(yalpi narx)- bu oldi-sotdi shartlarini hisobga olib, belgilangan narx
260
transport xarajatlari kimning zimmasida bo‘lishiga qarab narxlar (Franko,
FOB, FOS va hokazolar), mahsulot yetkazib beruvchi bilan iste’molchi
o‘rtasida qanday taqsim bo‘lishiga qarab bir-biridan farq qiladi.
1.
Franko-mahsulot yetkazib beruvchining ombor narxlarida
mahsulotni yetkazib beruvchi omboridan to iste’molchi omboriga
yetkazib berishgacha bo‘lgan barcha transport va yuk tashish-tushirish
xarajatlarini iste’molchi (yukni qabul qilib oluvchi) ko‘taradi. Mahsulot
yetkazib beruvchi esa bu xarajatlardan ozod bo‘ladi. Franko-mahsulot
yetkazib beruvchi omborining ulgurji narxlari keng qo‘llaniladi. Mahalliy
sanoat mahsulotlari, shuningdek, ba’zi qurilish materiallari va boshqalar
ham ana shunday narxlarda sotiladi. Iste’molchi materiallarni o‘z
transport vositalari bilan yetkazib beruvchining omboridan tashib
olganida ham o‘sha franko narxlar qo‘llaniladi.
2.
Franko-mahsulot jo‘natiladigan stansiya (pristan) narxlari
mahsulot yetkazib beruvchining materialni jo‘natish stansiyasigacha
(pristangacha) tashib olib borish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlarini
ham o‘z ichiga oladi. Ammo vagonlarga, kema, barjalarga ortish
xarajatlari bundan mustasno. Mahsulotni ortish, mahsulot yetib borgan
joyda uni tushirish, iste’molchining omborigacha tashib borish xarajatlari
bu xil franko narxiga kirmaydi. Bu narxlar amalda mol yetkazib
beruvchini materialning to‘liq va sifati buzilmagan holda tashib olib
borilish javobgarligidan ozod etadi.
3.
Franko-mahsulot jo‘natiladigan stansiya-vagon narxlari
mahsulotni o‘z omboridan jo‘natish stansiyasiga (pristanga, portga) tashib
borish bilan bog‘liq xarajatlarni, vagonlarni shaxobcha yo‘llarga
chiqarish, teplovozlar manevri uchun to‘lovlar, mahsulotni vagonlarga
(kemalarga) ortish xarajatlari, mahsulotni jo‘natayotganda bo‘ladigan
transport tashkilotlari tomonidan joriy qilingan (masalan, mahsulotni
taroziga solish) to‘lovlar mahsulot yetkazib beruvchi zimmasiga
yuklanadi. Mazkur xarajatlardan tashqari mahsulot jo‘natish
stansiyasidan iste’molchi omboriga tushguncha o‘rtada bo‘ladigan barcha
tashish, ortish-tushirish xarajatlarini (franko-jo‘natish sanksiyasi
baholarida) iste’molchi ko‘taradi.
Bozorning turiga bog‘liq holda auksionlar, birja kotirovkalari narxi
farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: