Qamariddin usmonov o‘zbekiston tarixi milliy istiqlol davri


kiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet383/457
Sana12.01.2022
Hajmi3,36 Mb.
#337497
1   ...   379   380   381   382   383   384   385   386   ...   457
Bog'liq
O'zbekiston tarixi. Milliy Istiqlol davri (Qamariddin Usmonov)

kiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida
do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma“
 asosida mustah-
kamlanib bormoqda.
1993- yil 10- noyabrda I. Karimov Almatiga safar qildi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari ikki mamlakat integrat-
siyasiga oid aloqalar masalasini, iqtisodiy siyosatini muhokama
qilishdi. O‘zaro sarmoyalarni amalga oshirish yo‘llari va usullari,
qo‘shma korxonalar, yuksak texnologiyalar yaratish haqida keli-
shib olishdi.
Òomonlar pul tizimiga doir masalani muhokama qilib, ikkala
tomon bir vaqtda milliy valutani joriy etish haqida ahdlashdilar.
Ikkala mamlakat pul tizimini birgalikda mustahkamlashning
www.ziyouz.com kutubxonasi


2 8 1
prinsipial masalalari bo‘yicha kelishib olishdi. Aholining ikkala
mamlakat pullarini erkin almashtirish uchun pul almashuv tar-
moqlarini vujudga keltirishga e’tibor qilish zarurligini ta’kidladilar,
hukumatlarga va banklarga banklararo hisob-kitoblar, erkin savdo,
bojxona bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish to‘g‘risida ko‘rsatma
berildi. Ikki davlat o‘rtasida savdo-sotiq, iqtisodiy hamkorlik
to‘g‘risida bitimlar tuzildi. O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida
iqtisodiy integratsiyaga oid aloqalar, o‘zaro sarmoyalar almashish,
qo‘shma korxonalar va yuksak texnologiyalar yaratish ishlari
yo‘lga qo‘yildi.
Qozog‘iston Prezidenti N. Nazarbayev 1994- yil 10—12-
yanvarda rasmiy davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ldi. Ikki
prezident O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasida tovarlar,
xizmatlar, sarmoyalar va ishchi kuchlarning erkin o‘tib turishini
nazarda tutuvchi hamda o‘zaro kelishilgan kredit-hisob- kitob,
budjet, soliq, narx, boj va valuta siyosatini ta’minlash to‘g‘risida
shartnomani imzoladilar. O‘zbekiston va Qozog‘iston chegaralari
orqali kirishda va chiqishda ikkala mamlakat fuqarolarining
yuklarini bojxona tekshiruvidan o‘tkazishni bekor qilish to‘g‘risida
qaror qabul qilindi.
O‘zbekiston milliy banki bilan Qozog‘iston Milliy banki
Òoshkent shahrida „O‘zbekiston — Qozog‘iston“ hamda Almati
shahrida „Qozog‘iston — O‘zbekiston“ Kliring palatalarini,
shaharlarda uning filiallarini, valuta almashtirish punktlarini
ochish to‘g‘risida ikki mamlakat hukumatlari va banklari o‘rtasida
bitimlar tuzildi. 1998-yil 31-oktabrda O‘zbekiston va Qozog‘iston
o‘rtasida abadiy do‘stlik shartnomasi imzolangan. Shu tariqa
O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi hamkorlik tobora
kengayib, chuqurlashib bormoqda. O‘zbekiston va Qozog‘iston
prezidentlarining Òoshkentda 2000-yil 20—21-aprel kunlari
bo‘lgan uchrashuvida ikki davlat chegaralarini aniq belgilab
olishga bag‘ishlangan uchrashuvi bo‘ldi. Muzokaralar yakunida
„O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov va Qozo-
g‘iston Respublikasi Prezidenti N. A. Nazarbayevning qo‘shma
bayonoti“ imzolandi. Ikki mamlakat mustaqilligi va chegaralari
daxlsizligini ta’minlashga qaratilgan bu hujjat ikki tomonlama
hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va chuqur-
lashtirishda muhim ahamiyatga egadir. „Davlat rahbarlari,—
deyiladi qo‘shma bayonotda, — O‘zbekiston Respublikasi bilan
Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi chegara ikki davlat qardosh
xalqlarini birlashtiruvchi tinchlik, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik
chegarasi bo‘lib qolishda yakdildirlar“. 2001- yil 16—17- noyabr
www.ziyouz.com kutubxonasi


2 8 2
kunlari O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov rasmiy tashrif bilan
Qozog‘istonda bo‘ldi. Ikki davlat prezidentlari O‘zbekiston-
Qozog‘iston davlat chegarasi to‘g‘risida Shartnomani imzoladilar.
2440 km uzunlikdagi chegaraning 96 foizi belgilab olindi. Qolgan
qismini kelishuv asosida delimitatsiya qilishga kelishildi. 10 oy
davomida bu borada tegishli ishlar amalga oshirildi. 2002-yil 9-
sentabrda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursultan
Nazarboyevning taklifiga binoan Islom Karimov Astana shahriga
tashrif buyurdi.

Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   379   380   381   382   383   384   385   386   ...   457




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish