Kasbiy psixologiya



Download 2,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/193
Sana11.01.2022
Hajmi2,67 Mb.
#340171
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   193
Bog'liq
2 5226678339682438617

kasbiy  qayta  yo‘naltirish
  keng  tarqalgan  voqelikka  aylangan.  O‘zini-o‘zi  anglash 
va  shaxsning  kasbiy  shakllanishi  muammosi  bu  jarayonda  sub’ektlarning  turli 
kasbiy  tajribaga  ega  ekanliklari,  barqaror  qadriyatlar  tizimi,  shakllangan  shaxs 
tuzilishi,  hayotiy  pozitsiyani  amalga  oshirishda  ijtimoiy,  kasbiy  va  iqtisodiy 
sharoitlarni aniqlash bilan aloqadorlikda yangi qirralarga ega bo‘ldi. 
V.A.Bodrov  va  M.ARatnikova  bilan  hamkorlikda  kasbiy  faoliyatni 
o‘zgartirishning psixologik xususiyatlari va qayta kasbga yo‘naltirish vaziyatining 
xarakteri hamda mehnat sub’ektining individual-psixologik xususiyatlariga bog‘liq 
holda  kasbiy  faoliyatga  moslashishni  o‘rganish  maqsadida  tadqiqot  ishi  olib 
borilgan. 
Yetuklik  davrida  kasbiy  qayta  yo‘naltirish  va  uning  kasbiy  shakllanish 
jarayoniga ta’siri quyidagi omillar orqali aniqlanadi: 
1.
 
Qayta  yo‘naltirish  vaziyatining  ko‘rinishiga  ko‘ra  (majburiy  yoki 
ixtiyoriy); 
2.
 
Mintaqaning  ijtimoiy-demografik  va  kasbiy  xususiyatlariga  ko‘ra  (turli 
yosh va ish stajiga ega bo‘lgan harbiy xizmatchilar, boshqaruvchi shaxs, muhandis, 
shifokor, o‘qituvchi); 
3.
 
Joriy faoliyatning xarakteriga ko‘ra; 
4.
 
Qayta yo‘naltirilgan sub’ektlarning individual-psixologik xususiyatlariga 
ko‘ra (introvertlik, ekstrovertlik, xavotirlanish va boshqalar). 
Qayta  yo‘naltirishning  muvaffaqiyati  yangi  faoliyatga  kasbiy,  ijtimoiy  va 
psixologik  moslashganlik  darajasi  bilan  tavsiflangan.  Bunda  majburiy  qayta 
yo‘naltirishni,  ya’ni  ishdan  haydalish,  tashkilotning  inqirozga  uchrashi 
vaziyatlarini  boshidan  o‘tkazgan  xodim  sinov  muddati  (6  oy)  davomida  kasbiy 
faoliyatga  moslasha  olgan  (93%,  68%  va  33%  vaziyatlarda  moslashish  turiga 
muvofiq),  84%,  63%  va  58%  vaziyatlarda  esa  ixtiyoriy  qayta  yo‘naltirishni  yoki 
qo‘shimcha  kasbiy  faoliyatga,  qolaversa,  majburiy  qayta  yo‘naltirishni  boshidan 
kechirayotgan  xodimlarning  yangi  kasbiy  faoliyatga  psixologik  moslashishida 
ko‘pgina  qiyinchiliklarga  uchragan.  Kasbiy  faoliyatga  moslashish  jarayonining 


302 
 
tezligi  shaxsning  internallik-eksternallik  xarakterlariga  va  shaxsiy  xavotirlanish 
darajasiga bog‘liqdir. 
Shaxs  tuzilishining  arxitektonik  holati  va  maxsus  qobiliyatlar,  shaxs 
taraqqiyotida faoliyatning roli haqidagi ma’lumotlar, faoliyatning dinamik tuzilishi 
va  mazmuni  hamda  bu  jarayon  bilan  bog‘liq  ravishda  shaxsga  nisbatan 
qo‘yiladigan  kasbiy  talablar  keyinchalik  kasbiy  shakllanishning  va  bu  tizim 
asosida  mutaxassislarni  psixologik  saralashning  takomillashtirish  jarayonining 
yangi  qirralarini  o‘rganishni  belgilab  beradi.  Bu  qarashlar  eksperimental 
asoslangan  bo‘lib,  uning  negizida  kasbiy  yaroqlilikni  baholashga  nisbatan 
strukturaviy-dinamik yondashuv konsepsiyasi yotadi. 
To‘rt  yil  davomida  600  dan  ortiq  uchuvchi-kursantlarda  olib  borilgan 
tadqiqotlar  orqali  uchuvchilik  qobiliyatini  aniqlashga  qaratilgan  alohida  kasbiy 
muhim  xususiyatlar  qator  tipik  jihatlarga,  ya’ni  uchuvchilik  qobiliyatining 
tuzilishidagi  komponentlarning  o‘zaro  ichki  aloqalarini  namoyon  bo‘lish 
darajasidagi  tafovutlar  va  bu  komponentlar  orasidagi  ierarxik  munosabatlar 
xarakteriga ega ekanligi aniqlandi. Bu ma’lumot kursantlarning haqiqiy mutaxassis 
bo‘lib etishishlarining dastlabki bosqichida ulardagi qobiliyatlarning rivojlanganlik 
darajasidagi  individual  farqlarning  keng  qamrovli  ekanidan  dalolat  beradi.  Aytish 
mumkinki,  ularning  uchuvchi  kasbini  tanlashdagi  kasbiy  yo‘nalganligi  psixik 
mavqe  jihatidan  iqtidorli  va  uning  kasbiy  faoliyatga  qo‘yiladigan  talablarga 
muvofiq  tarzda  rivojlanganligi  bo‘lajak  mutaxassislarning  kontengentini  to‘liq 
shaklda aniqlab bera olmaydi.  
Ta’limning  turli  bosqichlarida  kasbiy  muhim  xususiyatlarning  miqdoriy, 
xarakter  jihatdan  va  o‘zaro  chambarchas  bog‘liq  holda  o‘zgarishi  aniqlangan 
bo‘lib,  ular  kursantlarga  qo‘yiladigan  talablarning  turli  mazmunga  egaligi  bilan 
bog‘liq:  o‘quv  masalalari,  qolaversa,  bu  talablarga  nisbatan  moslashuvchanlik 
darajasi va bu masalalarni hal qilish sharti hamda mazmuniga nisbatan adekvatlik 
darajasi  hamda  faoliyat  tizimiga  (V.D.Shardakov  bo‘yicha)  individual  funksional 
moyilligi bilan belgilanadi. 
Kursantlarning turli ta’lim bosqichlarda alohida kasbiy muhim xususiyatlarini 
namoyon bo‘lish darajasi ko‘rsatkichlarining dinamikasini katta variativligi psixik 


303 
 
taraqqiyot  fazalarining  geteroxronligi  va  o‘zgarishlarning  betartibligi,  qolaversa, 
har bir o‘quv faoliyatining kasbiy muhim xususiyatlar holatiga ta’sirida aks etishi 
joriy qilingan. Ta’lim  jarayonida kasbiy muhim xususiyatlarni tizimlashtirishning 
samaradorligi  oshib  borayotgani  aniqlangan  bo‘lib,  bu  bevosita  alohida 
xususiyatlar orasidagi zaif aloqalar sonini kamayishiga, ya’ni xarakterning kasbiy 
ta’lim  bosqichidaga  passiv  qobiliyatlar  tuzilishiga  bog‘liq  ravishda  o‘zgarishiga 
(birinchi  kursda-barcha  kasbiy  muhim  xususiyatlar  orasida  teng  va  ahamiyatsiz 
aloqalar  mavjud  bo‘lib,  to‘rtinchi  kursga  kelganda-etakchi  xususiyatlar  orasida 
“kuchli”  aloqalar  sonini  ortganligi  kuzatiladi);    kasbiy  muhim  xususiyatlar 
tuzilishida–  kognitiv  (axbortni  qayta  qurish),  psixomotor  (etakchi  faollik), 
faollashtirilgan (axborotlarni qidirish, diqqatni taqsimlash va nazorat qilish) kabi 3 
ta yirik majmualarni ajratilishiga xizmat qilmoqda. 
Berilgan  korrelyasion  tahlillar  kasbiy  muhim  xususiyatlarning  kursantlarni 
past va yuqori o‘zlashtirish darajasiga bog‘liq holda namoyon bo‘lishida miqdor va 
sifat jihatdan tafovutlar borligini ko‘rsatmoqda, bu esa tayyorgarligi yuqori bo‘lgan 
kursantlarda  kasbiy  muhim  xususiyatlarning  funksional  majmuini  egiluvchan  va 
moslashuvchan  tizimga  asoslanganidan,  tayyorgarligi  past  darajada  bo‘lgan 
kursantlarning  esa  kasbiy  muhim  xususiyatlari  ularda  yangi  kasbiy  masalalarni 
o‘zlashtirishlari  uchun  qiyinchiliklar  tug‘diruvchi  konservativ,  qattiqqo‘llik 
tizimiga asoslanganligidan dalolat beradi. 
Sunday  qilib,  uchuvchi-kursantlar  kasbiy  shakllanishining  o‘ziga  xosligida 
aks etuvchi shaxsning kasbiy taraqqiyoti qonuniyatlarini o‘rnatish jarayoni kasbiy 
muhim  psixologik  xususiyatlarning  maxsus  integratsiyasi  sifatlari  va  shaxsning 
kasbiy  tizimda  to‘liq  shakllanishi  bilan  hamohang  tarzda  kechishidan  dalolat 
beradi.  Aytish  mumkinki,  shaxsning  kasbiy  shakllanishidagi  individual  farqlar 
mutaxassislarni  kasbiy  etuklikka  erishishlarining  turli  imkoniyatlarini  belgilab 
beradi. 
Mehnat  sub’ektining  kasbiy  shakllanishi  taraqqiyot  jarayoni  sifatida 
mutaxassisning  qator  yakuniy  natijalarga  erishishi,  ayniqsa,  yuqori  darajadagi 
professionalizm, 
malakaga, 
kompetentlikka 
va 
etuklikka 
egaligida 
mujassamlashadi.  Bu  tavsiflarning  har  biri  kasbiy  shakllanganlikning  o‘ziga  xos 


304 
 
xususiyatlarini,  shaxs  taraqqiyoti  darajasi  va  xususiyatlarini,  eng  asosiysi,  bu 
jarayonning natijalarini muhokama qilishda muhim ahamiyatga egadir. 

Download 2,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish