O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent to‗qimachilik va engil sanoat instituti


-MAVZU.  MAROSIMLAR, MEHMON VA MEZBON  ETIKETI



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/297
Sana12.01.2022
Hajmi1,9 Mb.
#336017
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   297
Bog'liq
professional etika va etiket

 
11-MAVZU.  MAROSIMLAR, MEHMON VA MEZBON  ETIKETI 
1.
 
Marosimlar  etiketi. 
2.
 
Mehmon va mezbon  etiketi. 
3.
 
Dasturxon tuzash, oilaviy bayramlar. 
 
O‗zbek  xalqining  qon-qoniga  singib  ketgan  marosimlardan  biri  to‗ydir.    To‗y 
qarindosh-urug‗,  tanish-bilish,  qo‗ni-qo‗shni,  el-yurtga  yoziladigan  dasturxon, 
ularni ahillikka, mehr-oqibatli bo‗lishga undaydigan marosim bo‗lib hisoblanadi.  
To‗ylarimiz o‗zbeklarning kimligini namoyon etuvchi o‗ziga xos bir ko‗rikdir.  
To‗y  ham,  ma‘raka  ham,  marosim  ham  shaxsiy  ish  emas  balki  ijtimoiy  xodisadir 
bu birinchidan.  Ikkinchidan, esa xalqimizning  milliy qiyofasi va harakteri, o‗ziga 
xos  turmush  tarzi,  salohiyati,  dunyoqarashi,  tafakkuri,  ongi  va  qalbi, 
odamgarchiligi,  orzu-umidlari,  fazilatu  kamchiligi  bir  so‗z  bilan  aytganda,  butun 
borlig‗i ana shu to‗y-hashamlarda, oilaviy  tantanalarda,  ma‘raka  va  marosimlarda 
yaqqol namoyon bo‗ladi.  
O‗zbekistondagi  har  bir  viloyat  va  hududlarda  to‗y  oldi  va  to‗y  o‗tkazish 
marosimlari  o‗zgachadir.    Lekin  qaerda  bo‗lishidan  qat‘iy  nazar,  to‗y  oldi 
marosimlari va to‗y o‗tkazishning ham o‗z  etiketi mavjud.  
To‗y  marosimlari  qiz  tanlashninig sovchilik  marosimi  bilan  boshlanadi. 
Sovchilikka  asosan  ayol  kishilar  yuradi.    YA‘ni  kuyov  bo‗lmishning  xolasi  yoki 
ammasi,  yon  qo‗shnisi,  onasi  bilan  birga  yuradi.    Sovchilikka  borgan  ayollar 
nihotda so‗zamol, shirin so‗z, uddaburon bo‗lishlari kerak 
 Xonadonida bo‗yi etgan qizi bor oilalar sovchi kelishiga doim tayyor turishlari 
kerak    Uy-joylar  doimo  toza,  tartibli  turishi  lozim.    Kim  sovchi  bo‗lib  kelishidan 
qat‘iy  nazar  ularni  ochiq  yuz  bilan  kutib  olish  kerak  Sovchilarga  o‗sha 
xonadonning  oila  a‘zolari,  oilaviy  muhiti,  qizning  odobi  ma‘qul  kelsa  o‗sha 
xonadonga  qayta  keladilar.    Qiz  taraf  ham  birinchi  kelgan  sovchilarga  aniq  javob 
bermaydilar.   


 
164 
Etiket  bo‗yicha  birinchi  marotaba  kelgan  sovchining  yoniga  qizni  olib  kirib 
ko‗rsatish  (hatto sovchilarning  iltimosiga  binoan)  mumkin emas.  Bugungi  kunda 
barcha  qizlarimiz  o‗qiydilar,  ishlaydilar  –  juda  bo‗lmaganda  odobli,  tarbiyali  qiz 
sahar turib ko‗chalarni supuradi – o‗sha payt qizni tashqi ko‗rinishini ko‗rib olish 
mumkin.  
Birinchi  kelgan  sovchiga  qizni  rasmini  ko‗rsatish  mumkin.    Sovchilarning 
o‗zini tutishi, hatti-harakatlari yoqmagan taqdirda ham, qizning onasi tavoze‘ bilan 
qizini  xali  o‗zatmaslik  bahonasini  aytishi  mumkin.    Ikkinchi  marotaba  kelgan 
o‗sha  sovchilar  kuyov  haqidagi  aniq  ma‘lumotlarni  tashlab  ketadilar.    O‗sha 
ma‘lumotlar  bo‗yicha  kuyov  bo‗lmishni  mahalla-kuy,  ishxonasi,  yor-do‗stlari 
orqali surishtiruv ishlari amalga oshiriladi.  Bularni hammasi ham odob qoidalariga 
binoan olib boriladi.  
Ma‘lumotlar  yig‗ib  olingandan  so‗ng,  o‗rtada  turgan  amma  yoki  xola  qizning 
yaqin  qarindoshlari  orqali  yoki  telefon  orqali  javob  olish  uchun  borish 
mumkinligini haqida rozilik so‗rab, kun belgilanadi.   
Sahih  hadislarda  yozilishicha  ―Qaysi  bir  ayolga  uylanish  dilga  tushib  qolsa, 
oldin  uni  bir  ko‗rishlik  yomon  emas‖  deyilgan.    Demaq  qiz  tomon  to‗plagan 
ma‘lumotlari  ma‘qul  tushsa,  qiz  bilan  yigitni  bir  marotaba  bir-birlariga 
ko‗rsatishadi.    Qiz  hamda  yigit  ham  o‗zlarining  yaqin  qarindoshlari  bilan 
uchrashuvga  chiqadilar.    Agar  qiz  bilan  yigit  uchrashib,  bir-birlariga  ma‘qul 
bo‗lgan  bo‗lsalar,  patir  sindirish  marosimi  o‗tkaziladi.    Bu  marosim  ham  kichik-
kirim,  ya‘ni  ozchilik  o‗rtasida  bo‗lib  o‗tadi.    Bundan  so‗ng  ―oqlik  berish‖ 
marosimi  bo‗lib  o‗tadi  ya‘ni  kuyov  taraf  qiznikiga  ―oqlik‖  jo‗natadi.    Bu 
marosimda  ham  kamchilik  qatnashib  kuyov  tarafdan  kelinga  atab  yuborilgan 
birinchi sovg‗a salom, shirinliklar, va sarponing ma‘lum qismi yuboriladi va o‗sha 
kuni tuy o‗tkazish muddati belgilanadi.  
Tojiklarda  shunday  urf-odat  borki,  N.A.Kislyakov  fikricha
30
,  sovchilikka 
kelgan odam non ushatadi. Non ushatilgandan keyin berilgan va‘da buzilmaydi. 
                                                
30 
Кисляков Н.А. Семья и брак таджиков. – М.-Л., 1959, с.80. 


 
165 
Ruslarda  Dj.Fletcherning  fikricha
31
,  to‗y  tugagandan  keyin  kuyovning  otasi 
mullaga  (svyaщennik)  non  sindirib  beradi,  mulla  nonni  kelinning    otasi  va  yaqin 
qarindoshlariga  uzatadi,  bir-birlari  bilan  muhabbat  ila  xudo  oldida  bir-birini 
asrashga va sevishga va‘da berishadi. 
Juda ko‗p joylarda to‗ylar uy sharoitida bo‗lib o‗tadi.  Lekin katta shaharlarda 
to‗ylar restoran va kafelarda o‗tkazilmoqda.  SHuning uchun to‗ylardagi dasturxon  
atrofidagi  etiket,  o‗zini  tutish    etiketi,  raqs  tushish    etiketi,  kiyinish    etiketiga 
qat‘iyyan  amal  qilinishi  lozim.    Jamoada  yoshi  katta  onaxonlarni,  otaxonlarni 
borligini unutmaslik kerak  Qonuniy nikohini kechki nikoh to‗yi marosimida qayd 
etish  urf  bo‗lib  bormoqda.    (SHar‘iy  nikoh  to‗y  egalari  bilan  kelishilgan  vaqtda 
ro‗yxatdan o‗tkazilgandan so‗ng, masjidning imom-xatibi amalga oshirishi lozim).  
Kuyov  navkarlar  kelinning  uyiga  karnay-surnay  sadolari  ostida  boradilar.  
Ma‘lumki,  karnay-surnay  sadosi  nikoh  to‗yi  e‘lonidir.    Ushbu  tadbirda  yosh 
bolalarning  qatnashishi  etiket  bo‗yicha  maqsadga  muvofiq  emas.    Ko‗p  joylarda 
ushbu  udum  to‗y  oqshomining  ertasi  kuni  o‗tkazish  odatga  aylangan.    Bu  ―kelin 
salom‖ deb nomlanadi.  Kelin salomda faqat yaqin qarindoshlar va yon qo‗shnilar 
qatnashishadi.  Buning ham o‗z  etiketi bo‗lib, barcha amal qilishi lozim.  
YAngi  chaqaloq  tug‗ilishi  munosabati  bilan  o‗tkaziladigan  udum  bu  ―Azon 
aytish (SHar‘iy marosim) CHaqaloq tug‗ilganidan 7-9 kun o‗tgach, mahalla imomi 
yoki  yaqin  qarindoshlaridan  ilmlisi  uning  o‗ng  qulog‗iga  azon  (chap  qulog‗iga 
takbir)  aytiladi.    Bu  odat  go‗dakning  bokira  shuuriga  Alloh  nomini  muhrlash 
mazmunida talqin etilgan‖.  
Aqiqa  chaqaloq  tug‗ilgandan  keyin  7,  14,  21  -  kunlarning  birida  bir  qo‗yni 
so‗yib,  uni  uchga  taqsimlab,  bir  qismini  homiladan  bo‗shagan  ona  uchun,  bir 
qismini muhtoj oilalarga tarqatish, bir qismini ziyofatga ishlatish tavsiya etiladi.  
Qovurdoq  yangi  bo‗shangan  kelinga  onasi  tomonidan  tayyorlab  olib 
boriladigan  taom.    O‗zaro  mehr-oqibat  va  do‗stlik  rishtalarining  mustahkam 
bog‗lanishini  nazarda  tutib  ixcham  ko‗rinishda  o‗tkaziladigan  marosim 
hisoblanadi.    O‗sha  kuni  beshikka  solish  marosimini  ham  o‗tkazib  yuborish 
                                                
31
 Флетчер Дж. О государством русском. Спб., 1905, 2-е изд. С.113.  


 
166 
mumkin.    Bundan tashqari, sunnat to‗yi, beshik to‗yi kabi  marosimlar  ham  bo‗lib 
bularni ham ixcham va yaqin kishilar davrasida o‗tkazish maqsadga muvofiq.  
Rus  xalqida  to‗y  marosimida  XIX  asr  oxiri  XX  asr  oshlarida  kelin  beliga 
qizildan  belbog‗  boylagan.  G.S.Maslova
32
  fikricha,  ushbuodat  XX  asr  boshlarida 
urf  bo‗lgan.  Uning  ma‘nosi  kuyovlar  belbog‗ida  Iso  Masihga,  kelinlar  belbog‗ida 
Bibi Maryamga hurmat va ularning olqishi deb hisoblaydi.   
Dunyo  xalqlari  orasida  nikoh  barcha  xalqlar  uchun  muqaddas  hisoblanadi.  Bu 
ikkita  yoshning  bir-biriga  ishonchi,  hurmati  va  muhabbati,  deb  hisoblaydi 
V.Matveev va A.Panovlar
33


Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish