„O‘zbekiston Re- spublikasining referendumi to‘g‘risida“ (1991- yil 18- noyabr)
va
„O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida“ (1991- yil 18- noyabr) Qonunlari qabul qilindi. 1991- yil 29-
dekabrda fuqarolarning yuksak faolligi asosida o‘tgan saylovlarda
xalqimiz tomonidan O‘zbekiston Respublikasining davlat
mustaqilligi ma’qullandi va
Islom Karimov O‘zbekiston Pre- zidenti etib saylandi. O‘zbekistonda demokratik saylov o‘tka-
zishda ilk tajriba to‘plandi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi
natijasida saylov tizimining huquqiy asoslari mustahkamlandi.