202
mexanik va mnemotexnik.
Mantiqiy eslab qolish
– eslab qolishning asosiy usuli. Ushbu usuldan
qanchalik samarali foydalanish aqliy imkoniyatlarga, ma’noli va mantiqiy aloqalar
o’rnatishga bog’liq. Mantiqiy eslab qolishga asos bo’ladigan ma’noli aloqalar
tasodifiy yuzaga kela- digan aloqalarga qaraganda ancha mustahkamligi bilan
ajralib turadi. Mantiqiy eslab qolishning muhim usullaridan biri, avvalo, manbani
guruhlarga
ajratish, ya’ni ma’nosi bo’yicha guruhlashtirishdan iborat.
Mexanik usul –
ma’nosini tushunmay quruq yodlanadigan usul. Uning asosini
esda olib qolinadigan ma’lumotlarni oddiy takrorlash, ma’nosini anglamasdan
turib ko’p martalab idrok etish
tashkil etadi. Mexanik xotira ancha yuqori turdagi xotiralarning eng oddiy
asosidir, usiz ma’lumotlarni eslab qola olmaymiz.
Mnemotexnika eng qiziqarli va mashq qilib rivojlantirsa bo’ladigan usul. U
asosan ma’nosiz axborotni bilvosita eslab qolishga xizmat qiladi. Uning yordamida
ma’noli axborotni eslab qolishning ratsional usulini ancha kuchaytirish va
ma’nosiz mate- rialni mexanik eslab qolish samaradorligini benihoya oshirish
mumkin.
Kasbiy xotirani rivojlantirishning asosiy qonuniyatlarini yodda tutish zarur.
Shuningdek, axborot inson hayoti va faoliyati uchun qanchalik muhim bo’lsa,
shunchalik mustahkam esda qoladi va oson yodga tushadi. Shuning uchun ham
qandaydir axborotni yod olayotganda doimo uni o’zingiz, masalan, kasbiy
faoliyatda maqsadga erishish- ingiz uchun muhimligini ta’kidlab turishingiz zarur.
Axborot inson faoliyatiga qanchalik aloqador bo’lsa, shunchalik mustahkam
yodlanadi (eslab qolinadi). Xotirani rivojlantirish uchun biron bilimni, qonuniyatni
oddiygina yodlash emas, balki uni amaliy faoliyatda iloji boricha kengroq qo’llash
muhimdir.
Axborot qanchalik chuqur anglansa, u xotirada shunchalik yaxshi saqlanib
qoladi. Ushbu qonuniyatdan foydalanish eslab qolish jarayonini fikrlash jarayoniga
eng ko’p darajada yaqinlashtirishni bildiradi. Anglangan holda eslab qolish
ob’ektlarning eng muhim jihatlarini va munosabatlarini ifodalovchi mantiqiy
aloqalarga asoslanadi.
203
Qiziqish uyg’otuvchi yoki manfaat keltiruvchi axborot oson eslab qolinadi.
O’zlashtirayotgan narsamizni bizni qiziqtirayotgan, biz uchun manfaat keltiradigan
narsalar bilan bog’lash – muvaffaqiyatli eslab qolishning asosiy shartlaridan
biridir. Muvaffaqiyatli eslab qolishda muayyan axborotni idrok etishga
tayyorgarlik va yaxshi eslab qolish maqsadini qo’yish katta aha- miyatga ega.
Bular eslab qolish jarayoniga katta ta’sir ko’rsatishi bilan birga, uning natijalarini
oldindan ko’rish imkonini beradi va xotirada tiklashni osonlashtiradi.
Bir vaqtning o’zida yuzaga keladigan tasavvurlar eslash jarayonida bir-birini
yodga tushiradi. Xotiraning ushbu qonuniyatidan foydalanish uchun eslab qolish
va esga tushirish jarayonida tabiiy assotsiatsiyalardan foydalanish, shuningdek,
muxandiskadrlarining kasbiy faoliyatida xotiraning ishini engillashtiruvchi sun’iy
assotsiativ aloqalar o’rnatishni o’rganishimiz zarur.
Xotirani shakllantirish usullari:
–
bilishga bo’lgan qiziqishlar doirasini, xotirada saqlash maqsadlarini
shakllantirish;
–
mantiqiy eslash usullarini o’rganish;
–
javobgarlik hissini kuchaytirish: bilim olishga, o’rganishga, qunt qilishga,
o’zini tarbiyalashga e’tibor berish;
–
o’tilgan mashg’ulotlardagi materiallarni tizimli ravishda qayta takrorlash,
xotirani mustahkamlovchi mashqlarni bajarish.
Shu ma’noda muxandisfaoliyatida
kasbiy xotira
–
tezkor, uzoq muddatli, so’z mantiqli shaklda, raqam, son, ism,
familiya, qiyofalarni tez tanib eslab qolish, qayta tiklash (keyin- chalik farqlay
olish)da namoyon bo’ladi
14
.
Do'stlaringiz bilan baham: