Boshqariladigan narxlar
bu – darajasi boshqaruvning mos keluvchi
organlari tomonidan nazorat qilinadigan narxlar. Ularning orasidan eng
oxirgi (yakuniy) narxni ajratish mumkin (korxona o‘z mahsuloti yoki
xizmatiga undan yuqori baho belgilash huquqiga ega bo‘lmagan narxlar),
jalb etilgan narxlar (ma’lum darajadagi narxlar). Ba’zis baho - tovar navi
(sorti) va sifatini aniqlashda qo‘llaniladi.
Xarid qilish - sotish bahosi
– shartnomaga asoslangan yetkazib
berish shartlari bilan belgilanuvchi narx, bu narx fakturaviy narx ham
deyiladi va uni “sif”, “for”, “franko” kabi ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadi.
Jahon bahosi
- tovar turiga bog‘liq ravishda aniqlanadi.
Monopol baho
- monopoliyalar tomonidan belgilanadigan baho.
Do'stlaringiz bilan baham: |