10.1. Narx tushunchasi va uning mohiyati
Narx
– bu raqobat, resurslarni qayta taqsimlash, kapital harakatining
vositasidir. Narx – tovar, buyum va xizmatlar qiymatining puldagi ifodasi.
Narx bu tovar nafliligi tan olinganda uning qiymatining pulda
ifodalanishi, qiymatning bozorda namoyon bo‘lish shakli.
Qiymat
– bu xaridorning mahsulotdan ko‘rgan foydasi, foydalanish
darajasi. Xaridorning mahsulotni xarid qilishi uning xohishi, didi va to‘lov
qobiliyatiga bog‘liq, bundan tashqari agar xaridorga bitta birlik mahsulot
kerak bo‘lsa, unda bitta turdagi to‘lash qobiliyati bo‘ladi. Agarda unga bir
nechta mahsulot kerak bo‘lsa, unda har bir mahsulot uchun boshqa to‘lash
qobiliyati bo‘ladi. Chunki mahsulotning keyingi donasi kamroq qadrli
bo‘ladi. Bu haqiqat bizni agregatlashgan bozor talab chizig‘iga olib
keladi.
Mahsulotning narxiga xaridor uni olishga tayyorligi va mahsulotning
nafligi ta’sir ko‘rsatadi. Agar xaridorda alternativ mahsulotni tanlash
imkoniyati bo‘lsa, unda xaridor tomonidan mahsulotni sotib olish yoki
olmaslik qaroriga nisbiy narx ta’sir qiladi. Bu vaziyatda xaridor o‘zi
uchun eng ma’qul va ko‘proq foydali bo‘lgan mahsulotni sotib oladi.
Narx
– “marketing-miks” kompleksining vositalaridan biri
hisoblanadi. U hech qachon marketing — miksning boshqa vositalaridan
ayrilgan holda ko‘rilmasligi kerak. Korxona biron bir “narx muammosini”
tahlil qilganda ko‘p hollarda uning sababi narx emas, balki narx bilan
bog‘liq bo‘lmagan raqobat ko‘rsatkichlarining zaifligi hisoblanadi.
Bozor xo‘jaligi faqatgina erkin raqobatli narxlar sharoitida samarali
faoliyat yuritishi mumkin. Bunday narxlar raqobatli tanlov, talab va taklif
nisbati, bozor muvozanatining tiklanishini hisobga olgan holda sotuvchi
va xaridor o‘rtasidagi savdo va oldi-sotdi shartnomasi natijasida hosil
252
bo‘ladi. Narx-navo, ya’ni baho bozorning unsurlari ichida eng murakkab
elementidir. U har doim o‘zgarib turadigan, harakatchan mexanizm bo‘lib
bozordagi vaziyat o‘zgarishlariga tez va chaqqonlik bilan moslashib
boradi.
Narx va narx belgilash siyosati marketingning bosh tarkibiy
qismlaridan biridir. Oxirgi yillarda narx bo‘yicha olib borilgan keng
ko‘lamli ishlar natijasida mikroiqtisodiyot va marketing orasidagi masofa
kamaymoqda. Mahsulotning narxi va nafliligi o‘rtasidagi nisbat har bir
iqtisodiy kelishuvning asosidir.
Narx marketing va firma faoliyatining boshqa o‘zgaruvchilari bilan
uzviy aloqada bo‘ladi. U tovarning hayotiylik sikli davomida o‘zgarib
turadi. Marketingda baho siyosatining mohiyati, bozorda aniq ulushga
erishish, ko‘zda tutilgan foydani olish va boshqa strategik va tezkor
masalalarni yechish uchun firma tovarlariga narx belgilash va narxlarni
o‘zgartirib turishdan iborat.
Bozor narxlarining asosiy xususiyati - ularning doimo o‘zgarib turish
qobiliyatidir. Bu tabiiydir, chunki narxlar talab va taklifni o‘zaro
bog‘lovchi vositadir. Bizga ma’lumki, ularning har ikkalasi ham
harakatchandir. Shuning uchun marketing strategiyasida shunchalik
harakatchan narxlar siyosatidan foydalaniladi. Bu siyosat tovarning
bozordagi harakatini tovar hayotiylik davrining turli bosqichlarini tartibga
solish va boshqarishni, bozorga yangi iste’mol tovarlari va ishlab
chiqarish vositalarini kiritishni, eskirgan modellarni bozordan siqib
chiqarishni ta’minlaydi. Narxlar hech qachon sababsiz o‘zgarmaydi.
Masalan, biror kamchiligi bo‘lgan va ma’naviy eskirgan tovarlar
pasaytirilgan baholarda, hattoki, tushirilgan baholar, deb ataluvchi
narxlarda sotiladi. Yuqori narxlar esa yuqori sifatli, yangi iste’mol
qobiliyatiga ega bo‘lgan tovarlarga o‘rnatiladi. Rivojlangan iqtisodiyotga
ega bo‘lgan mamlakatlarda marketingdagi narxni tashkil qilish
muammolarini faqatgina asosiy strategik yondashishlarigina ishlab
chiqilishi bejiz emas, chunki narxlarning o‘zi faqat bozor subyektlari:
sanoat va savdo firmalari, korxonalari tomonidan o‘rnatiladi va davlat
tomonidan tartibga solinadi. Tovarning raqobatbardoshligi va bozordagi
o‘rni narx darajasiga bog‘liq. Buning natijasi sotiladigan tovarlar
massasida korxona ulushining oshishidir.
Narx – mahsulot sifatining indikatori sifatida.
253
Bozor sharoitida narx siyosati o‘ziga xos bo‘lib, turli narxlarning
mavjudligi bozor qonuniyatidir. Narx shakllanishida tovar bahosi uning
sifatini bildiruvchi muhim indikator sifatida namoyon bo‘ladi. Tovar narxi
qancha yuqori bo‘lsa, talab tushadi va aksincha, past narxda tovarga
bo‘lgan talab oshadi. Xarid qilish haqida qaror qabul qilishga tovar narxi
miqdoriy ko‘rsatkich sifatida xizmat qilib, xarid budjetiga qarab u yoki bu
narxdagi tovarni sotib oladi. Har doim ham narx tovar sifatini obyektiv
baholaydi, deb bo‘lmaydi. Savdo do‘konlarining turiga qarab ishlab
chiqaruvchidan olingan tovarlarga turli narxlar belgilanadi.
Supermarket, Gipermarketlardagi tovar narxining oddiy kichik
chakana savdo do‘konidagi narxlardan yuqoriligi yirik savdo
markazlaridagi servisning yuqoriligi bilan izohlanadi.
Nima uchun tovar narxi uning sifatini o‘lchaydigan ko‘rsatkich
sifatida namoyon bo‘ladi?
Bu quyidagilar bilan izohlanadi:
1.
Tajribalardan ma’lumki, yuqori narx tovar sifatini past narxga
qaraganda ko‘proq kafolatlaydi.
2.
Narx xarid jarayonida iste’molchi uchun bir o‘lchovli ma’lum
ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi. Mahsulot narx bilan solishtiriladi. Bir
iste’mol ehtiyojini qondiruvchi bir necha firmaning mahsuloti xaridor
tomonidan solishtiriladi, so‘ngra xarid haqida qarorlar qabul qilinadi.
3.
Tovar narxi sotuvchi orqali xaridorga yetib boradigan signal
bo‘lib hisoblanadi. Reklamada tovar narxi ko‘rsatilmaydi.
Uzoq vaqt davomida bizning iqtisodiyotimizda barqaror narxlar
holatini haqiqatda tovar va xizmatlar bilan ijtimoiy ta’minlash belgilaydi,
degan fikr hukmron edi. O‘zgarmas narxlar barqaror ishlab chiqarish
rivojiga va talabni qondirishga to‘sqinlik qiladi. Bugungi kunda narxlar
tizimi ancha chalkashki, uni tushunib yetish birmuncha murakkab, eng
asosiysi u xo‘jalik yuritishning yangi bozorlar sharoitiga moslashmog‘i
lozim.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida narxlar ahamiyatining ortib
borishi kuzatilmoqda, chunki mana shu davrda umumiy ishlab chiqarish
hajmi, xarajatlar oshishi iqtisodiy qiyinchiliklar bilan uyg‘unlashib
ketmoqda. Moliyaviy va bank boshqarish tizimlarining susayishi,
transport va milliy iqtisodiyot tarmoqlarining kuchsizlanishi narx
raqobatini oshirib yubordi. Narxlar darajasi ko‘p hollarda xaridor
tomonidan belgilanadi. Savdogar uchun marketing tizimida narx
254
siyosatini olib borish birmuncha cheklangan. Ma’lumki, yuqori daromadli
rivojlangan ba’zi bir mamlakatlarda narxning pasayishi sifatning
yomonligidan dalolat beradi. Shuning uchun narx pasayishi shu
davlatlarda korxona mavqeyini bozorda mustahkamlamaydi, balki uni
raqobatdoshlilik darajasini pasaytiradi. Xaridorlar ana shu davlatlarda
yuqori sifatli mahsulotlarni yuqori narxda sotib olishga intiladilar.
Hozirda narx raqobati asta-sekin narxsiz raqobatlarga o‘z o‘rnini
bo‘shatib bermoqda. Marketingda narx siyosatini boshqarish masalasi u
amal qilib turgan narx strukturasiga bog‘liq. Albatta, marketing - miks
vositalari o‘rtasida juda katta farq mavjud. Kommunikativ va
distribyutorlik siyosati kabi vositalar mahsulotning bozordagi yutug‘i
uchun kerak bo‘lgan shartlardir.
Marketing — miks ichida mahsulot narxiga katta vazifa yuklanadi.
Faqat narxgina xaridorning iqtisodiy “qurbonligi” (aniq bir mahsulot sotib
olish bilan bog‘liq bo‘lgan va boshqa mahsulotlardan voz kechish) ni
belgilaydi. Xaridor uchun narx bu “qurbonlik” hisoblanadi. Uni xaridor
biron bir foyda yoki nafliligiga ega bo‘lish uchun to‘laydi. Biron bir
mahsulot uchun yuqori narx to‘lash xaridor uchun boshqa biron bir
mahsulotdan voz kechishni bildiradi. Shuning uchun u sotuvchi taklif
qilgan narxni mahsulot nafliligi bilan va boshqa alternativ mahsulotlar
narxi bilan solishtiradi. Shunday qilib, har xil xaridorlar uchun mahsulot
nafliligi bo‘lishi bizni bozor segmentatsiyasiga va har xil narxlarga olib
keladi. Xaridorlarning talablari, raqobatchilar tomonidan mahsulotlar
doimo o‘zgarib turishini inobatga olgan holda muntazam ravishda
narxlarni qayta ko‘rib chiqib turish lozim.
Narx marketing kompleksining boshqa uchta unsuri (tovar, savdo,
harakatlantirish) bilan daromad keltirish borasida farqlanadi. Narx (baho)
sotuvchi uchun o‘z mehnati taqdirlanishini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |