MDHning faoliyati
www.ziyouz.com kutubxonasi
2 6 0
kengashini tuzish, Afg‘oniston bilan Òojikiston o‘rtasidagi chega-
rani mustahkamlash uchun MDHning tinchlik o‘rnatuvchi
harbiy bo‘linmalarini yuborish masalalari muhokama qilindi va
tegishli hujjatlar qabul qilindi. Minskda imzolangan hujjatlar
iqtisodiy ahvolni barqarorlashtirishga, tinchlikni mustahkam-
lashga, tanglik jarayonlarini bartaraf qilishga qaratildi.
1993- yil 14- mayda
Moskvada
bo‘lib o‘tgan hamdo‘stlik
davlatlari boshliqlarining uchrashuvida MDHning muvofiq-
lashtirish-maslahat qo‘mitasini hamda ijroiya kotibiyatini tuzish-
ga qaror qilindi.
1993- yil 24- sentabrda
Moskvada
MDH davlatlari bosh-
liqlarining Kengashi bo‘ldi. Unda muhim masala—MDH
doirasida Iqtisodiy ittifoq barpo etish masalasi muhokama etildi
va Iqtisodiy ittifoqni tuzish haqidagi shartnoma imzolandi. Bu
shartnoma hamdo‘stlik faoliyatining muhim natijalaridan biri
bo‘ldi. Kengashda MDH a’zolari bo‘lgan davlatlar Òashqi ishlar
vazirlari kengashi to‘g‘risidagi Nizom, MDH birlashgan qurolli
kuchlari bosh qo‘mondonligini qayta tuzish, Inson huquqlari va
erkinliklari sohasidagi xalqaro majburiyatlar haqidagi bayo-
notnoma, Òojikistonda tuziladigan Birlashgan mudofaa kuchlari
to‘g‘risidagi Nizom, Davlatlararo Yevroosiyo ko‘mir va metall
birlashmasini tuzish haqida bitim imzolandi. MDH davlatlari
o‘rtasida yagona valuta—rubl zonasini saqlashga kelishildi.
Ammo rubl zonasini saqlab qolish haqidagi ahdnoma barbod
bo‘ldi. Har bir davlat o‘zining milliy valutasini joriy etdi.
1993- yil 24- dekabrda
Ashgabatda
MDH davlatlari bosh-
liqlarining Kengashi bo‘ldi. Unda Gruziya rahbari Eduard
Shevarnadze qatnashdi va Gruziya MDHga a’zo etib qabul
qilindi. 1993- yil 24- sentabrda imzolangan Iqtisodiy ittifoq
shartnomasini parlamentlarda tasdiqlanishini kutib o‘tirmay, uni
kuchga kiritish haqida bitim, Xavfsizlikni mustahkamlash maq-
sadida harbiy hamkorlikni muvofiqlashtirish bo‘yicha shtab
tuzish haqida bitim imzolandi. Òojikistonning Afg‘oniston bilan
chegarasida vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha
tadbirlar kelishib olindi. Sarmoya sarflash faoliyati sohasida ham-
korlik haqida, Dori-darmon va boshqa meditsina mahsulotlari
bilan ta’minlash to‘g‘risida, Davlatlararo „Mir“ telekompa-
niyasining faoliyatini ta’minlash haqida bitimlar imzolandi.
MDH davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarda ishonchni
mustahkamlash va hamkorlikni rivojlantirish haqida Ashgabad
Deklaratsiyasi qabul qilindi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
2 6 1
1994- yil 21- oktabrda
Moskvada
MDH davlat boshliqla-
rining Kengashi bo‘lib o‘tdi. Bu 16- kengash edi. 10 ga yaqin
masalalar muhokama qilindi. Asosiy e’tibor MDH mamla-
katlarining iqtisodiy integratsiyasiga doir masalaga qaratildi.
MDH o‘rtasida integratsiyani rivojlantirishning asosiy yo‘nalish-
lari haqida memorandum imzolandi. Unda iqtisodiy ham-
korlikning asosiy yo‘nalishlari, integratsiyaviy taraqqiyotning
istiqbol rejalari belgilab berildi.
Mazkur Kengashda Iqtisodiy ittifoqning davlatlararo iqtisodiy
qo‘mitasi (DIQ) tuzildi. DIQning maqsadi iqtisodiy ittifoq
faoliyatini shakllantirish va samaradorligini ta’minlash, MDH
a’zolari o‘rtasida iqtisodiy aloqalarni tartibga solish, integratsiya
jarayonlarini samarali rivojlantirishni ta’minlashdan iborat, deb
belgilandi. DIQning vazifasi iqtisodiyotni, islohotlarning borishini
tahlil etish, xo‘jalik qonunlarini bir-biriga yaqinlashtirishni
ta’minlash, iqtisodiyotni rivojlantirishni bashoratlash, sanoat,
qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha
qo‘shma dasturlar ishlab chiqish, transnatsional xarakterdagi
tarmoqlar (energetika, transport, aloqa, gaz va neft quvurlari)
bo‘yicha tadbirlarni muvofiqlashtirish kabi umumiy ahamiyatga
molik masalalarni hal etishdan iboratdir. DIQning shtab-
kvartirasi Moskva shahri deb belgilandi. DIQga tartibga solish
bilan birga, nazorat qilish funksiyasi ham berildi.
DIQ iqtisodiy ittifoqni shakllantirish uchun quyidagi hujjat-
larni ishlab chiqish va imzolanishini ta’minlash zarur deb
belgilanadi: o‘zaro to‘lov ittifoqi; erkin savdo hududlari barpo
etish; boj ittifoqi; tovarlar, xizmatlar, sarmoya va ishchi kuchi
umumiy bozorini vujudga keltirish; valuta ittifoqi va boshqalar.
Kengashda MDH a’zolari o‘rtasida o‘zaro to‘lov ittifoqini tu-
zish haqida bitim imzolandi.
1995- yil 26- may kuni
Minskda
MDH davlatlari rahbarla-
rining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘zaro to‘lovlarni
tartibga solishga xizmat qiladigan davlatlararo valuta qo‘mitasi
tuzish, kollektiv xavfsizlik, MDH chegaralarini qo‘riqlash,
kollektiv tinchlikni saqlash kuchlarining (KÒSK) Òojikiston va
Abxaziya kabi keskin o‘choqlarda turish muddatini uzaytirish,
ixtiloflarni bartaraf etish, xo‘jalik sud faoliyati va uni takomil-
lashtirish kabi ko‘plab masalalar muhokama qilindi va tegishli
hujjatlar imzolandi. MDH umumiy chegaralari va ularni birga-
lashib qo‘riqlash to‘g‘risida tomonlarning fikri turlicha bo‘ldi.
Mustaqil davlatlar chegaralarini hamdo‘stlikning umumiy chega-
www.ziyouz.com kutubxonasi
2 6 2
ralari deb tan olish va qo‘riqlash to‘g‘risidagi shartnomani 7 dav-
lat imzoladi. O‘zbekiston tomoni imzolamadi, negaki, MDHning
umumiy chegarasi yo‘q, aksincha, har bir mustaqil davlatning
o‘z chegarasi bor va har bir davlat uni o‘zi qo‘riqlashi kerak deb
ta’kidlandi.
MDH davlat boshliqlarining 1996- yil 19- yanvar,1996-yil
17- may va 1997- yil 28- mart kunlari
Do'stlaringiz bilan baham: |