So‘zlarning ma’nodoshlarini toping va ko‘chirib yozing.
Bahs, sovg‘a, tanqis, g‘alaba, gunoh, hadya, ayb, munozara,
pinhon, tortiq, kamchil, jinoyat, tortishuv, armug‘on, taqchil, zafar,
tuhfa, maxfiy.
507-mashq.
Ko‘chiring. Ma’nodosh so‘zlarni aniqlab, ma’nosidagi farqini
tushuntiring.
Dalamizda salqin shabboda esdi. Ulug‘ Madhiyaning yangroq
ohangini olib ketdi tungi sho‘x sabo. Yel keltirar mayin bir ohang.
Yana olib ketar nariga. Saharlab turaman, qutlayman tongni,
bo‘ynimga osilar subh shamoli.
(Mirmuhsin)
508-mashq.
Do
‘
st, faqir, Vatan, mangu, dangasa, inoq
so‘zlarining
ma’nodoshlarini toping. Ular ishtirokida uchtadan gap tuzing.
Savol va topshiriqlar
1. Ma’nodosh so‘zlar deb qanday so‘zlarga aytiladi?
2. Ma’nodosh so‘zlardan foydalanishning qanday ahamiyati bor?
3.
Qaramoq
so‘zining ma’nodoshlarini toping. Ularning farqlanishlarini
ayting
.
509-mashq.
Uyga topshiriq.
Do'stlaringiz bilan baham: |