Ma’ruza mashg’ulotlari
70
Insoniylik insonni axloqiy fazilati hisoblanib, insonni insonga hurmatini, insonni oliy
qadriyat sifatida qarashni, uni tushunishni, unga yordam berishni ifodalaydi.
Insonga, uning qarashlari, qadriyatlariga ishonish, ushbu ideallarga xizmat qilish.
O‘z ma’suliyatini bajarishda erkinlik, maqsadga erishishni bilish, o‘z o‘ziga
talabchan bo‘lish va jamiyat talablarini bajarish hamda intizomli bo‘lish.
O‘z xatti-harakati uchun javob berish, o‘z xatolarini tan olish va tuzatish.
Yer yuzidagi barcha jonzotlarga, tabiatga nisbatan hurmatda bo‘lish.
Halollik, adolatlilik, prinsipiallik, o‘ziga va boshqalarga nisbatan talabchan hamda
sabrli bo‘la olish.
Yuqoridagilar O‘zbekiston xalqini axloq kodeksi emas, balki oiladagi, maktabdagi,
jamiyatdagi tarbiyaviy ishlarni tashkil etish uchun asos bo‘la oladigan axloqiy
normalardir.
Axloqiy tarbiyani tashkil etishning asosiy shakli bu umumta’lim maktablarimizda
adabiyot, tarix, jamiyatshunoslik darslaridir. Bundan tashqari, sinfdan va maktabdan
tashqari axloqiy mavzularda tashkil etilgan tadbirlar, uchrashuvlar ham o‘quvchilarda
axloqiy sifat va fazilatlarni shakllantirilishida muhim o‘rin tutadi. Shaxsning tabiiy va
ijtimoiy borliqqa, o‘ziga hamda atrofdagilarga ijobiy munosabatini, shaxslararo
munosabatda axloqiy me’yorlarga qat’iy amal qilishini ifodalovchi sifatlar ma’naviy-
axloqiy sifatlar deb yuritiladi.
Shaxsning axloqiy sifatlariga xushmuomalalik, axloqlilik, mehnatsevarlik, kamtarlik,
mehribonlik. rahmdillik, saxovatlilik, oqko‘ngillilik, bag‘rikenglik, vatanparvarlik,
baynalminallik, sabrlilik, bilimlilik, e’tiqodlilik, adolatparvarlik, haqiqatgo‘ylik,
o‘zgalarni tushuna olish, muhtojlarga yordam ko‘rsatish kattalarni hurmat qilish,
kichiklarga izzat ko‘rsatish, intizomlilik v.b.
12.3. Ma’naviy-axloqiy tarbiya shakl va metodlari. Abdulla Avloniy «Turkiy guliston
yohud axloq» asarida axloq «insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan
qaytaruvchi bir ilmdur», - deydi. Aynan axloq, uning ijtimoiy ahamiyati haqida
ma’lumot beruvchi mazkur manbada alloma yaxshi va yomon xulqlarga to‘xtalib
o‘tadi1. Allomaning nuqtai nazaricha, yaxshi xulqlar quyidagilardan iborat: fatonat
(aql), diyonat (e’tiqod), nazofat (poklik va tozalik), g‘ayrat, riyozat (savob ishlar),
qanoat, shifoat, ilm, sabr, hilm (yumshoq tabiat) intizom, nafs me’yori, vijdon,
vatanni suymak, haqqoniyat, nazari ibrat, iffat, hayo, idrok va zako, hifzi lison (til va
adabiyot), iqtisod, viqor (g‘urur), muhabbat, avf (kechirimli bo‘lish). Bu xislatlar
ma’naviy-axloqlilikning asosiy sifatlari sanaladi. Ular asosida vatanga muhabbat va
sadoqat, mehnatga axloqiy munosabat, o‘z atrofdagilarga axloqiy yondashuv,
shuningdek, har bir o‘quvchining o‘zi va shaxsiy xulq-atvoriga munosabatni qaror
toptiriladi.
1 Avloniy, Abdulla. Turkiy guliston yoxud axloq. – Toshkent, O’qituvchi, 1992.
Do'stlaringiz bilan baham: |