Kasbiy psixologiya


Kasbiy sifatlar masalasini o‘rganilish holati



Download 2,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/193
Sana11.01.2022
Hajmi2,67 Mb.
#340171
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   193
Bog'liq
2 5226678339682438617

                              Kasbiy sifatlar masalasini o‘rganilish holati 
Kasbiy sifatlarni tadqiq qiluvchi jahon psixologlari uchun psixik voqeliklarni 
strukturaviyligi  va  sistemaliligi  tamoyili,  sifatlarning  genetik  o‘zaro  bog‘liqlik 
darajasini qidirish, kasbiy faoliyatni o‘zlashtirish va amalga oshirish jarayonidagi 
shakllanishini  tadqiq  qilish  uchun  asos  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Bu  jahon 
tadqiqotchilarining an’anaviy va konseptual metodologik bazasi bo‘lib, quyidagilar 
xizmat  qiladi:  kasbiy  faoliyatdagi  sistemagenez,  shaxsning  kasbiy  shakllanishi, 
mehnat faoliyati va b. 
Yu.P.Povarenkovaning  tadqiqotlari  doirasida  kasbiy  sifatlar  tizimli,  dinamik 
va muvozanatli, inson kasbiy taraqqiyotining boshqa elementlari: kasbiy o‘z-o‘zini 
anglash, kasbiy o‘z-o‘ziga baho, kasbiy deformatsiya bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan 
voqelik sifatida ko‘rib chiqiladi.   
Muallif  kasbiy  sifatlarni  quyidagicha  tahlil  qiladi:  a)  sub’ektning  kasbiy 


178 
 
faoliyatidagi  tendensiya  va  uning  kasbiy  taraqqiyotidagi  yetakchi  ko‘rsatkich,  b) 
kasbiy  faoliyat,  kasbiy  shakllanish  davomida  va  o‘ziga  mutaxassis  sifatidagi 
munosabati  negizida  yuzaga  keluvchi  emotsional  holat,  v)  sub’ekt  kasbiy 
faoliyatida funksional tizim shaklida amalga oshuvchi tuzilmadir. 
T.V.Miщenko  ishlarida  kasbiy  sifatlar  kasbiy  faoliyat  kontekstiga  nisbatan 
ko‘rib chiqilib, bunda sub’ekt ijtimoiy muhit bilan kasbiy o‘zaro ta’sirga kirishadi 
va  o‘z-o‘ziga  nisbatan  hurmati  oshadi.  Muallif  kasblar  olamiga  yo‘naltirishni 
ta’minlovchi  shaxs  xarakterlariga,  faoliyatda  shaxs  potensialining  to‘la  namoyon 
bo‘lish shartiga, qolaversa, kasb tanlashning mumkin bo‘lgan oqibatlarini oldindan 
ko‘ra bilishga alohida e’tibor qaratadi. Kasbiy sifatlar insonning kasbni tushunishi, 
o‘zini  mutaxassis  sifatida qabul  qilishi,  o‘zining  kasbiy  vazifalarini  a’lo darajada 
va boshqalar uchun foydali tarzda amalga oshirish bilan belgilanadi. 
Ye.N.Kiryanova kasbiy sifatlarni o‘zgaruvchan kasbiy sharoitlarda ko‘nikma 
va  malakalarni  shakllanganlik  darajasi  va  keyinchalik  kasbiy  o‘sish  bilan 
shartlangan,  muayyan  bir  bosqichda  sub’ektning  kasbiy  mahorat  darajasiga 
erishishni  ta’minlovchi  individual  belgi,  kasbiy  shartlar  va  kasb  mazmunining 
barqaror  muvofiqligi  sifatida  tavsiflaydi.    O‘tkazilgan  tadqiqotlar  shuni 
ko‘rsatmoqdaki,  kasbiy  sifatlar  integral  xarakterga  ega  va  mutaxassislarning 
o‘zgacha madaniyat doirasidagi kasbiy faoliyatga moslashishlarini universal asosi 
hisoblanadi.  Bu  sifatlarning  ko‘p  komponentli  ekanligi  haqidagi  xulosani  keltirib 
chiqaradi.  Kasbiy  mahoratning  yuqori  darajasi  bilan  bir  qatorda  yangicha 
sharoitdagi  ish  joyida  ko‘nikma  va  malakalarni  qo‘llash  qobiliyati  tarkibiga 
kommunikativ  qobiliyatlar,  emotsional-irodaviy  sohaning  shakllanganligi,  faollik, 
sobitqadamlik,  keskinlik,  stressga  barqarorlik,  qolaversa,  mehnat  jamoasining 
axloqiy normalariga amal qilish kiradi. 
Professiogenez konsepsiyasining muallifi Ye.P.Ermolaevaning ta’kidlashicha, 
kasbiy  sifatlar-ijtimoiy  sharoitlarga  bog‘liq  bo‘lgan  shaxsiy  va  kasbiy 
taraqqiyotning  mahsulidir.  Muallif  kasbiy  sifatlar  faqatgina  kasbni  yuqori 
darajadagi  mahorat  bilan  boshqarish  orqali  shakllanadi  va  faoliyat  jarayonining 
asosiy  elementlarini  barqaror  muvofiqligi  sifatida  namoyon  bo‘ladi,  degan 
g‘oyadan  kelib  chiqadi.  Kasbni  egallash  bosqichi  va  shunga  muvofiq  kasbiy 


179 
 
sifatlar  darajasini  tahlil  qilish  sub’ektning  o‘zi  bilan  kasbni  identifikatsiya  qilish 
darajasi  kasbiy  sifatlar  funksiyasni  amalga  oshirish  imkonini  aniqlash 
mumkinligini  ko‘rsatdi.  Kasbiy  sifatlar  muvofiqlashtiruvchi  va  qayta  tashkil 
qiluvchi  funksiyalarini  boshqaradi,  ijro  etadi:  bu  funksiyalarning  o‘zaro 
muvofiqligi kasbiy o‘z-o‘zini anglash va kasbiy taraqqiyotni ta’minlaydi.  
Kasbiy  sifatlarning  muvofiqlashtiruvchi  funksiyasi  kasbiy  sentrizm  va 
barqaror  kasbiy-mintaqaviy  pozitsiyani  zaruriy  darajasini  ta’minlash  bilan 
belgilanib,  u  quyidagi  mezonlarni  o‘z  ichiga  oladi:  konstantlik  (o‘zgarishlarga 
qarshilik ko‘rsatish qobiliyati), moslashuvchanlik (noadekvat kasbiy steriotiplarni 
yengib  o‘tishga  qodirlik),  distantlik  (ish  joyi  haqidagi  semantik,  informatsion, 
madaniy  tasavvurlarga  ega  bo‘lish).  Qayta  tashkil  qiluvchi  funksiya  kasbiy 
pozitsiyani  rivojlantirish  va  o‘zgartirishga  yo‘naltirilgan  bo‘lib,  kasbiy  muhim 
sifatlar va shaxsning kasb bilan identifikatsiyasi diapozonini o‘zgarishi, o‘z kasbini 
boshqa  kasblardan  ajratish,  kasbiy  sifatlar  tizimidagi  tartiblilik  yoki  “tarqoqlik” 
dan iborat. Professiogenez negizida qayta quruvchi, muvofiqlashtiruvchi va amalga 
oshiruvchi  komponentlarning  davriy  dinamikasi  yotadi.  Muvofiqlashtiruvchi  baza 
bilan  bir  qatorda  qayta  quruvchi  potensialga  ega  bo‘lgandagina  shaxsni  kasbiy 
sifatlarga ega deb hisoblash mumkin. 
K.A.Abulxanova-Slavskaya  tomonidan  hayot  yo‘li  tuzilishi  (hayotiy 
pozitsiya,  hayotiy  chiziq,  hayot  mazmuni)ga  asoslangan  murakkab  kasbiy  sifatlar 
tipologiyasi  ishlab  chiqildi.  Muallif  shaxsning  kasbiy  faoliyatda  o‘zini  namoyon 
qilish  xususiyatlariga  muvofiq  quyidagi  kasbiy  sifatlar  tipologiyasini  ajratib 
ko‘rsatadi: 
1. Shaxs xarakteriga maksimal darajada yaqin bo‘lgan kasblarni tanlash orqali 
o‘zligini  namoyon  qilish  sodir  bo‘ladi.  Bu  holatda  hayotiy  imkoniyatlar  shaxs 
o‘zining  imkoniyatlarini  to‘liq  amalga  oshirishiga  sharoit  yaratuvchi  vaziyatlarni 
qaytarish bilan bog‘liq bo‘ladi. 
2.  Shaxsga  kasbiy  mahorat  pillapoyalaridan  ko‘tarilish  imkonini  beruvchi 
kasb tanlanadi. Bu holatda kasbiy pozitsiyaning sifatli o‘zgarishi bilan bir qatorda 
imkoniyatlarning  ortishiga  olib  keluvchi  harakat  sodir  bo‘ladi.  Kasbiy  yuksalish 
negizida  mehnat  faoliyatining  talablari  va  vazifalari,  shu  bilan  bir  qatorda  shaxs 


180 
 
qobiliyatlarining rivojlanishi yotadi.  
3.  Kasbiy  faoliyatda  o‘zligini  namoyon  qilish  o‘z  ustida  ishlash  hamda 
shaxsiy  sifat  va  qobiliyatlarini  rivojlantirish  orqali  amalga  oshadi.  Kasb  potensial 
holatidagi shaxs qobiliyatlarini faollashtiradi, shaxs taraqqiyoti uchun imkoniyatlar 
ochib beradi. 
4.  Shaxsning  o‘zligini  namoyon  qilish  qobiliyatlari,  o‘z-o‘zini  nazorat  qilish 
va  o‘z-o‘zini  tahlil  qilishni  rivojlantirish  hamda  ijodiy  faollikni  rejalashtirishga 
asoslangan  bo‘ladi:  bu  holatda  shaxs  kasbiy  o‘sish  va  rivojlanishga,  qolaversa, 
shaxsiy qobiliyatlarini amalga oshirish maqsadida mehnat sharoitini qayta qurishga 
qodir bo‘ladi. 
Aytish joizki, ko‘pgina tadqiqotlarda ijtimoiy tomonga og‘ishishlar kuzatiladi. 
Masalan,  L.B.Shneyder  kasbiy  sifatlarning  ikkita  muhim  aspektlarini  ajratib 
ko‘rsatadi:  shaxsning  o‘zini  aniq  bir  kasb  va  mehnat  jamoasi  vakili  sifatida 
anglashi. 
Kasbiy  sifatlarni  o‘rganishning  qiyin  tomoni,  birinchidan  u  shaxsning  aynan 
o‘ziga,  ikkinchidan  esa  muayyan  bir  guruh  a’zolariga  tegishlidir.  Muayyan  bir 
ijtimoiy  kategoriyalarga  shaxsiy  daxldorlikni  idrok  qilishning  identifikatsiya 
jarayoni shunga muvofiq qadriyatlar tizimining shakllanishi bilan hamohang tarzda 
kechadi.  Kasbiy  shakllanish  jarayonida  sub’ekt  o‘zini  o‘z  kasbi  vakili,  u  yoki  bu 
kasbiy sifat sohibi yoxud muayyan bir taraqqiyot bosqichidagi mutaxassis sifatida 
identifikatsiyalaydi. Shuning uchun ham “shaxsiy-ijtimoiy” kontiniumdagi kasbiy 
sifatlar  baribir  ham  ijtimoiy  chegaraga  yaqinroqdir  va  ijtimoiy  sifatlarga  egalik 
qiladi  (ijtimoiy  guruhlardagi  o‘z-o‘zini  anglash,  guruh  tarkibiga  qo‘shilish, 
guruhlararo diskriminatsiya samarasi va boshqalar). 

Download 2,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish