VII- BOB. KASBIY TANLOVNING UMUMIY MASALALARI VA UNING
TUZILISHI
Kasbiy tanlov tushunchasining mohiyati
Zamonaviy mutaxassislarni tayyorlashdagi asosiy muammolar orasida ikkita
predmetli sohani alohida ajratib ko’rsatish muhimdir: “kasbiy sifatlar” va “kasbiy
taraqqiyot”. Kasbiy sifatlar insonning butun umrida unga hamroh bo’ladigan va
hayot faoliyati davomida muhim o’rin tutadigan “Men kimman?” degan ongli
savolga asosiy e’tiborni qaratadi. Taraqqiyot esa kasbiy rivojlanishga, ishning
sifatini ortishiga, izlanishlardagi kashfiyotlarga, qaror qabul qilishdagi
egiluvchanlikka yo’naltirilgan bo’ladi.
Kasbiy shakllanishda kasbiy sifatlar va taraqqiyot bir-biri bilan chambarchas
bog’liqdir: kasbiy sifatlar bir tomondan kasbiy taraqqiyot jarayonida shakllansa,
boshqa tomondan –shaxsning mutaxassis sifatida namoyon bo’lishining muhim
ko’rsatkichi hisoblanadi. Amaliy jihatdan bu quyidagilarni anglatadi: yangi
ijtimoiy-iqtisodiy dinamik sharoitda o’z sha’niga ega bo’lish, raqobatda sinmaslik,
farovon kelajakni ta’minlash uchun mutaxassis doimiy rivojlanishda bo’lishi,
qolaversa, ijtimoiy va mehnat sharoitida o’zining mavqeini tahlil qilib borishi
lozim. Shuning uchun kasbiy sifatlarni tadqiq qilishning zamonaviy yo’nalishi
shaxsning ijtimoiy va kasbiy taraqqiyoti jarayoni bilan bog’liq jihatlarni o’rganish
hisoblanadi.
Kasbiy shakllanish individning mutaxassisga aylanish sifatida insonning o’zi
haqidagi, kasbiy va ijtimoiy muhitdagi mavqei haqidagi tasavvurlarining
o’zgarishi, qolaversa, yangi kasbiy sifatlarni o’zida tarkib toptirishi, keng ma’noda
aytadigan bo’lsak – shaxsning kasbiy o’z-o’zini anglashi bilan hamohanglikda
kechadigan jarayondir. Kasbiy shakllanish inqirozlari davrida kasbiy sifatlar
yaqqol namoyon bo’ladi.
Xorij manbalarida kasbiy sifatlar muammosini tadqiq qilishga nisbatan ikkita
yo’nalish ko’rsatib o’tilgan: birinchisi kasbiy taraqqiyotga shaxsning o’z ustida
310
ishlashiga yo’naltirilgan, ikkinchisi esa, kasbiy shakllanishning ijtimoiy tomonlari
va omillariga yo’naltirilgandir. Dj.Sonenfeld kasbiy sifatlar kasbiy taraqqiyot
jarayonida yuzaga kelishi va shakllanishini aytib o’tgan. Kareraning o’sishi turli
kasbiy sifatlarning o’zgarishi bilan kuzatiladi. Alohida, xususiy kasbiy sifatlardan
biroz umumiyroq kontseptual sifatlarga o’tish sodir bo’ladi. Aynan kontseptual
sifatlar kareradagi o’sishni va kasbiy taraqqiyotning bosqichini aniqlab beradi.
R.Finchman ishlarida asosiy e’tibor kasbni egallash jarayonida kasbiy
talablar, axloqiy me’yorlar, qadriyatlarni anglashga qaratiladi. Kasbiy sifatlarining
shakllanish jarayoni insonga kasbiy o’zini-o’zi boshqarish imkonini beruvchi
kasbiy taraqqiyot davomidagi individual xususiyatlar va ijtimoiy ta’sirlarning
o’zaro muvofiqligi sifatida namoyon bo’ladi.
S.Djoshli o’zining ijtimoiy tadqiqotlarida Rim aholisining kasbiy sifatlari va
mavqeini tahlil qilib, shunday xulosaga kelgan: kasbiy sifatlar faoliyat bilan
bog’liq bo’lib, kasbning rasmiy va norasmiy mavqeining o’zaro muvofiqligi
asosida shakllanadi. Faoliyat haqidagi mavjud tasavvurlar bilan muvofiq kasb
nomlari o’ziga yarasha me’yoriy talablarga egadir va shuning uchun ham o’z-
o’zidan shaxsga ma’lum ma’noda ta’sir o’tkazadi. Faoliyat mazmunidan tashqari
kasbiy sifatlarga munosabatlar tizimi, insonning boshqalar bilan o’zaro hamkorligi
ham ta’sir qiladi.
K.Mak-Goven va L.Xartlar asosiy urg’uni o’z tarkibiga kasbiy rollarni
amalga oshirish va yangi qadriyatlarni, ustanovkalarni va kasbiy sifatlar tarkibini
rivojlanishi uchun talab etiladigan maxsus bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirishni
qamrab oluvchi ijtimoiy o’rganish jarayoniga qaratadilar. Pedagoglarning kasbiy
shakllanishini tadqiq qilish natijasida quyidagicha tahliliy xulosaga kelingan:
pedagog-talabalar tanqidiy tafakkur, shaxslararo munosabatlar, nizolarni bartaraf
etish kabi sohalar yuzasidan maxsus bilim, ko’nikmalarni o’zlashtirishlari,
qolaversa, kompyuter texnologiyalari va turli metodlarni qo’llay olishlari zarur.
Kasbiy sifatlarining shaxsiy va ijtimoiy aspektlarining muvofiqligi g’oyasi
“psixoijtimoiy sifatlar” tushunchasida to’laligicha aks ettirilgan bo’lib, u kasbiy
taraqqiyotning ijtimoiy kontekstlari bilan bog’liq kasbiy sifatlarni anglatadi. Bu
bilan shaxs taraqqiyoti va faoliyatni amalga oshirishda ijtimoiy muhitning roli
311
alohida ko’rsatib o’tiladi. Muammoga bu jihatdan yondoshish G.Teshfelning
ijtimoiy sifatlar nazariyasi yuzaga kelgandan so’ng ommalashib ketdi. Faoliyat va
o’zaro hamkorlikni o’zlashtirish natijasida shakllanuvchi ijtimoiy sifatlar ishchilar
guruhining o’zaro munosabatlariga hamda individning kasbiy taraqqiyotiga ta’sir
o’tkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |