244
Tovarni
bozorga
siljitish
Ancha harakat talab
etiladi
Mumkin qadar
maksimal harakat
Foydaga mos
ravishda
harakatning
kuchsizlanishi
Tovarni
bozordan
chiqarish
Servis
Nazorat, mumkin
qadar
markazlashtirilgan
nazorat
Nazorat, mumkin
qadar
markazlash-
tirilmagan
nazorat
Servis
markazi
tomonidan
olib
boriladigan
nazorat
Tovarni
sotish uchun
yangi
imkoniyatlar
yaratish
maqsadida
servisdan
foydalanish
Bu jadval ma’lumotlarini umumlashtirib shunday xulosaga kelish
mumkinki, firma yoki korxona tovarning turli hayotiylik davri bosqichida
ma’lum bir maqsadni ko‘zlagan holda marketing taktikasining u yoki bu
shaklidan foydalanadi.
9.3. Yangi tovar tushunchasi
Fan-texnika taraqqiyoti natijasida texnologiyalardagi o‘zgarishlar,
iste’molchilar ehtiyojlari, o‘zaro raqobat tufayli firma ishlab
chiqarayotgan tovarlari doirasi bilan cheklanib qolmasligi kerak.
Iste’molchi doimo yangi va takomillashtirilgan tovarlarga talabgor bo‘ladi
va albatta, raqobatchi firma bu talabni qondirish maqsadida yangi turdagi
mahsulotni ishlab chiqarish uchun bor kuchini safarbar etadi. Har bir
firma yangi turdagi tovarlarni ishlab chiqarish bo‘yicha o‘z dasturiga ega
bo‘lishi kerak.
Kompaniya yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni ikki usulda
yo‘lga qo‘yishi mumkin:
1.
Yangi turdagi tovarlarni chetdan olib o‘zlashtirish. Bunda
firma boshqa biron firmaning mahsulotini ishlab chiqarish huquqini
beruvchi litsenziya, patentini sotib oladi.
2.
Yangi turdagi tovarlar o‘z imkoniyatlarini ishga solgan holda,
o‘z kuchi bilan dunyoga keltiriladi. Bunda firma yangi turdagi tovarlarni
ishlab chiqarish bo‘yicha tadqiqot va izlanishlar bo‘limini tashkil etadi.
245
Xo‘sh, yangi turdagi tovarlar iste’molchilarning ehtiyojlarini
qondirish uchun ishlab chiqarilsada, nega muvaffaqiyatsizlikka uchraydi?
Buning oqibatlari turlicha bo‘lishi mumkin. Firma rahbari o‘ziga yoqqan
biron yangi turdagi tovar g‘oyasini marketing tadqiqotlari natijalari salbiy
bo‘lsa ham ilgari suradi va natijada zarar ko‘radi. Yoki yangi tovar
haqidagi g‘oyaning o‘zi qiziqarli, lekin bu tovarga bo‘lgan bozor talabi
keragidan ortiqcha hajmda belgilanadi. Oqibatda yangi turdagi tovar
talabdan ortiq ishlab chiqariladi va hech kimga kerak bo‘lmaydi. Boshqa
bir holatni olaylik: tovar g‘oyasi ham a’lo, lekin uning namunasini
yaratish jarayonida tovar konstruksiyasi talab darajasida bo‘lmay qoladi.
Bunday tovar ham bozorda kasod bo‘ladi. Yana bir boshqa holatni faraz
qilaylik, g‘oya juda yaxshi o‘ylangan, tovar namunasi sinovlardan yaxshi
o‘tgan, marketing hisoblari bo‘yicha bu mahsulot foyda keltirishi kerak.
Lekin natija firma o‘ylagandek bo‘lmaydi. Bunga sabab ushbu yangi tovar
reklamasi yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan, tovarning iste’molchi uchun
qiziqarli bo‘lgan xususiyatlari bo‘rttirib ko‘rsatilgan. Yangi tovarning
reklamasi muvaffaqiyatsiz chiqishi, bozorda kerakli xususiyatlari
ko‘rsatila olinmagandan tashqari tovar narxining balandligi ham ushbu
tovarni xaridorgir qilmasligi mumkin. Bundan tashqari yangi turdagi
tovarni ishlab chiqarishda mo‘ljallangandan ortiqroq sarf-xarajat bo‘ladi.
Bu esa o‘z navbatida, agar tovar bozorda talab qilinmasa, ko‘riladigan
zarar ham ortishini bildiradi. Ba’zan yangi turdagi tovar ishlab chiqarish
bosqichlari juda silliq ketayotganida, raqobatchi firma undan ham
sifatliroq tovar ishlab chiqarib, zarar keltirishi mumkin. Shunday qilib,
firma oldida tanlash uchun ikki yo‘l turadi, bir tomondan, yangi turdagi
tovarlarni ishlab chiqarish o‘ta zarur, ikkinchi tomondan, yangi tovar
imkoniyatining muvaffaqiyati qil ustida turadi. Bunday murakkab va og‘ir
masalani hal etish usullaridan biri shuki, firma yangi turdagi tovarlarni
o‘ylab topish, amalga oshirish ishlarini doimo, izchillik bilan, o‘z
maqsadiga yo‘naltirilgan holda olib borishi kerak. Ya’ni firma bozori
chaqqon tovarlarni ishlab chiqarish bilan birga yangi tovarlarni dunyoga
keltirish borasida uzluksiz izlanishlar olib borishi kerak.
Yangi turdagi tovarlarni ishlab chiqarish quyidagi 8 ta bosqichdan
o‘tadi: