O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’lim rivojlantirish markazi



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/196
Sana12.01.2022
Hajmi0,6 Mb.
#335953
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   196
Bog'liq
JAMOAT SALOMATLIGI, SOG’LIQNI SAQLASHNI

Mazmuni 
 
Aholiga ko'rsatiladigan tibbiy xizmatning barcha turlarini tashkillashtirishda 
(kasallikni oldini olish) profilaktika, davolash, sog'lomlashtirish tadbirlarni yuqori 


90 
 
darajada  ko'rsatilishi asosiy o’rin egallaydi.  Zamonaviy etapda  Sog'liqni 
Saqlashning asosini aholiga ko'rsatiladigan tibbiy xizmat mexanizmini ishlab 
chiqish tashkil qiladi. 
Bunday davlat mexanizmlarini shakllantirish uchun quyidagi uch muhitda 
tadbirlar olib boriladi: 
- qonuniy  
- iqtisodiy 
- boshqaruv 
Bu bilan o’zaro boglik ikki blok muammolar hal etiladi: 
- tibbiy xizmatni moliyalashtirishi,  
- ushbu vaqt oralig'ida sifatli tibbiy xizmatning uzviyligini ta'minlash. 
Tibbiy xizmatning ko’p tarmoqliligi va ish hajmining turlichaligi sababli 
davlat tomonidan tibbiy muassasalarining turlari va tarmoqlari aniqlandi: 
1)  davolash-profilaktik: 
2) 
ayollar va bolalarga tibbiy xizmat ko'rsatuvchi muassasalar, 
3) 
sanitar-targ’ibot ishlarini olib boruvchi muassasalar, 
4) 
dori-darmonlar ishlab chiqarish tibbiy muassasalar, aptekalar 
5) 
tibbiy ma'lumot beradigan muassasalarni, oliy va o’rta ma'lumotli 
tibbiy muassasalar, ilmiy-tekshiruv muassasalari. 
6) 
sanitar-kurort 
muassasalari. 
7)  patologo-anatomik, sud-tibbiyot va sud-psixiatriya ekspertizasi 
muassasalari. 
8) 
majburiy tibbiy sug’urta muassasalari. 
Bu muassasalar davlat tomonidan ko'rsatiladigan tibbiy xizmat tizimini 
asosini tashkil qiladi. 
Sog'liqni saqlash tizimini o'rganish uchun, avval birlamchi tibbiy-sanitariya 
xizmatini, ya'ni aholi Sog'liqni saqlash xizmati bilan birinchi aloqa qiluvchi 
muassasani o'rganish kerak. Bularga kiradi: 
- ambulator-poliklinika muassasalari, 
- ayollar maslaxatxonasi 
- sanitar-epidemiologik stansiyasi 
- shoshilinch va kechiktirib bo’lmaydigan xizmat ko'rsatuvchi muassasalar. 
- tug’ruq qabul qiluvchi muassasalar. 
O'zbekistonda birlamchi tibbiy xizmat muassasalariga qishloq vrachlik 
punktlari (KVP), shahar vrachlik punktlari (ShVP)  va mahalla vrachlik punktlari 
(MVP)  kiradi. 
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1988 yil 10 noyabrdagi 2107 sonli 
farmoni "O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash tashkiloti isloh qilish 
to'g'risida dasturi" ga ko'ra Sog'liqni saqlash tizimida islohot tadbirlari olib 
borilmoqda. Buning asosida aholiga ko'rsatiladigan tibbiy xizmatni sifatini yuqori 
darajaga ko'tarish maqsadida ko’pgina natijalarga erishildi.  
Buning uchun bir qancha direktiv hujjatlar qabul qilingan:  


91 
 
1) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 y. 2 dekabrdagi 
532-sonli farmoni va unga  3-ilova "Stasionar davolash-profilaktika muassasalarida 
vaqtinchalik pullik ovqat tartibini tashkillashtirish"; 
2) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2003 y.02.12. 537-
sonli  "Aholiga  ko'rsatiladigan  shoshilinch  tibbiy  xizmatini   yanada 
takomillashtirish tadbirlari to'g'risida" farmoni; 
3) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2005 y.21.12. 276-
sonli "Tibbiy xodimlar mehnat xaqini takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash" 
to'g'risidagi farmoni; 
4)  O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2008 y.18.03. 48-
sonli  "Sog'liqni  saqlash  tizimidagi  territorial  muassasalar  faoliyatii 
takomillashtirish" to'g'risidagi farmoni. 
Bundan tashqari O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash Vazirligining 
buyruqlari: 1997 y.22.11. 519-sonli "Ambulatoriya sharoitia davolanuvchilar 
uchun kerakli dori-darmonlar ro’yxati"  va boshqalar. 
Islohot yillarida Respublika shoshilinch tibbiy xizmatining ilmiy Markazi 
boshchiligida tez va shoshilinch tibbiy xizmatning bir butun tizimi shakllandi,                                                                
5)    bosqichli birlamchi tibbiy sanitariya  xizmati bazasida  qishloq joylarda 2 
bosqichli birlamchi tibbiy sanitariya  xizmati tizimi tashkil etildi, 3100dan ziyod 
qishloq vrachlik punktlari (KVP)  barpo etildi va ular zamonaviy davolash va 
diagnostika apparaturalari bilan ta'minlandi. 
2005 yil oxiriga kelib Respublikada birlamchi tibbiy-sanitariya xizmat 
ko'rsatuvchi  muassasalaridan  4354  dan  ambulator-poliklinika  muassasalari, 
jumladan,  562  birlashgan poliklinikalar,  246  dispanserlarning  poliklinika 
bo'limlari, 67 markazlarning poliklinika bo'limii, 105 stomatologik va 3374 
mustaqil poliklinikalar, faoliyat ko’rsatmoqda. Bundan tashqari stasionar xizmatini 
ko'rsatuvchi 968 kasalxonalar, jumladan 738 birlashgan kasalxonalar, 181 
dispanserlarning kasalxonalari va 49 markazlar stasionar bo'limlari. Sog'liqni 
SAQLASh tizimidagi muassasalarda umumiy hisobda 70564 ta shifokor va 26190 
o’rta tibbiy xodimlar ishlab kelgan. Poliklinikaga qilingan qatnovlar 1 smenada 
373401 tani yoki 10 000 aholiga nisbatan 142,0 tashkil etgan, 1 ta aholining 
o’rtacha qatnovi bir yilda 8,7 ga teng bo'lgan. 2005 yil oxirida o’rinlar soni 135 
924 tani yoki 10 000 aholiga nisbatan 51,6 ni tashkil etgan va bu o’rinlarda  
3937267 ta bemorlar davolanganlar. 
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining  farmonini bajrilishini davom 
ettirish borasida 2003 yil 26 fevralda 3214-sonli, "Sog'liqni saqlash tizimini isloh 
qilishning Davlat dasturining keyingi faoliyati" to'g'risidagi farmoni qabul qilindi. 
Bu farmonga ko'ra Sog'liqni saqlash tizimi yuqori texnologik ixtisoslashgan 
tibbiy xizmatning boshqarish va moliyalashtirishning yangi sharoitlari o’rnatildi. 
(jarroxlik, kardiologik, urologik va ko’z mikroxirurgik). 
Olib borilayotgan islohotlar natijasida davolash-profilaktik muassasalarida 
aholiga yuqori malakali, ixtisoslashgan tibbiy xizmat ko'rsatilmoqda, muassasalar 
zamonaviy diagnostika va davolash apparaturalari bilan jihozlanmoqda, ularning 


92 
 
material-texnika bazasi yaxshilanmoqda, bemorlarga barcha sharoitlar ya'ni 
kamfort sharoit yaratib berilmoqda. 
Hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash tizimida pullik 
tibbiy xizmat ko'rsatadigan 674 muassasa faoliyat ko’rsatib kelmoqda. 2005 yil 
yakuniga ko'ra byudjetdan tashqari pullik tibbiy xizmat natijasida tushgan mablag’ 
14,9 mlrd. sumni tashkil etadi, bu esa 2004 yilga nisbatan 40% ko’p, u yilda 10,2 
mlrd. sumni tashkil etgan. 
Sog'liqni saqlash tizimi muassasalarida tibbiyotga taaluqli bo'lmagan pullik 
xizmat ko'rsatuvchi muassasalar ham mavjud ya'ni o'qitish sohasi, avtotransport va 
boshqa sohalar. 2005 yilda bu muassasalar hisobidan 11,6 mlrd.sumdan ziyod 
mablag’lar olingan. 
Shu kabi Sog'liqni saqlash tarmog’ida xususiy tibbiy muassasalar ham 
rivojlanmoqda. Hozirgi kunda O'zbekistonda 1700 dan ortiq xususiy  tibbiy xizmat 
muassasalari va u yerda 1650 dan ortiq shifokorlar faoliyat ko’rsatib kelmoqdalar. 
Davlat statistika ma'lumotlariga ko'ra 2004 yilda xususiy tibbiy muassasalarida 1,6 
mln. bemorlar ambulator davolangan, 43 mingtasi kasalxonada davolanganlar.  
Bu bilan birga xali bir qancha muammolar ya'ni aholiga ko'rsatiladigan 
tibbiy xizmatni samarasini oshirish yo'lida tibbiy muassasalarning material-texnik 
bazasidagi kamchiliklar, malakali shifokorlarning yetishmasligi, moliyalashtirish 
tizimining yaxshi yo'lga qo’yilmaganligi, davlat Sog'liqni saqlash tizimida 
marketing va menejmentni yaxshi rivojlanmaganligi va xususiy Sog'liqni saqlash 
tarmogining yetarli darajada rivojlanmaganligi kabi muammolar hal etilganicha 
yo'q.  
Aholiga ommaviy va hammabop harakterga ega bo'lgan tibbiy xizmatni 
ta'minlashda 

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish