O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent to‗qimachilik va engil sanoat instituti



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/297
Sana12.01.2022
Hajmi1,9 Mb.
#336017
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   297
Bog'liq
professional etika va etiket

«Bu  kechani  oilamga 
bag„ishlamoqchi  edim» 
deb  javob  berish  mumkin.    Bu  sizni  taklif  qilayotgan 
kishini  haddan  ziyod  ortiqcha  takliflar  oiladagi  umr  yo‗ldoshlardan  biriga  xush 
kelmayotganini anglashga imkon beradi.  
Mehmondorchilikda ayollar sumkalarni qaerga qo‗yishlari lozim? Eng yaxshisi 
pardoz stoliga qo‗ygan ma‘qul.  Dasturxon atrofida tizzaning ustida halaqit berishi 
mumkin,  o‗rindiqni  suyanchig‗ida  –  tushib  ketishi  tayin.    Agar  kechki  ovqatda 
to‗rt-olti kishi uchrashsa, to uy bekasi joylarni ko‗rsatgunga qadar kutib turganlari 
ma‘qul.  Ko‗pchilik bo‗lgan kechada o‗zingiz istagan joyga o‗tiring.  
Taklifni  qabul  qilishda: 
«YAna  kim  keladi?»
 deb  so‗rash  nojoiz.    Zarur  bo‗lsa 
taklif qilayotgan kishining o‗zi mehmonlar tarkibi haqida aytishi mumkin.  Bunday 
kechalarda  istalmagan tanish bilan  uchrashishga sabab bo‗lishi  tabiiy.   Nima  ham 
qilardiq  ko‗rmaslikka  olish,  u  bilan  ko‗rishmaslik  –  mezbonlarni  xafa  qilishi 
mumkin.  
Mehmonda  ketma-ket  chekish  yaxshi  emas.    Sigaret  qo‗lini  faqat  qo‗ldonga 
tashlash  lozim.    Parishonxotir  kashandalarning  bu  haqda  yodidan  ko‗tarilib,  erga 
tashlangan  qo‗lni  mezbonlar  ko‗rib  asabiylashshishlari  mumkin.    Mehmonda 
ekansiz,  yaqin  oynaga  qarayverish,  kvartirani  baholayverish,  ayniqsa  tanqidiy 
mulohazalarni aytish odobsizlikdir.  Hadeb yon-veriga qaravermasdan, uy egasiga 
bir  og‗ish  shirin  so‗z  aytish  mehmonning  vazifalaridan  biridir.    Nima  va  qancha 
deb  jihozlarni  tekshiraverish,  ularni  olib  tomosha  qilish,  uning  markasi  bilan 
qiziqish yaramaydi. 
  Bolalarni  faqat  maxsus  aytilgan xolatdagina olib  borish  maqsadga  muvofiq.  
Mehribon  ota-onalarning  bolalarini  ko‗pchilikka  ko‗z-ko‗z  qilishdan  tiyilishini 
maslahat  beramiz.    Qadimgi  odatlarga  ko‗ra  mehmon  o‗zi  bilan  biron  bir 
qarindoshini  yotib  ketishi  uchun  olib  kelar  edi.    Qoidaga  asosan  buni  faqat 
mezbonni ogohlantiribgina amalga oshirish mumkin.  Va umuman yo‗lda uchragan 
tanishingizni  olib  kelmang  –  bu  mezbonga  yoqmasligi  tayin.  CHunki  tarbiya 
ko‗rgan kishilar hech qachon to‗g‗ri kelgan joyga taklif qilsa boravermaydilar.   


 
177 
Agar u erda siz biron narsani sindirib yoki bo‗zib qo‗ysangiz, uning qiymatida 
pul  taklif  etmagan  ma‘qul.    Undan  ko‗ra  shunga  o‗xshash  jihozni  olib  bergan 
yaxshi.  Bunga biron tadbirlarda sovg‗a sifatida taqdim etish bilan amalga oshirish 
mumkin.  Bo‗zilgan narsani o‗zi bilan tuzatgani olib ketish mumkin, ammo yillab 
uyda yotishi uchun emas.  
Agar  jamoat  ikki  guruhga  bo‗linsa,  er  bir  guruhga,  ayol  ikkinchi  guruhga 
qo‗shilgani yaxshi.  Ammo davrani er yoki ayol orqali hursandchilik qilishga yo‗l 
qo‗ymang.    Ba‘zi  odamlar  o‗zining 
«yarimtasi»
 bilan  jamoatni  hursand  qilish 
uchun maqtanishni xush ko‗radilar.  Oxir-oqibat buning aksi bo‗lib chiqadi.  Jamoa 
zerikadi,
«garovga»
 aylangan  rafiqa  o‗zini  noqulay  his  qila  boshlaydi.   
«Ayolim 
yoshlardek  kiyinib  olgan»
 kabi  hazillar  yoki 
«Karamni  ema,  bunday  jigar 
bilan»
 kabi tanbehlar farosatsizlik belgisidir.   
Er-xotinlardan  birining  ketish  niyati  bo‗lsa,  ikkinchisi  ham  so‗zsiz  o‗rnidan 
turishi lozim.  Turli bu boradagi munozaralar o‗rinsizdir va bunday turdagi bahslar 
guvohlarsiz amalga oshgan ma‘qul.  
Mehmonda taomdan  voz kechish  yaramaydi,  har qanday taomni so‗zsiz qabul 
qiling.    Dieta  saqlaydiganlarning  umuman  kechki  ovqatga  bo‗lgan  taklifni  qabul 
qilmasliklarini  maslahat beramiz.  Ammo  kelgan ekansiz,  idishga ozgina olib, uni 
emaslik  ham  mumkin,  lekin  bunda  buni  hamma  bilishi  shart  emas.    O‗zingizni 
muammolaringiz o‗zingizga havola.  
Issiq taomdan voz kechish mumkin, ammo faqat aniqlik bilan – 
«rahmat, hozir 
emas»
 degan  so‗zlarsiz,  chunki  uy  bekasi  aynan  siz  uchun  taomni  issiq  saqlab 
turishga, yoki stolda qoldirishga majbur bo‗ladi.  Bunday tarzda faqat sovuq gazak 
yoki  dissertdan  voz  kechish  mumkin,  bunda  ular  stolda  turishi  mumkin  va  uy 
bekasining  maxsus  diqqatini  talab  qilmaydi.    Agar  taomdan  voz  kechish  imkoni 
bo‗lmasa,  spirtli  ichimlikdan  –  voz  kechish  mumkin.    Mashinani  o‗zingiz 
haydashingizni  bahona  qilishingiz  mumkin.    YOki  jigarni  sabab  qilsangiz  ham 
bo‗ladi.   
Mehmon  hech  bo‗lmasa  bitta  taomni  maqtashi  lozim.    Bu  taomni  qanday 
tayyorlanishini  so‗rash  –  uy  bekasiga  ma‘lum  ma‘noda  xushomaddir;  ammo  agar 


 
178 
buni  aytishni  istamasa,  sirni  saqlashida  da‘vo  qilmang.    Taomdan  so‗ng  darhol 
tashakkur bildirilmaydi.  Agar  uy bekasi kechki ovqat tugaganini bildirsa, hamma 
turib boshqa xonaga kiradilar yoki shunchaki dasturxondan turadilar.  
 Kechki  ovqat  tugagan  zahoti  ketish  yaramaydi,  ayniqsa  agar  uy  bekasi 
oshxona  va  mexmonxona  o‗rtasida  xizmat  bilan  band  bo‗lsa.    Bunday  holatlarda 
uy  bekasi  faqat  kechki  ovqatdan  so‗nggina  mehmonlar  davrasiga  qo‗shilishiga 
imkoniyat  topiladi  –  bu  uning  huquqi.    Ammo  shunday  vaziyatlar  bo‗ladiki, 
ketishga  to‗g‗ri  kelib  qoladi.    Unda  mehmon  mulozamat  bilan  mezbonga  vaqtli 
ketish  sababini  tushuntirishi  lozim.    Agar  odam  ko‗p  bo‗lsa,  uy  egasidan  boshqa 
hech  kim  bilan  xayrlashmasa  ham  bo‗ladi.    Bu  Angliyadan  tashqari  hamma 
erda 
«Inglizcha  ketish» 
deb,  Angliyaning  o‗zida  esa 
«Fransuzcha  ketish»
 deb 
nomlanadi.  
Avvalambor xayrlashish, so‗ng kiyinish lozim, aksini qilmang.  Ketish oldidan, 
mehmonlar  mezbonga  tashakkur  aytadilar,  ularga  javoban  mezbon 
«Sizga  ham 
kelganingizga rahmat»
 deydi.  
Mehmonda qancha vaqt bo‗lish mumkin? Aniq bir holat yo‗q.  Lekin sizni bir 
piyola choyga taklif qilishgan bo‗lsa, shu bilan cheklangan ma‘qul.  Kechga borib 
uy egalarining boshqa rejalari bo‗lishi mumkin.  Kechki ovqat umumiy kayfiyatga 
qarab  yarim  kechagacha  cho‗zilishi  mumkin.    Asosan,  mezbonlarning  qanchalik 
charchashiga e‘tibor berilishi lozim.   
Biz  kirgan  xonada  o‗chirilgan  televizorni  ko‗rsag-u,  uni  yoqishni  mezbondan 
talab  qilmasligimiz  joiz.    Bundan  mezbonlar  bir  oz  suhbat  qurishni  istaganlari 
uchun  ham  mehmon  chaqirishganini  fahmlasa  bo‗ladi.    Ba‘zida  aynan  shu  payda 
juda  qiziqarli  ko‗rsatuv  bo‗lishini  gap  orasida  aytib  o‗tish  mumkin,  ammo  bunga 
mezbonlar ro‗yxush bermasalar, indamagan ma‘qul.   
Agar  televizor  yoqilgan  bo‗lsa,  uning  yomon  ko‗rsatishi-yu,  xonandaning 
kiyinishi va boshqa narsalarni tanqid qilib ketish yaxshi emas, bunda  mezbonning 
aybi  yo‗q.    Ko‗rsatuv  me‘dangizga  tekkan  bo‗lsa-yu,  boshqalar  uni  qiziqish  bilan 
ko‗rayotgan  bo‗lishsa,  yoki  aksincha,  hamma  ketishga  chog‗langan  bo‗lsa-yu,  siz 
kinoni oxirigacha ko‗rib olay deb tursangiz, noqulaylik  tug‗iladi.   Kechki tanovul 


 
179 
paytida  doim  televizorga  qarayverish  yoki  ekranga  qadalib  o‗tirish  yaramaydi.  
Ayniqsa uy egalari ovqatlanib turgan paytda o‗rnidan turib ketib, televizorni oldiga 
o‗tirib olishdan yomonrog‗i yo‗q.  

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish