2. A.Smitning mehnat taqsimoti, ayirboshlash, qiymat va pul
to’g’risidagi ta’limoti.
A.Smit o’z kitobida markaziy o’ringa jamiyatning iqtisodiy rivojlanishini va
uning farovonligini oshirishni qo’yadi. Asarning boshida A.Smit «har bir xalqning
yillik mehnati dastlabki jamg’arma bo’lib, u xalqga yashash uchun zarur bo’lgan
barcha narsani beradi», deb qayd qilib o’tadi. Demak, boylikning manbai mehnat.
A.Smit .bu fikrni rivojlantirib mehnat taqsimoti boylikni yaratishda asosiy omil
hisoblanadi degan xulosaga keladi. Chunki mehnat taqsimoti asosida uning
unumdorligi oshadi. Muallif bu tezisni to’g’nog’ich ishlab chiqarish ustaxonasi
misoli g’rdamida asoslab beradi. Ustaxonada o’n kishi ishlaydi. Ular o’rtasida
mehnat
taqsimlangan: biri simni tortadi, ikkinchisi uni to’g’rilaydi, uchinchisi kesadi,
to’rtinchisi uchini o’tkirlaydi va h. Bir kunda bu o’n kishi 48000 to’g’nog’ich, ya’ni
xar bir kishi 4800 donadan to’g’nog’ich ishlab chiqaradi. Agar ular bir birlariga
bog’liq bo’lmagan holda ishlaganlarida, ularning hech qaysisi bir kunda 20 dan ko’p
to’g’nog’ich tayg’rlay olmagan bo’lar edi. Demak, ixtisoslashuv tufayli mehnat
unumdorligi 240 barovardan ko’proq oshgan.
A.Smitning fikri bo’yicha mehnat taqsimoti - bu milliy mahsulot yaratish
jarag’nida odamlar o’rtasida hamkorlikni amalga oshirishning juda qulay shakli
hisoblanadi. Ixtisoslashuv tufayli mehnat jarag’nini amalga
oshirishda kishilarning
chaqqonligi ortadi; ular vaqtni tejaydilar, negaki doimo bir ish turidan boshqasiga
o’tishga hojat bo’lmaydi; ular o’z faoliyatlarini takomillashtirish, ixtiro qilish uchun
katta imkoniyatlarga ega bo’ladilar. Taraqqig’t va jamiyat farovonligining haqiqiy
manbai «tabiat in’omi» emas (fiziokratlar hisoblaganlaridek), balki aynan mehnat
taqsimotidir. Shu bilan birga ixtisoslashuvni chuqurlashtirish imkoniyatlari
cheklangan bo’ladi,
negaki birinchidan, agar yaratilgan qo’shimcha mahsulot xarid
qilinmasa, undagi mehnatni yanada taqsimlashga zarurat bo’lmaydi, ikkinchidan,
korxonalarning ko’lami qancha kichik bo’lsa, mehnat taqsimoti uchun imkoniyatlar
shuncha kam bo’ladi (foydalanag’tgan kapital miqdoriga qarab).
Ushbu nazariyadan, milliy boylikning ko’payishi jamiyatdagi ayrim sinflar
faoliyati natijasi emas (merkantilistlarda - savdogarlar, fiziokratlarda- er egalari),
balki mehnat taqsimotida qatnashag’tgan barcha kishilar faoliyatining natijasidir,
degan xulosa kelib chiqadi. Boshqacha so’z
bilan aytilganda, foydalilik yaratuvchi
har qanday mehnat unumli mehnatdir. Ammo bu masala bo’yicha A.Smitda izchillik
bo’lmagan. Birinchidan, u faqat moddiy narsalarni yaratish va o’zgartirish bilan
bog’liq bo’lgan mehnatni unumli mehnatga kiritgan. Bunga o’qituvchilarning,
yuristlarning, xarbiylarning, ma’muriyatning, g’zuvchilarning va shu kabilarning
ko’rsatag’tgan xizmatlari kirmaydi. Ikkinchidan, A.Smit iqtisodig’tda
qishloq
xo’jaligi sohasining ustunligi g’oyasidan qutula olmagan. U xunarmandlar va
savdogarlar mehnatini er egalari mehnatiga nisbatan kam unumli bo’ladi, deb
tasdiqlaydi. Negaki oxirgisiga tabiat «g’rdam» beradi va «dehkonchilikka qo’yilgan
kapital haqiqiy boylikga va daromadga ancha ko’p qiymat qo’shadi». Bunda
A.Smitning ta’kidlashicha, iqtisodig’tning rivojlanib borishi bilan sanoat tovarlari
68
bahosi pasayib borish tendentsiyasiga, qishloq xo’jaligi mahsulotlari bahosi esa
o’sish tendentsiyasiga ega. Shuning uchun, uning fikricha, qishloq xo’jaligiga
qo’yilgan kapital ancha foydali hisoblanadi.
Agar o’sha davrda Angliyada manufaktura sanoati
rivojlana boshlaganini va
hatto birinchi yuqori unumli fabrikalarning paydo bo’lganligini hisobga oladigan
bo’lsak, A.Smitning bu xatosini tushunish yana ham qiyinlashadi. Uning unumli
mehnat kontseptsiyasida izchillikning yo’qligi, ishlab chiqarish jarag’nidagi kapital
rolini etarlicha tushunmaganligi natijasidir. U, xususan, kapitaldan keladigan
daromad sifatidagi foizni inkor etadi, foydani esa
tadbirkorlik riski kompensatsiyasi va boshqaruv uchun to’lov sifatida ko’rsatib
beradi. A.Smitning fiziokratik bid’atlari
jamiyat o’z resurslarini,
birinchi navbatda,
qishloq xo’jaligiga, ikkinchi navbatda, sanoatga va faqat, uchinchi navbatda, savdoga
yo’naltirishi kerak degan tasdiqlashida o’z ifodasini topadi. Bundan A.Smit sanoat
to’ntarilishining dastlabki uchqunlarini va kelajakda yirik sanoat ishlab
chiqarishining hal qiluvchi rolini ko’ra olmagan, degan xulosa kelib chiqadi.
A.Smit boylikni ko’paytirishda pulning roliga alohida urg’u berib o’tadi.
Uning tasdiqlashicha,
o’z-o’zidan g’ayriixtig’riy tarzda bo’ladigan
ayirboshlash
natijasida pulning xo’jalikda qo’llanilishi kelib chiqadi.. Odamlar ko’p o’tmay natural
ayirboshlashning noqulayliklarini seza boshlaydilar va pul rolini bajaruvchi
tovarlardan asta-sekin foydalanishga o’tadilar. Keyin pul birligini yaratishga davlat
hokimiyati jalb qilindi va uning huquqiy holati o’rnatildi. Jamiyat uchun natural
ayirboshlashdan ko’ra, pulli ayirboshlash foydali bo’ldi. Shuning uchun pulli
ayirboshlashga o’tish milliy boylikni ko’paytirishga imkoniyat yaratib berdi.
Kapitalni tashkil etish jarag’ni ham o’z-o’zidan g’ayriixtig’riy bo’ladi.
Odamlarning jamg’armaga bo’lgan tabiiy intilishlari, jamiyatga o’z kapitalini
ko’paytirish
imkonini beradi, negaki jamg’arma investitsiyaning zaruriy sharti
hisoblanadi. Kapitalning o’sishi - millat boyligini ko’paytirishning uchinchi (mehnat
taqsimoti va puldan foydalanish bilan birga) asosiy omili: kapital qancha ko’p bo’lsa,
ishchilarni boqish va ularni ixtisoslashtirish imkoniyati shuncha ko’p bo’ladi. Buning
ustiga kapitalning o’sishi ayrim vaziyatlarda boylikni ko’paytirishning yagona
vositasi bo’lishi
mumkin. Shuning uchun A.Smit tejamkorlikni qo’llab-quvvatlaydi. Uning g’zishicha
«har bir isrofgar jamiyat boyligining dushmani, har qanday tejamkor odam -
jamiyatga muruvvat ko’rsatuvchidir»
Do'stlaringiz bilan baham: