Kasbiy psixologiya


Xorij manbalarida kasbiy sifatlar muammosini tadqiq qilishga nisbatan ikkita  yo‘nalish  ko‘rsatib  o‘tilgan:  birinchisi



Download 2,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/193
Sana11.01.2022
Hajmi2,67 Mb.
#340171
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   193
Bog'liq
2 5226678339682438617

 
Xorij manbalarida kasbiy sifatlar muammosini tadqiq qilishga nisbatan ikkita 
yo‘nalish  ko‘rsatib  o‘tilgan: 
birinchisi
  kasbiy  taraqqiyotga,  shaxsning  o‘z  ustida 
ishlashiga yo‘naltirilgan, 
ikkinchisi
 esa, kasbiy shakllanishning ijtimoiy tomonlari 
va omillariga yo‘naltirilgandir. 
M.Argayl 1970 yillarning boshlaridayoq kasbiy sifatlar va individning kasbiy 
shakllanishi  orasidagi  bog‘liqlik  haqida  yozib  qoldirgan.  Shu  bilan  bir  qatorda 
o‘zida  quyidagilarni  mujassamlashtirgan  murakkab  jarayon  sifatida  ko‘rib 
chiqilgan:  kasbiy  treninglar,  faoliyatni  amalga  oshirishga  nisbatan  qo‘yiladigan 
talablar  va  standartlarni  o‘zlashtirish,  kasbiy  guruh  doirasida  xulq-atvor 


175 
 
normalarini  tushunish  va  boshqalar.  Aynan  mehnat  jamoasidagi  boshqa  shaxslar 
bilan  o‘zaro  hamkorlik  individga  o‘zi  egallab  turgan  kasbning  aniq  standartlarini 
o‘zlashtirish imkonini beradi.  
Dj.Sonenfeld  kasbiy  sifatlar  kasbiy  taraqqiyot  jarayonida  yuzaga  kelishi  va 
shakllanishini  aytib  o‘tgan.  Kareraning  o‘sishi  turli  kasbiy  sifatlarning  o‘zgarishi 
bilan  kuzatiladi.  Alohida, xususiy  kasbiy  sifatlardan  biroz  umumiyroq  konseptual 
sifatlarga o‘tish sodir bo‘ladi. Aynan konseptual sifatlar lavozimidagi o‘sishni va 
kasbiy taraqqiyotning bosqichini aniqlab beradi. 
R.Finchman  ishlarida  asosiy  e’tibor  kasbni  egallash  jarayonida  kasbiy 
talablar,  axloqiy  normalar,  qadriyatlarni  anglashga  qaratiladi.  Kasbiy  sifatlarining 
shakllanish  jarayoni  insonga  kasbiy  o‘z-o‘zini  boshqarish  imkonini  beruvchi 
kasbiy  taraqqiyot  davomidagi  individual  xususiyatlar  va  ijtimoiy  ta’sirlarning 
o‘zaro muvofiqligi sifatida namoyon bo‘ladi. 
S.Djoshli o‘zining ijtimoiy tadqiqotlarida Rim aholisining kasbiy sifatlari va 
mavqeini  tahlil  qilib,  shunday  xulosaga  kelgan:  kasbiy  sifatlar  faoliyat  bilan 
bog‘liq  bo‘lib,  kasbning  rasmiy  va  norasmiy  mavqeining  o‘zaro  muvofiqligi 
asosida  shakllanadi.  Faoliyat  haqidagi  mavjud  tasavvurlar  bilan  muvofiq  kasb 
nomlari  o‘ziga  yarasha  me’yoriy  talablarga  egadir  va  shuning  uchun  ham  o‘z-
o‘zidan  shaxsga  ma’lum  ma’noda  ta’sir  o‘tkazadi.  Faoliyat  mazmunidan  tashqari 
kasbiy sifatlarga munosabatlar tizimi, insonning boshqalar bilan o‘zaro hamkorligi 
ham ta’sir qiladi. 
K.Mak-Goven  va  L.Xartlar  asosiy  urg‘uni  o‘z  tarkibiga  kasbiy  rollarni 
amalga  oshirish  va  yangi  qadriyatlarni,  ustanovkalarni  va  kasbiy  sifatlar  tarkibini 
rivojlanishi  uchun  talab  etiladigan  maxsus  bilim  va  ko‘nikmalarni  o‘zlashtirishni 
qamrab oluvchi ijtimoiy o‘rganish jarayoniga qaratadilar. 
Kasbiy  sifatlarining  shaxsiy  va  ijtimoiy  aspektlarining  muvofiqligi  g‘oyasi 
“psixoijtimoiy  sifatlar”  tushunchasida  to‘laligicha  aks  ettirilgan  bo‘lib,  u  kasbiy 
taraqqiyotning  ijtimoiy  kontekstlari  bilan  bog‘liq  kasbiy  sifatlarni  anglatadi.  Bu 
bilan  shaxs  taraqqiyoti  va  faoliyatni  amalga  oshirishda  ijtimoiy  muhitning  roli 
alohida  ko‘rsatib  o‘tiladi.  Muammoga  bu  jihatdan  yondoshish  G.Teshfelning 
ijtimoiy sifatlar nazariyasi yuzaga kelgandan so‘ng ommalashib ketdi. Faoliyat va 


176 
 
o‘zaro hamkorlikni o‘zlashtirish natijasida shakllanuvchi ijtimoiy sifatlar ishchilar 
guruhining  o‘zaro  munosabatlariga  hamda  individning  kasbiy  taraqqiyotiga  ta’sir 
o‘tkazadi. 
Kasbiy  sifatlar  muammosini  tadqiq  qilishda  kasbiy  muhit  ta’sirida  inson 
o‘zining  verbal  va  noverbal  xatti-harakatini  qayta  qurish  vaziyatlari  batafsil 
yoritilgan  adabiyotlarga  e’tibor  qaratish  lozim.  Shunday  qilib,  inson  xulq-
atvorining  faoliyat  va  mehnat  jamoasi  talablari  bilan  muvofiqligini  tadqiq  qilish 
Dj.Xollandning tipologik nazariyasi, faoliyatga yaroqlilik nazariyalarida o‘z aksini 
topdi. Bu yondashuvlar doirasida faoliyat va ijtimoiy muhitning mehnat natijasi va 
mehnattdan  qoniqqanlikka,  individual  salomatlik  va  boshqalarga  ta’sirining  turli 
aspektlari o‘rganilgan. 
A.Mishel  va  S.Vortning  bank  xodimlarida  olib  borgan  tadqiqotlarida 
kuzatishimiz  mumkin.  Bunda  mualliflar  umumiy  faoliyatdagi  hamkasblarning 
qiziqishlari  qanday  qilib  yangi  kasbiy  sifatlarning  yuzaga  kelishi,  shaxsning 
individual  sifatlari  va  kognitiv  jarayonlari  o‘zgarishiga  ta’sir  qilishini  ko‘rsatib 
berganlar.  Mualliflar  “Men”ni tushuntirish  uchun  kognitiv  yoki ijtimoiy  madaniy 
omillarni  qo‘llash  lozimligini  ta’kidlaydilar.  Ularning  ishlarida  kasbiy  sifatlar 
guruh  madaniyatining  tashkiliy  darajasiga  o‘zaro  ta’sir  qiluvchi  u  yoki  bu 
omillarning ta’siri ostida shakllanadi. 
Kasbiy  sifatlar  boshqa  insonlar  bilan  suhbat  jarayonida  namoyon  bo‘ladi  va 
sub’ektlarning muloqotchanlik harakteriga bog‘liq bo‘ladi.  
Boshqa  nuqtai  nazarga  ko‘ra  kasbiy  sifatlar  –  bu  dinamik,  shu  bilan  bir 
qatorda muvozanatlilik jarayonidir. Har bir davrda ijtimoiy va iqtisodiy vaziyatlar 
ta’sirida inson o‘ziga nisbatan turlicha munosabatda bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda 
inson  ba’zida  tarixdagi  voqeliklarni  inkor  eta  olmaydi.  Amerikalik  sotsiologlar 
P.Berger  va  T.Lukmanlarning  ta’kidlashicha,  kelajakda  barcha  ijtimoiylashgan 
insonlar  “o‘zlariga  hiyonat”  qiladilar.  Shaxsiy  xoinlik  aynan  “Men”ni  u  yoki  bu 
vaziyatda qanday bo‘lganligiga bog‘liq. 
O‘zining yangi sifatlarini qabul qilish va kasbiy sifatlarini qayta qurish uchun 
ma’lum vaqt talab qilinadi. P.Vaynrich o‘zining tadqiqotlarida Dj.Kellining shaxs 
tuzilishi  testining  zamonaviy  interpretatsiyasini  qo‘llab,  repertuarlar  yacheykasi 


177 
 
texnikasi  yordamida  kasbiy  sifatlar  tuzilishini  tahlil  qilib  beradi.  Kasbiy  sifatlar 
tuzilishi  o‘zida  asosiy  uchta  blokni  mujassamlashtiradi:  elementlar  tizimi,  o‘zaro 
ta’sir  holatlari  tizimi  va  mavjud  faoliyatlar  tizimi;  birinchi  va  uchinchi  tizimlar 
kasbiy  sifatlar  tuzilishining  asosiy  komponenti  hisoblanadi.  Shaxs  tuzilishi 
normativ  madaniy  ahamiyatlilik  darajasidan  kelib  chiqqan  holda  sodir  bo‘lib,  u 
individual biografiya bilan shartlangan muhim xususiyatga egadir. Shuning uchun 
ham  shaxs  konsepsiyasi  va  faoliyatida  ijtimoiy  va  predmetlar  olamini 
eksperimental  tahlil  qilish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  shaxsiy  ustanovkalar  namoyon 
bo‘ladi.  
Shaxsiy taraqqiyot va kasbiy shakllanishning ijtimoiy kontekstini muvofiqligi 
muammosi  kasbiy  sifatlarni  tadqiq  qiluvchi  jahon  olimlarining  ishlarida  ham  o‘z 
aksini topgan. 
L.B.Shneyder  asos  solgan  kasbiy  sifatlarni  tadbiq  qilishning  zamonaviy 
yo‘nalishida  ushbu  fenomen  kasbiy  o‘z-o‘zini  anglash  sifatida  ko‘rib  chiqiladi, 
bunda  shaxs  o‘zini  muayyan  bir  kasb  va  mehnat  jamoasining  vakili  sifatida 
anglaydi,  o‘z  menining  kognitiv  emotsional  hulq  –  atvor  jihatidan  tavsiflashda 
o‘zini ishini boshqalardan farqli ekanligini aniqlaydi.  

Download 2,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish