Amaliy va seminar mashg’ulotlari
220
masalan, do’stlik, ahillik, vatanparvarlik va boshqalarni tarbiyalash ko’zda tutiladi.
Tarbiyaning yana bir xususiyati shundaki, bu jarayon ikki tomonlama xususiyatga
ega bo’lib, unda bolaning o’zi ham faol ishtirok etadi.
Tarbiyada qarama-qarshiliklarning ko’pligi yana bir xususiyatdir. Bu qarama-
qarshiliklar bolalarda o’z tushunchalariga muvofiq dastlabki paydo bo’lgan sifatlar
bilan tarbiyachi tomonidan tarkib toptirilayotgan sifatlar o’rtasida o’quvchilarga
qo’yilgan talablar bilan uni bajarish imkoniyatlari o’rtasidagi kurashlarda namoyon
bo’ladi.
. Jamoa ishini tashkil ctishda sinf rahbari ishining o'ziga xos xususiyatlari
Sinf maktab jamoasining ajralmas bir kichik bo'lagidir. Sinf faqat o 'quv
faoliyati birligi bo'libgina qolmasdan, balki o'quvchilarga tarbiya berishni tashkil
ctishning muhim jamoa shakli hamdir. Sinf rahbari ishida o'quvchilar jamoasini
tashkil etish asosiy vazifa hisoblanadi. Chunki jamoada shaxsni tarbiyalash
tarbiyaning yctakchi maqsadidir. Jamoada shaxsni tarbiyalashning umumiy asoslari
quyidagilardan iborat:
talablar qo'yish
faollarni aniqlash
o'quv mchnat
ijtimoiy siyosiy
ommaviy madaniy faoliyatdagi istiqbollarni tashkil etish
sog'lom jamoatchilik fikrini shakllantirish
ijobiy an’analarini yaratish va ko'paytirish.
Ta’riflangan bu qoidalar har qanday jamoa (maktab, sinf jamoasi, maktabdan tashqari
bolalar birlashm asi va hokazolarjni shakllantirish va rivojlantirish uchun qo'llanma
bo'lib hisoblanadi. Bolalarning jamoa turmush me’yorlari va qoidalarining intizomini
buzilishiga munosabatlarini kuzatib jamoaning tashkiliy tuzilishi ta’sirchanligiga
ishonch hosil qilish mumkin. Jamoa rivojlanishining dastlabki bosqichlarida bolalar
tarqoq bo'lib, ularda yakdil fikr va sinf rahbari tayanishi mumkin bo'lgan ta’sirchan
faollar bo'lmaydi. Shuning uchun jamoada salbiy hodisalar ochiq muhokama
qilinmaydi va mustaqil jamoa qarori qabul qilinmaydi. Agar jamoa rivojlanishning
ikkinchi bosqichida bo'lsa, nomigagina cmas, balki harakatlarini qo’llab-
quvvatlaydigan haqiqiy harakat qiluvchi faollar bo'lsa, uning ayrim o'quvchilar va
jamoa oldiga muayyan talablar qo'yishini kuzatish mumkin. Jamoaning rivojlanish
darajasidan dalolat bcradigan muhim belgilardan biri - o'quvchilarning birgalikdagi
faoliyatga kirishishidir. Sinf o'quvchilari ko‘p bo'lgan sharoitda har bir bolaga yakka
tartibda yondashish, har bir bola qalbiga to'g'ri yo'l topish qiyin. Agar o'quvchilar
jamoasi qo'llab-quvvatlasa, har holda bunday yo'lni topish mumkin. Jamoada shaxsni
tarbiyalashda yakka tartibdagi yondashuvning mohiyati alohida o'quvchini jamoa
Do'stlaringiz bilan baham: |