2. P.Buagilberning iqtisodiy ta’limoti.
Frantsiya klassik iqtisodiy maktabining asoschisi Per Buagilber (1646-1714)
hisoblanadi. U Angliya klassik iqtisodiy maktabining asoschisi U.Petti kabi
professional iqtisodchi-olim bo’lgan emas. P.Buagilber xuddi otasiga o’xshab
huquqshunoslikdan ta’lim oldi. 31 g’shida Normandiyada
sudyalik lavozimini
egalladi. U bu lavozimda 25 yil mobaynida, ya’ni deyarli umrining oxirigacha ishladi,
faqat o’limidan ikki oy oldin bu lavozimni katta o’g’liga topshirib ketdi.
Sinchkov aql, jamiyatdagi yuqori ijtimoiy mavqe P.Buagilberda mamlakatning
iqtisodiy
muammolarini bilishga, XVII asrning oxiri XVIII asrning boshidagi
Frantsiya viloyatlaridagi aholi turmush darajasining pastligi sabablarini aniqlashga
bo’lgan qiziqish o’yg’otdi. U o’zining birinchi islohotlar to’g’risidagi mulohazalarini
(merkantilistlarga qarshi) 50 g’shida g’zgan «Frantsiyadagi
vaziyatning mufassal
tavsifi, uning farovonligining pasayishi sabablari va qayta tiklanishining oddiy
usullari...» asarida e’lon qildi. P.Buagilber bu asarida merkantilizm iqtisodiy
sig’satini qattiq tanqid qildi. Bu sig’satning boshida o’sha davrdagi Lyudovik XIV
qirolligida moliya vaziri lavozimini egallab turgan Jan Batist Kolber turar edi. U
Frantsiya tovarlari eksportini rag’batlantirishni, Frantsiyaga
keladigan import
tovarlarni esa cheklashni, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga yuqori soliq
belgilashni qonunlashtirgan. Bu sanoat ishlab chiqarishiga hamda bir butun milliy
iqtisodig’tga salbiy ta’sir ko’rsatdi.
Iqtisodig’tdagi salbiy holatlarni bartaraf etish yo’llarini
aniqlash
P.Buagilberning keyingi, XVIII asrning boshida chop etilgan asarlarining ham asosiy
vazifasi hisoblanadi. Ularda P.Buagilber merkantilizmni tanqid qilishni davom ettirdi,
islohotlar zarurligini asoslab berdi, iqtisodiy o’sishning
va davlat boyligining asosi
deb bilgan qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish muammolariga alohida
e’tibor qaratdi. Bunday ko’z karash Frantsiya iqtisodiy qarashlarida XVIII asrning
yarmigacha saqlanib qoldi. Chunki o’sha davrda sotsial-iqtisodiy rivojlanishdagi
qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining hal qiluvchi rolini targ’ibot
qiluvchi
fiziokratizm ancha kuchaygan edi.
1707 yili P.Buagilberning «Frantsiyani qoralash» asari chop etildi. Unda
Frantsiyaning kambag’allik holati ko’rsatildi, merkantilistik sig’sat qoralandi.
Iqtisodiy islohotlar o’tkazish to’g’risida yangi g’oyalar ilgari surildi. Biroq ular o’zi
ishongan va umid qilgan hukumat vazirlari tomonidan ham e’tiborga olinmadi,
qo’llab quvvatlanmadi.
Frantsiyaning XVII asr oxiri – XVIII asr boshidagi sotsial-iqtisodiy axvoli
klassik iqtisodiyotining Frantsiyadagi asoschilaridan biri bo’lgan Per Buagilberning
iqtisodiy qarshilariga katta ta’sir ko’rsatdi. Per Lepezon-iqtisodchining
asl familiyasi
bo’lib, de Buagilber – bu oila pomestesining nomi edi.
Per Lepezon de Buagilber dvoryan permandlik oilasidan chiqqan, u yaxshi ma’lumot
olgach, adabiyot bilan shug’ullandi, keyinchalik Ruan okrugida oilaviy kasb-hunar
sudya lavozimini egalladi;
dehqonlar ishini olib bordi; o’z ko’zi bilan ularning nochor
53
axvoliga guvoh bo’ldi; o’zini «qishloq xo’jaligining advokati-himoyachisi» deb
atadi.
Iqtisodiy fikrlarning rivojlanishida va Frantsiyada bozor munosabatlarining
shakllanishida P.Buagilberning hissasi katta bo’ldi. Aynan uning asarlari
merkantilistik g’oyalarning batamom obro’sizlanishi va
Frantsuz klassik iqtisodiy
maktabining shakllanishi uchun nazariy-metodologik asos bo’lib xizmat kildi. U
Pettidan qat’i nazar, mamlaktning boyligi pul miqdoridan iborat emas, balki barcha
foydali narsa va ne’matlardan tashkil topadi degan kontseptsiyani ilgari surdi.
Do'stlaringiz bilan baham: