Kasbiy psixologiya



Download 2,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/193
Sana11.01.2022
Hajmi2,67 Mb.
#340171
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   193
Bog'liq
2 5226678339682438617

                    
                     Kasb tanlashga yo’naltirishning mohiyati va mazmuni.  
 
Kasb  tanlashga  yo’llash  -  bu  har  bir  shaxsning  o’ziga  xos  individual 
xususiyatlari  va  mehnat  bozorining  ehtiyojlarini  hisobga  olgan  holda,  o’z  kasbiy 
o’rnini  topishi  uchun  shaxsga  ta’sir  etishning  ilmiy  asoslangan  shakl,  usul  va 
vositalar  tizimidir.  U  insonning  kasbiy  kiziqishi  va  imkoniyatlari  xamda 
jamiyatning  aniq  bir  kasbiy  faoliyat  turiga  ehtiyojlarining  mutanosibligiga 
erishishga  yo’naltirilgandir.  Kasb tanlashga  yo’llash  -  mohiyat  va  samaradorlikni 
baholash  ko’rsatkichlariga  ko’ra  ijtimoiy-iqtisodiy  kategoriyadir.  Kasbga 
yo’naltirishni  xal  etish  vazifalari  bo’yicha  ijtimoiy-iqtisodiy,  tibbiy-fiziologik  va 
psixologik-pedagogik  mohiyatga  ega  muammodir.  Kasb  tanlashga  yo’llash 
insonning  qobiliyati  va  iqtidorini  maqsadli  rivojlantirishda,  uning  kasb  mahorati, 
ish  qobiliyati  va  salomatligini  asrashga  imkon  yaratadi  hamda  aholini  ijtimoiy 
himoyalash va uning bandligi sohasidagi davlat siyosatining muhim elementlaridan 
biri  sifatida  namoyon  bo’ladi.  Kasb  tanlashga  yo’llash  shaxsning  mehnat 
salohiyatidan  samarali  foydalanish,  uning  ijtimoiy  va  kasbiy  faolligini  oshirish 
xamda majburiy ishsizlikning oldini olishda muhim rol o’ynaydi. Kasb tanlashga 
yo’llash  tadbirlari  inson  tomonidan  o’z  kasbiy  malakasini  oshirishning  qulay 
shakllarini  izlash,  ijtimoiy-iqtisodiy  tashabbuskorlik,  intellektual  va  mehnat 
mustaqilligini rivojlantiradi.  
Yosh avlodni ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlashga, uni har tomonlama 
barkamol rivojlantirishning shart-sharoiti sifatida qaraladi. Bu shaxsning ma’naviy, 
aqliy,  mehnat,  estetik  va  jismoniy  tarbiyasi,  ya’ni  barcha  o’quv-tarbiya  jarayoni 
bilan uzviy birlikda amalga oshiriladi.  
Kasb tanlashga yo’llash quyidagi qismlarni o’z ichiga oladi:  kasbiy axborot, 
kasbiy maslahat, kasbiy tanlov va saralash, kasbiy moslashish.  


129 
 
Kasbiy  axborot  -  ma’lum  bir  kasbni  egallash  xoxishi  bo’lgan  shaxsga,  turli 
mutaxassisliklarni egallashning shakl va sharoitlariga, kasbiy malakalarning o’sish 
imkoniyatlariga  mehnat  bozorining  holati  va  ehtiyojiga,  kasbiy  qiziqishlarning 
shakllanishiga,  shaxsning  istak  va  ko’nikmalariga  quyilgan  talablar  hamda 
zamonaviy kasblarning istiqboli va mazmuni to’g’risidagi ma’lumotlarni to’plash, 
targ’ibot qilish chora-tadbirlaridir.  
Kasbiy  maslahat  -  kasb  tanlash  yoki  faoliyat  turini  o’zgartirishda  yordamga 
muhtoj  bo’lgan  shaxsning  individual-psixologik  xususiyatlari,  shaxsiy  fazilatlari, 
kasbiy  qiziqishlari,  moyilligi,  sog’ligi  va  mehnat  bozori  ehtiyojlarini  o’rganish 
asosida  psixologik-maslaxatchi  bilan  ilmiy  tashkil  etilgan  o’zaro  muloqot 
tizimidan iborat.  
Kasbiy  tanlov  va  saralash  -  kasbiy  faoliyatning  alohida  turlariga  yaroqlilik 
darajasini  aniqlashga  yo’naltirilgan  shaxsning  psixofiziologik  xususiyatlari 
(tanlash) yoki aniq bir kasbga bo’lgan psixofiziologik me’yoriy talablar (saralash) 
asosida shaxsni har tomonlama o’rganish tizimidir. Moslashish - ishlab chiqarishda 
kasbiy  faoliyatning  ijtimoiy-psixologik  va  tashkiliy-texnik  sharoitlariga  shaxsni 
moslashtirishga,  uni  muvofaqqiyatli  ravishda  kasbni  egallashi  uchun  shart-
sharoitlarni yaratishga yo’naltirilgan choralarning majmuaviy tizimidir.  

Download 2,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish