OZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA ORTA
MAXSUS TALIM VAZIRLIGI
ORTA MAXSUS, KASB-HUNAR TALIMI MARKAZI
OZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGI
O. ORTIQOV, Sh. UBAYDULLAYEV, I. TOXTASHEV, B. GAFUROV
CHAQIRUVGA QADAR
BOSHLANGICH
TAYYORGARLIK
I qism
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari
uchun oquv qollanma
6-nashri
Òoshkent «ILM ZIYO» 2013
2
Oliy va orta maxsus, kasb-hunar talimi ilmiy-metodik
birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash hamda
Ozbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ekspert Kengashi
tomonidan nashrga tavsiya etilgan.
Ushbu qollanmada Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari qoshinlarining
turlari va ularning tuzilishi, harbiy Nizomlar haqida tushunchalar, saf amallarini
bajarish, otish qurollari va harbiy texnika turlari, ulardan foydalanish uslublarini
organish bilan birga, jismoniy sifat, chidamlilik, kuchlilik, tezlik, chaqqonlik
boyicha jismoniy mashqlarni bajarish qoidalari, harbiy kasbni mukammal egal-
lamoqchi bolganlarga harbiy oquv yurtlari va oqishga qabul qilish qoidalari
haqida malumot berilgan.
Sh. UMIRZOQOV Ozbekiston Respublikasi Qurolli
Kuchlari Birlashgan shtabining katta ofitseri, podpolkovnik;
S. SAYAPIN Xalqaro huquq magistri (XQXQ);
A. SOTVOLDIYEV Nizomiy nomidagi Òoshkent Dav-
lat pedagogika universiteti harbiy kafedrasi katta oqituv-
chisi, zaxiradagi kapitan; A. ALIMQULOV Marha-
mat suv xojaligi kasb-hunar kolleji oqituvchisi;
M. HOLIQOV Asaka akademik litseyi oqituvchisi.
UOÊ 355.233.1 (575.1)(075)
KBK 43.4ya722
Ch31
Òaqrizchilar:
ISBN 978-9943-303-33-1
© «ILM ZIYO» nashriyot uyi, 2011-y.
© «ILM ZIYO» nashriyot uyi, 2013-y.
3
KIRISH
Yoshlarning chaqiruvga qadar boshlangich tayyorgarligi Ozbe-
kiston Respublikasining «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy
xizmat togrisida»gi Qonuni asosida, chaqiruvga qadar bosh-
langich tayyorgarlik yoshlarni Ozbekiston Respublikasi Qurolli
Kuchlari safida xizmat qilishga tayyorlashning tarkibiy qismi bolib,
orta maxsus, kasb-hunar talimi muassasalari uchun majburiy
oquv fani hisoblanadi.
Yoshlarga talim berish jarayonida «Chaqiruvga qadar bosh-
langich tayyorgarlik» fanining vazifasi quyidagilardan iborat:
•
mamlakatni qurolli tajovuzdan himoya qilish va mamlakat
mudofaasi haqidagi ozlarining Ozbekiston Respublikasi Konsti-
tutsiyaviy huquq va burchlarini, harbiy (2000-yildan etiboran
mudofaa) doktrinamizning mudofaa tavsifi va maqsadlarini,
Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari hamda boshqa qoshin
turlarining maqsad va vazifalarini puxta bilib olishlari;
•
Ozbekiston Respublikasining «Mudofaa togrisida»gi,
«Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat togrisida»gi
Qonuni, Vazirlar Mahkamasining «Ozbekiston Respublikasi
fuqarolarining safarbarlik chaqiruv rezervidagi xizmatini tashkil
qilish togrisida»gi qarori, Ozbekiston Respublikasi fuqarolarining
harbiy hisobi togrisidagi Nizomini, harbiy xizmatni otashdan
boyin tovlash va sodir etilgan harbiy jinoyatlar uchun qonun-
larda belgilangan mamuriy va jinoiy javobgarliklarni bilishlari;
•
harbiy qasamyod va Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuch-
lari Nizomlarining asosiy talablarini chuqur anglagan holda orga-
nishlari;
•
harbiy qismning qurollanishi, harbiy texnikasi va shaxsiy
tarkibning joylashish faoliyati bilan tanishishlari;
4
•
harbiy ish asoslarini, zaruriy harbiy bilimlarni va amaliy
konikmalar, shuningdek, jismoniy chiniqish va ruhan bardam
bolishni organishlari;
•
fuqaro himoyasi va tibbiy bilim asoslarini egallashlari;
•
«Chaqiruvga qadar boshlangich tayyorgarlik» fanini oz-
lashtirgan oquvchilar Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari
safiga harbiy xizmatga chaqirilgan paytda Vatanni himoya qilishda
ozining konstitutsiyaviy burchini benuqson bajarishlari va qisqa
muddatda ularga ishonib topshirilgan zamonaviy qurollar hamda
harbiy texnikalarni bilishlari lozim.
Yoshlarga harbiy talim berishda ularga qoshinlarning oquv
jangovar faoliyatida bajariladigan mashqlar, harakatlar va amallarni
harbiy qismlardagiga mumkin qadar yaqinlashtirilgan holda
orgatish nazarda tutiladi. Bu mashqlarni kop marotaba takrorlash
natijasida yoshlarda zaruriy harbiy bilimlar va kasbiy mahorat
asoslari yuzaga keladi.
Chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlash Ozbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining umumiy rahbarligi ostida
otkaziladi. Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyat, shahar va tuman hokimliklari chaqiriluvchilarni harbiy
xizmatga tayyorlash ishlarini moliyalashtirish hamda moddiy-
texnik jihatdan taminlashni amalga oshiradilar, oquv-moddiy
bazasini barpo etgan holda bunday tayyorgarlikning tashkil etilishi
uchun javobgar hisoblanadilar.
Chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlashni tashkil etish,
amalga oshirish va natijalarini nazorat qilib borish, «Chaqiruvga
qadar boshlangich tayyorgarlik» fanining oqitilishini uslubiy
jihatdan taminlash Ozbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi,
shuningdek, talim muassasalari bolgan vazirliklar, Davlat qomi-
talari va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.
«Oz istiqloli va ozodligining qadrini bilmaydigan, uni himoya
qila olmaydigan, bunga kuch-qurbi yetmaydigan millat hech
qachon erkin yashay olmaydi», degan fikrning tarixiy bir isboti
tariqasida «Agar kimki, oz armiyasini boqmasa, ertaga ozgalar
armiyasini boqishga majbur boladi», degan hikmatni hech qachon
unutmaslik zarur, deb oylayman. Bu sozlarda nafaqat chuqur
mano, balki ota achchiq haqiqat ham bor», deydi Prezidentimiz
I.A. Karimov ozining «Milliy armiyamiz mustaqilligimizning,
tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam kafolatidir» kitobida.
5
Respublikasining mudofaa doktrinasi umumdavlat ahamiya-
tiga molik yirik hujjat. U davlat strategiyasining muhim qismi bolib,
harbiy siyosat asosida, harbiy faoliyat hamda harbiy qurilishning
yonalishi va harbiy kadrlar uchun majburiy hisoblangan harbiy
nazariya va amaliyotining asosiy, yetakchi, rasman qabul qilingan
qarashlari va qoidalarini aks ettiradi.
Ozbekistonning mudofaa doktrinasi Markaziy Osiyo mintaqa-
sida hozirgi harbiy-siyosiy holat, harbiy xavfning yashirin turdagi
manbalari, bosh harbiy strategik vazifalar, qurilish tamoyillari
va Qurolli Kuchlarni qollash shartlari, Qurolli Kuchlar, xalq
hamda mamlakatni mudofaaga tayyorlash masalalarini oz ichiga olgan.
Mudofaa doktrinasining ushbu tamoyillari mudofaa masalalarini
tushunish va hal qilishga nisbatan qarashlarning birdamligini
taminlashda katta ahamiyat kasb etadi.
Ozbekiston Respublikasining mudofaa doktrinasi uch asosiy
bolimdan iborat:
I. Umumiy qoidalar.
II. Doktrinaning siyosiy jihatlari.
III. Doktrinaning harbiy-tashkiliy jihatlari.
Mudofaa doktrinasining asosiy ustunliklari quyidagicha: siyosiy
nuqtayi nazardan «urush va harbiy tajovuzni bartaraf etish bosh
strategik yonalishdir», degan qoidaning mavjudligi. Shu munosabat
bilan Ozbekiston Respublikasi quyidagicha aks etgan aniq maj-
buriyatlarni oz zimmasiga oladi:
•
Ozbekiston Respublikasi yoki Ozbekiston bilan ozaro
harbiy yordam togrisidagi muvofiq shartnomalarga aloqador
boshqa davlatlarga qilingan bosqinchilikni qaytarishdan tashqari
hollarda oz Qurolli Kuchlarini ozga davlatlarga qarshi qollamaydi;
•
hech kimga tahdid solmaydi va jahonning biron davlatini
ozining dushmani, deb hisoblamaydi hamda ularning birontasiga
na hududiy, na boshqa davogarlik qilmaydi va xalqaro huquq
asoslari, ozaro xavfsizlik manfaatlarini inobatga olgan holda barcha
mamlakatlar bilan munosabat ornatishga tayyor;
•
yadrosizlik tamoyillarini qollab-quvvatlaydi, amal qiladi;
•
yadro qurolini joylashtirmaslik, ishlab chiqarmaslik va sotib
olmaslik.
Ozbekiston ushbu tamoyillarga amal qilib qolmay, mintaqa-
mizda tinchlik va barqarorlik bolishini xohlaydi, shuning uchun
6
imkon qadar kurashadi hamda sozsiz aql-idrokning galabasi,
oz irodasini tatbiq etish orqali erishiladi, deb hisoblaydi.
Harbiy tashkilotchilik borasida mudofaa doktrinasi Markaziy
Osiyo mintaqasining oziga xos jihatlarini, harbiy xavfning yashirin
manbalarini, hozirgi zamon urushlariga xos xarakter va oqibatlarni
inobatga olib, bosh harbiy strategik vazifalarni aniq belgilaydi. Bu
tinchlik davrida zarur, yetarli darajada respublikaning hududiy
yaxlitligini, uning suverenitetiga yonaltirilgan turli-tuman igvo-
garlik va tajovuzni batamom yoqotishni kafolatlovchi davlatning
mudofaa qudratini saqlash, mustaqil ravishdagi singari jamoaviy
xavfsizlik haqidagi Shartnoma ishtirokchi davlatlarning Qurolli
Kuchlari bilan hamkorlikda bosqinchilarga zarba berish uchun uning
Qurolli Kuchlarining doimo har tomonlama shayligini taminlash
demakdir. Urush paytida bosqinchilikning kafolatli tarzda
qaytarilishi: oz kuchlari singari Ozbekiston Respublikasi bilan
muvofiq shartnomalarga asosan, aloqador boshqa davlatlarning harbiy
kuch-qudrati hamkorligida bosqinchiga qaqshatqich zarba berish.
Mudofaa doktrinasi Qurolli Kuchlar qurilishi tamoyillarini bel-
gilaydi. Unda, jumladan, Ozbekiston Respublikasini himoya qi-
lishga qodir qoshin turlarini muvozanatli rivojlantirish qaror
topganligi takidlangan. Va nihoyat, mudofaa doktrinasi Qurolli
Kuchlar oldida turgan vazifalarni yuksak saviyada bajarish maq-
sadida tezkor va jangovar tayyorgarlik muammolarining umumiy
shakllarini, shaxsiy tarkib talim-tarbiyasi ustunliklarini korsatib
bergan.
Doktrinada Markaziy Osiyo mintaqasi hozirgi paytda xalqaro
terrorchilik, diniy ekstremizm va aqidaparastlikni yoyishga, minta-
qadagi mamlakatlarni ozlari tanlagan demokratik taraqqiyot
yolidan qaytarishga urinayotgan qoporuvchi markazlarning
ota manfaatdor obyektiga aylanayotgani hisobga olingan. Bunday
sharoitda davlatning eng muhim vazifasi Mudofaa vazirligi,
zamonaviy qurol-aslahaga ega, professional jihatdan yaxshi
tayyorlangan qism va bolinmalarni tashkil etish, mamlakatning
yagona himoya va mudofaa tizimini, barcha qoshin turlari va
idoralari ozaro hamkorligining samarali mexanizmini shakllan-
tirishdan iboratdir.
Qabul qilingan doktrina mutlaqo mudofaaviy xususiyatga ega
bolib, Ozbekiston Respublikasining tinchlikparvar siyosati
7
ifodasidir. Doktrinada vazirlik va idoralarning, davlat va nodavlat
tashkilotlari, muassasalarining mamlakat mudofaa salohiyatini
taminlash borasidagi orni va masuliyati belgilab berilgan. Doktrina
qoidalarini amalga oshirish Vatanimizning har bir fuqarosi uchun
muqaddas burchdir.
Mintaqamizdagi harbiy-siyosiy vaziyat, Qurolli Kuchlarda
amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarning harbiy xizmatga qizi-
qishining kuchayishi hamda davlat mudofaa qudratini yanada
mustahkamlash maqsadida «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy
xizmat togrisida»gi Qonun 2002-yil dekabrda bolib otgan
Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining II chaqiriq X sessiya-
sida qayta tahrir qilingan holda qabul qilindi. Qonunda harbiy
xizmatni tashkil etish masalalari takomillashtirilib, harbiy xizmat-
ning quyidagi turlari joriy etildi:
•
muddatli harbiy xizmat;
•
safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat;
•
kontrakt (shartnoma) boyicha harbiy xizmat;
•
Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida harbiy
xizmatni otagan rezervchilar xizmati.
Muddatli harbiy xizmat yoshidagi fuqarolarning oddiy askarlar
va serjantlar tarkibi lavozimlarida, shuningdek, muqaddam harbiy
xizmatni otamagan ofitserlarning qonun hujjatlarida belgilangan
muddat mobaynida Qurolli Kuchlar safidagi majburiy xizmatidir.
Muddatli harbiy xizmat kalendar hisobida oddiy askarlar va
serjantlar uchun 12 oy, oliy malumotli shaxslar uchun 9 oy
qilib belgilandi.
Qonun asosida harbiy xizmatning yangi turi safarbarlik
chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat joriy etildi. Muddatli harbiy
xizmatni otashga yaroqli hamda chaqirilish muddatini kechiktirish
va chaqirilishdan ozod etilishi huquqiga ega bolmagan, biroq,
Qurolli Kuchlar safiga navbatdagi muddatga chaqirilmagan
shaxslar safarbarlik chaqiruvi rezervi safiga olinadilar.
Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat hududiy tamoyil
asosida oylik yiginlar tarzida tashkil etiladi hamda chaqiriluvchilar
tomonidan Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligining maxsus
hisobvaragiga pul badallari kiritilishini nazarda tutgan. Safarbarlik
chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga fuqarolar 27 yoshga tolgunga
qadar olinadilar va har yilgi harbiy yiginlarga jalb etilishlari
8
mumkin, favqulodda vaziyatlar yoki Ozbekiston Respublikasiga
qarshi harbiy tajovuz roy bergan taqdirda esa, haqiqiy harbiy
xizmatga chaqiriladilar. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni
otagan fuqarolar 27 yoshga tolganlaridan keyin, Qurolli Kuchlar
rezervi xizmat safiga olinadi.
Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslar
tolaydigan pul badallari miqdori va ularni tolash tartibi Ozbe-
kiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan
Nizom bilan belgilanadi. Bu mablaglar muddatli harbiy
xizmatdagi muddatli harbiy xizmatchilarning pul va moddiy tami-
notini oshirish, shuningdek, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi
xizmat safiga olingan shaxslarning harbiy yiginlarini otkazishga
aniq maqsadli yonaltirilgan boladi.
Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni tashkil etish va otash
tartibi Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
tasdiqlanadigan Ozbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy
xizmatni otash tartibi togrisidagi Nizom bilan belgilanadi.
Qurolli Kuchlar islohotlarida professional armiya tashkil etish aso-
siy strategik vazifa hisoblanadi. Shu sababli, Qurolli Kuchlarni tash-
kil etishda, kontrakt boyicha harbiy xizmat alohida ahamiyatga ega.
Harbiy xizmatni kasb tariqasida tanlagan fuqarolar kontrakt
boyicha harbiy xizmatni oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar
tarkibi lavozimlarida otaydilar. Harbiy xizmatni otash muddatlari
va asosiy shartlari kontraktda belgilanadi. Dastlabki kontrakt
xizmatini oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida otash
boyicha 3 yil, ofitserlar tarkibi lavozimlarida otash boyicha 5 yil
muddatga tuziladi.
Harbiy xizmatning kontraktda nazarda tutilgan muddati oliy
harbiy talim muassasalarining kursantlari bilan oqish davri uchun
kelgusida ularning ofitserlar tarkibi lavozimlarida harbiy xizmatni
kamida besh yil majburiy otash sharti bilan kontrakt tuziladi.
Kontrakt muddati tugagandan keyin, taraflarning kelishuvi
bilan, bu muddat yangi kontrakt tuzish orqali uzaytirilishi mumkin.
Kontrakt boyicha harbiy xizmatni otash tartibi va muddati
Ozbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni otash
tartibi togrisidagi Nizom bilan belgilanadi.
Qonunda xizmatning yana bir turi sifatida Qurolli Kuchlar safida
harbiy xizmatni otagan rezervchilar xizmati korsatildi. Rezerv-
chilar xizmati haqiqiy harbiy xizmatni, shuningdek, safarbarlik
9
chaqiruvi rezervdagi xizmatini otagan oddiy askarlar, serjantlar
va ofitserlar tarkibidan tashkil etiladi. Bu Qurolli Kuchlarning
qoshilmalari, qismlari va bolinmalari safini urush davrida taqozo
etiladigan shtatlar darajasiga qadar toldirish, shuningdek, urush
davri taqozo etadigan tuzilmalarni kuchaytirish maqsadida umumiy
harbiy majburiyat asosida joriy etiladigan harbiy xizmat turidir.
Rezervchilar sifatida xizmatni otayotgan harbiy xizmatga maj-
burlar tinchlik davrida, qoida tariqasida, qoshinlarning jango-
var tayyorgarligini saqlab turish, rezervchilarning harbiy hisobdagi
ixtisoslik boyicha majburiyatlarini tinchlik va urush davrida bajarishi
zarur bolgan konikmalarini saqlab qolish va takomillashtirish
maqsadida harbiy qismlar bazasida hududiy tamoyil asosida tashkil
etiladigan harbiy tayyorgarlik boyicha harbiy yiginlarni otashga
jalb etilishlari mumkin.
Rezervchilardan urush davrida ham, tinchlik davrida ham
Ozbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz tahdidi va
mamlakat xavfsizligiga tahdid tugilganda, tabiiy ofatlar hamda
favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda Ozbekiston
Respublikasi Prezidenti Farmoniga binoan, qoshilmalar va qism-
lar tarkibida jangovar maqsadlar boyicha foydalanish mumkin.
Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni
otagan rezervchilar xizmatda bolgan shaxslarga davlat tomonidan
malum darajadagi imtiyozlar beriladi.
«Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat togrisida»gi
Qonunning 1217-moddalarida fuqarolarni harbiy xizmatga
tayyorlash xususida toxtalib otilgan. Shu bilan birga chaqi-
riluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlash ishlarida, Ozbekiston
Respublikasi Mudofaa vazirligi va shuningdek, boshqa mutasaddi
vazirliklar hamda tashkilotlarning bu borada olib borishlari lozim
bolgan ishlarni korsatib otadi. Qonunning 13-moddasida mazkur
fan, shu jumladan, fuqaro muhofazasi boyicha tayyorgarlik oquv
dasturidagi majburiy fan ekanligi hamda bu fan akademik litsey
va kasb-hunar kollejlarida tahsil olayotgan oquvchilarning qaysi
bosqichlarida otilishi, shuningdek, bu fanning mamlakat xavfsiz-
ligi, aholining barqaror hayot kechirishini taminlash maqsadida
ozlashtirishi past bolgan oquvchilar uchun mahalliy hokimiyat-
lar tomonidan mudofaa-sport soglomlashtirish lagerlarini tashkil
etish qayd etib otilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |