Qiyoslash tipologiyasi
– umumiy xususiyatlariga ko‘ra
(bitta til oilasiga kirishi, janr, etnik xususiyatlariga ko‘ra) u
yoki bu adabiyot namunalarining qiyoslanishi. Tipologiya
natijasida ayrim til va adabiyotga xos umumiy qonuniyatlar
shakllanadi.
Motiv
– psixologiyada biron xatti-harakatga turtki beruv-
chi sabab, adabiyotda syujetning takrorlanuvchi unsuri.
Masalan, muhabbat motivi, do‘stlik motivi. Adabiy tushuncha
sifatida birinchi marta A.N.Veselovskiyning «Syujetlar poeti
kasi» (Поэтика сюжетов, 1906) asarida ilmiy jihatdan asos
langan. Olimning fikricha, motivlar kombinatsiyasi syujetni
yuzaga keltiradi.
Adabiy arxetip
– badiiy asarlarda ko‘p uchraydigan va tak
rorlanadigan obrazlar, syujetlar, motivlar. Masalan, detektiv
148
149
asarlarda qotil va maqtul obrazi, xazina izlash syujeti, muhab
bat motivi va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |