Qonuniyatning ifodalanishi
. Bu tekshirishning eng qiyin va mas’uliyatli
bosqichi hisoblanadi. Chunki bu bosqichda ma’lumotlarning mohiyatini chuqur
tushunish, ularning o’zaro bog’liqlikni hisobga olish kerak bo’ladi, binobarin, bitta
ma’lumotdan turlicha xulosa chiqarish mumkin. Ko’pincha chiqarilgan xulosalar
taxminiy xususiyatga ega bo’lib, keyingi tekshirishlar, aniqlashlar uchun asos
bo’ladi.
Qonuniyatni amalda qo’llash
. Aniqlangan qonuniyat ma’lum bir
amaliyot sohasida, masalan, ishlab chiqarish jarayonida insoniy munosabatlar
21
psixologiyasini o’rganishdan to’plangan tajriba keyingi jarayon uchun kerak
bo’ladi. Ko’pgina xodimlar amaliy faoliyatlarida hamisha shaxsiy hamda
boshqalarning tajribalarini umumlashtiradilar. Lekin, shunday bo’lsa ham, har
holda bunday umumlashtirishlar ilmiy jihatdan etarli asoslangan bo’lmaydi,
boshqacha qilib aytganda muhim aniqlik va teranlik bilan ajralib turmaydi.
Kasbiy psixologiya fani o’rganishi kerak bo’lgan qonuniyatlarni quyidagi uch
guruhga ajratish mumkin:
-
Texnik muxandis xodimlarning shaxsi va ish faoliyati bilan bevosita
bog’liq bo’lgan psixik qonuniyatlar;
-
Faoliyat turi bo’yicha shaxsning psixikasini o’rganishga qaratilgan
psixologik qonuniyatlar.
Hozirgi kunda o’zbek psixolog olimlari ushbu muammolar ustida ilmiy
izlanishlar olib bormoqdalar.
Kasbiy psixologiyaning o’ziga xos printsiplari mavjud. Har qanday usulda
o’tkaziladigan psixologik tekshirishlar qator tamoyillarga rioya qilishni talab etadi.
Masalan: sub’ektiv (psixologik) asosga nisbatan ob’ektiv (moddiy) asosning
birlamchiligi, psixikaning taraqqiyotida faoliyatning etakchilik roli, psixik
hodisalarning o’ziga xos bog’liqligi tamoyili, psixologik faoliyatni o’rganishda
ob’ektivlik tamoyili, nazariya bilan amaliyotning bog’liqligi tamoyili
Sub’ektiv asosga nisbatan ob’ektiv asosning birlamchiligi tamoyili
psixika
moddiy bo’lmasa ham moddiylikdan ayri holda yashay olmasligidan kelib chiqadi.
Shaxsni o’rganishda biz psixik faoliyatning ko’plab tashqi ko’rinishlariga duch
kelamiz. Ulardan asosiylari:
–
og’zaki va yozma nutq. Psixolog uchun shaxsning o’zi (shaxsiy hisobot
ma’lumotlari) haqidagi mulohazalari g’oyat muhim hisob- lanadi. Nutq orqali
shaxslarning fikrlari, hissiyotlari, qarash- lari, intilishlari, bilimi va boshqalar
haqida xulosaga kelish mumkin;
–
shaxs faoliyatining mahsuli. Shaxslar psixikasi haqida ularning o’z qo’llari
bilan yasagan buyumlar, asbob-uskunalar, turli yasamalar, rasmlar va boshqalar
aniqroq ma’lumot beradi;
22
- psixik faoliyatning tashqi ko’rinish va tanada namoyon bo’lishi. Bu ko’z
qarashining ma’nodorligi, yuz mimikasi, imo-ishora, nafas olish va qon
aylanishining o’zgarishi, miya elektr faolligining o’zgarishi va hokazo.
Shuni ham ta’kidlab o’tish zarurki, bunday holatda faqat psixikaning tashqi
namoyon bo’lishigina emas, balki psixikaning o’zi tashqi namoyon bo’lishiga
qarab ham o’zgaradi. Bu fanda determenizm tamoyili deb nomlanadi.
Psixikani tashqi namoyon bo’lish shakli orqali o’rganish vositali bilish
deyiladi. Psixologiya fani tarixida uzoq yillarga qadar psixikani o’rganishning
asosiy metodi sifatida o’z-o’zini kuzatish (introspektsiya) metodidan foydalanib
kelingan. Biz o’z ichki dunyomizni bevosita his qilamiz. Psixologiya uchun o’z-
o’zini kuzatish metodi o’ta qulay tuyuladi. Lekin masalaga bunday qarash xatodir,
chunki o’z-o’zini kuzatish ko’pincha umumiydan oddiy yoki tasodifiyni farqlash
imkonini bermaydi, psixik faoliyat jarayonini noto’g’ri ko’rsatadi.
Psixika taraqqiyotida faoliyatning etakchi o’rin tutishi tamoyili
inson
psixikasining mehnatda yuzaga kelishi va faoliyatda tarkib topishidan kelib
chiqadi. Shunga ko’ra, psixikani kishining amaliy faoliyatidan ayri holda o’rganish
mumkin emas.
Psixik hodisalarning o’zaro bog’liqlik tamoyili
bizning ichki dunyomiz
yagona, bir butun ekanligidan, ma’lum shart-sharoitlarda shakllangan, muayyan
shaxslarga xos miyaning mahsuli ekanligidan kelib chiqadi. Shu jihatdan
shaxslarning ayrim tomonlarini, uning psixikasini o’rganishning o’zi asosiy
maqsad bo’lib qolmasligi kerak. Har bir tekshirishda biror psixik hodisaning
boshqa psixik hodisalar bilan uzviy aloqasini va ta’sirini hisobga olib, inson
texnika munosabatlarida tadqiq etish lozim bo’ladi.
Psixik faoliyatni o’rganishda ob’ektivlik tamoyili
boshqa tekshiruvchilar
qatori psixologdan ham hodisaning aniq tafsilotlarini o’rganishni, real holatni
ifodalamaydigan shoshilinch umumlashtirish va xulosalarga yo’l qo’ymaslikni
talab qiladi.
Nazariya bilan amaliyotning bog’liqligi tamoyili
nazariya amaliyot uchun
asos ekanligini, u o’z qobig’iga o’ralib olmasdan amaliyot uchun yangi-yangi
yo’nalishlar ko’rsatishni anglatadi.
23
Kasbiy psixologiya fanining bu tamoyillari birgalikda qo’llaniladi va ular har
bir aniq psixologik metodning asosini tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |