GLOSSARIY
Sintetizm
– fransuz tilida qo‘shish, jamlash degani. Im
pressionizm (san’atning barcha turlarida taassurot qoldirish)
ning bir ko‘rinishi. Adabiyotdagi sintetizm har xil ijodiy uslub-
lardan unumli foydalanish, jamlash, mazmun va shakl jihat
dan noyob asar yaratish.
Mentallik
– u yoki bu millat xususiyatidan kelib chiqadi
gan tafakkur tarzi, olamni milliy asoslarga tayanib idrok qi-
lish. (Chingiz Aytmatov, O‘tkir Hoshimov, Muhammad Yusuf
asarlarida mentallik kuchli).
Retseptiv estetika
– (qabul qilish) Estetikaning bir yo‘na-
lishi bo‘lib, matn va kitobxon orasidagi estetik dialogdir, u
yoki bu asarning kitobxon tomonidan qabul qilinishi.
Intertekst(lik
) – (1967-yilda fransuz olimasi Yuliya Krest
eva fanga kiritdi) matnlarning o‘zaro aloqaga kirishuvi. Adabiy
matnlarning o‘zaro aloqasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |