Qiymat nazariyasi.
U.Pettining merkantilistlar g’oyasiga bo’lgan salbiy ko’z
qarashi nafaqat
boylikning mohiyatini va uni ko’paytirish yo’llarini tahlil qilishda,
balki tovarlar
qiymatining yaratilish tabiatini va bozorda ularning qimmati darajasiga ta’sir etuvchi
omillarni aniqlashda ham o’z ta’sirini ko’rsatdi. Bu
boradagi uning tadqiqotlari
keyinchalik uni qiymatning mehnat nazariyasining birinchi muallifi deb tan olinishiga
sabab bo’ldi.
Umuman olganda, qiymatning mehnat nazariyasi klassik iqtisodiy
maktabning asosiy belgilaridan biri hisoblanadi.
U.Petti nazariyalarining
birida aytilishicha, tovar qiymati kumush qazib
oluvchi mehnat bilan yaratiladi va uning «tabiiy bahosi»
hisoblanadi; kumush
qiymatiga tenglashtiriligan tovarlar qiymati esa ularning «haqiqiy bozor bahosi»
hisoblanadi. Ikkinchi
bir joyda qayd qilinishicha, tovar qiymati mehnat va er
ishtirokida yaratiladi. Ya’ni U.Pettining o’zi aytganidek «Kemaning g’ki kamzul
(syurtuk)ning qiymati qandaydir er miqdori va qandaydir
mehnat miqdori qiymatiga
teng, chunki har ikkalasi - kema ham, kamzul ham -
er va inson mehnati bilan
yaratiladi». Bundan ko’rinib turibdiki, U.Pettida tovar bahosi
asosida sarfli mexanizm
yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: