„Jamoat
tashkilotlari to‘g‘risida“
,
„Ommaviy axborot vositalari to‘g‘-
risida“
,
„Siyosiy partiyalar to‘g‘risida“
va boshqa qonunlar
bilan himoya qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitut-
siyasi va qonunlarida respublika fuqa-
rolarining iqtisodiy va ijtimoiy huquq-
lari mustahkamlanib qo‘yilgan:
•
uy-joyga ega bo‘lish;
•
mulkdor bo‘lish va undan erkin foydalanish;
•
mehnat qilish, erkin kasb tanlash, ishsizlikdan himoya-
lanish;
•
yollanib ishlaganda dam olish;
•
qariganda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, boquvchisi-
dan mahrum bo‘lganda ijtimoiy ta’minot olish;
•
malakali tibbiy xizmatdan foydalanish;
•
bilim olish;
•
ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan
foydalanish.
Fuqarolarning ijtimoiy va iqtisodiy huquqlari O‘zbekiston
Respublikasining iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy sohalardagi qo-
nunlari bilan kafolatlangan. Kafolat deganda, fuqarolarga belgi-
lab qo‘yilgan huquq va erkinliklarni amalga oshirishni ta’min-
laydigan vositalar, usullar va shart-sharoitlar tushuniladi. Za-
rur bo‘lgan hollarda inson huquqlari sudda himoya qilinadi yoki
Do'stlaringiz bilan baham: |