kqarg’a, qaldirg’och, bedana, bulbul kabi qushlar issiq
o’lkalarga uchib ketadi. Shudgorlangan yerlar, yaproqlarini to’kkan daraxtlar dam
oladi, ba’zi hayvonlar qishki uyquga kiradi. Yanvar oyidan boshlab kunlar uzaya
boshlaydi. Bolalar issiq kiyimlarga o’ranib qorbo’ron o’ynaydilar, qorbobo
yasaydilar, yaxmalak otib, chanada uchadilar.Fevral oyining oxirlariga borib
bahorning ilk elchisi — boychechaklar qor ostidan chiqib, gullay boshlaydi. Mana
shu taxlit yil fasllari almashaveradi, biz esa yana bir yosh ulg’ayaveramiz.