II. Zamonaviy etapda sanitar-epidemiologik nazorat xaizmatini
tashkillashtirish
Maqsad:
- ijtimoiy ekologiya va profilaktikada sanitar-epidemiologik xizmatining
o’rnini tushuntirish,
-aholini sanitar-epidemiologik xizmati bilan ta'minlashning asosiy
tamoyillarini tushuntirish,
-Davlat sanitar nazorat qonuni va uni aholi salomatligidagi ahamiyatini
tushuntirish
Mazmuni
Sog'liqni saqlash tizimining asosiy tamoyillaridan biri hisoblangan
profilaktik yo'nalishda ish olib borish faqat davlat profilaktika muassasalari
faoliyatida emas, balki davlat sanitariya-epidemiologik nazorat muassasalari
faoliyatida ham yetakchi o’rin egallaydi. Bu yo'nalish davlat sanitariya-
epidemiologik nazorati xizmatining profilaktik tadbirlar olib borishda muhim
ahamiyatga ega.
Davlat sanitariya-epidemiologik nazorat muassasalarining asosiy maqsadi
bo'lgan sanitar-epidemiologik xavfsizlik asosan sanitariya-epidemiologik xizmati
organi va muassasalari ya'ni Davlat sanitariya-epidemiologik nazorat markazi
86
tomonidan ta'minlanadi. Davlat sanitariya-epidemiologik xizmati muassasalari
aholi salomatligini ta'minlashda muhim o’rin egallaydi. Sanitariya-epidemiologik
nazorat xizmatiga quyidagilar kiradi:
- yuqumli kasalliklarni tarqalishini kamaytirish;
- salomatlikni muhofaza kilish va atrof-muhit sohasidagi politika;
- suvning sifatini ta'minlash
- xavoning sifatini ta'minlanish.
- oziq-ovqatlar sifatini ta'minlanishi
- chiqindilardan tozalash va tuproqni ifloslanishdan SAQLASh;
- aholi yashash joylaridagi ekologiya,
- ishchi salomatligi va boshqalar.
Yuqorida keltirilganlar shuni anglatadiki, Davlat sanitariya-epidemiologik
nazorati xizmati aholii salomatligini muhofaza qilish tizimida yetakchi o’rin
egallaydi, bunday muassasalar faoliyatini olib borilayotgan profilaktik tadbirlar
darajasi va samarasi baxolaydi.
Mamlakatdagi sanitar-epidemiologik holatlardan kelib chiqqan xolda, davlat
sanitariya-epidemiologik nazorati xizmati muassasalari va gigienik ilm
faoliyatining asosiy yo'nalishlariga kiradi:
- mamlakatda sanitariya-epidemiologik holatlarni yaxshilashga qaratilgan
davlat ishlarini yo'lga solish, aholi salomatligiga salbiy ta'sir etuvchi omillarni
bartaraf etish:
- aholii holatini yaxshilash borasida sanitariya-epidemiologik nazoratni
ta'minlash;
- sanitariya-epidemiologik nazorat masalalarini hal etuvchi qonuniy bazani
mustahkamlash;
- suv manbalari nazoratini kuchaytirish, ichimlik suvi sifatini yaxshilashga
e'tibor qaratish;
- oziq-moddalarni sifatini yaxshilash borasida nazoratni kuchaytirish, ovqat
rasionini biologik aktiv qo’shimchalar, vitaminlar, mineral moddalar bilan
boyitish, ayniqsa bolalar ovqatlanishini sifatini oshirish:
- oziq-ovqatlarni sifatini yaxshilash borasida me'yoriy bazalarni ishlab
chiqish;
- ishlab chiqarish va ish joylarini attestasiya qilishda ishtirok etish;
- maktab binolarini holatini maktab jixozlari, o’quv qurollar va ko’rgazma
materiallarni gigienik talabga javob berishini nazorat qilish;
- o’z huquqini himoya qilishda davlat sanitariya-epidemiologik nazorat
xizmatidan keng foydalanish.
Uzoq vaqt davomida mamlakatimizning iqtisodiy - ijtimoiy sharoitini
o'zgarishi bilan paralell ravishda sanitariya-epidemiologik nazorat xizmatining
tarkibi va vazifalari ham bir necha bor o’zgarib keldi.
O'zbekistondagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy o'zgarishlar sanitariya-
epidemiologik xizmatini takomillashtirish yo'lida Sog'liqni saqlash tizimida
rahbarlar va mutaxassislarni tayyorlashni aktivlashtirib yubordi. Aholini sanitariya-
87
epidemiologik holatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni tashkillashtirish borasida
yuridik baza yaratildi.
Aholini sanitariya-epidemiologik holati deganda jamoat salomatligi va aholii
yashaydigan muhitning shunday holati tushuniladiki, bunda odam organizmiga
salbiy ta'sir etuvchi omillar bo’lmaydi va xayot faoliyati uchun ijobiy sharoitlar
mavjud bo’ladi.
1998 yilda O'zbekistonda "Davlat sanitar nazorati" qonuni qabul qilindi.
Davlat sanitar-epidemiologik xizmati organ va muassasalari bir yagona tizimni
tashkil etadi. Bu tizimga respublikadagi, Qoraqalpog’iston respublikasi, viloyat,
shahar, tuman davlat sanitariya-epidemiologik nazorat muassasalari, suv va xavo
yo'llari transporti, gigiena va epidemiologiya profilidagi ilmiy-tekshirish
muassasalari, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari, mutaxassislar tayyorlaydigan va
ularni malakasini oshiradigan va boshqa sanitariya-profilaktika muassasalari
kiradi.
Davlat sanitariya-epidemiologik nazorat markazi respublika byudjeti va
byudjetdan tashqari mablag bilan moliyalashtiriladi.
Davlat sanitariya bosh shifokorlari, davlat sanitariya-epidemiologik nazorat
xizmati mutaxassislari davlat boshqaruv organlari vakillari hisoblanadilar va ular
davlat himoyasida bo’ladilar. Sanitariya-epidemiologik nazorat boshliqlari davlat
sanitariya-epidemiologik nazorat xizmati nizomiga asosan ishga qabul qilinadilar
va lavozimdan ozod qilinadilar.
Shunday qilib, markazlashtirilgan sanitar-epidemiologik xizmati tashkil
etildi.
Davlat sanitariya-epidemiologik nazorati xizmatining asosiy muassasasi
bo'lib davlat sanitariya-epidemiologik nazorat markazi (SGSEN) hisoblanadi.
Aytib o’tilgandek, Davlat sanitariya-epidemiologik xizmati organlari va
muassasalarining asosiy maqsadi zamonaviy sharoitda aholini sanitariya-
epidemiologik holatini yaxshilash, yuqumli kasalliklarni o’z vaqtida oldini olish va
unga qarshi ko'rashishdan iboratdir. Bu maqsadga erishish uchun DSENM va
sanitariya-epidemiologik xizmat ko'rsatuvchi muassasalar zimmasiga quyidagi
vazifalar yuklatilgan:
- aholi yashash sharoitini xisobga olgan xolda ularning salomatligini nazorat
qilish, baxolash va prognozini aniqlash;
- yuqumli, parazitar, kasbiy kasalliklar, ovqatdan zaharlanishlar kelib chiqish
sabablarini, ta'sir etuvchi omillar va sharoitlarini aniqlash. Shuningdek, aholi
yashash sharoitida salbiy omillar ta'siri natijasida kelib chiqadigan ommaviy
kasalliklar kelib chiqish sabablarini ixtisoslashgan sanitar-epidemiologik
tekshiruvlariga asoslangan xolda aniqlash;
- barcha davlat qaramog’idagi sanitariya-epidemiologik xizmat ko'rsatuvchi
organlar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va mahalliy boshqarmalar
lavozim shaxslari tomonidan gigienik va sanitariya-epidemiologik tadbirlar ishlab
chiqish;
- ishlab chiqilgan gigienik va sanitar-epidemiologik tadbirlar, sanitar
qoidalar, gigienik me'yorlarni bajarilishini nazorat qilish, hulosa natijalariga ko'ra
88
gigienik sertifikatlar berish, sanitar qoidalarini buzuvchi shaxslarga qarshi
ma'muriy hamda jinoiy javobgarlik tadbirlarini qo'llash;
- yuqumli, parazitar va kasbiy kasalliklar, ovqatdan zaharlanishlar va boshqa
aholi orasida yuquvchi kasalliklarni Sog'liqni saqlash tizimida har birini ro’yxatga
olinishi va sanitar-epidemiologik tekshiruvlarga hamda sanitar-epidemiologik
holatni belgilovchi dalillarga asoslangan xolda bunday kasalliklarni davlat
ro’yxatiga olish.
Ko’rsatib o’tilgan vazifalarni barchasi DSENM ning asosiy mexanizmi va
yaxshi sanitar-epidemiologik holatga erishish asosiy maqsadidir.
Davlat ramkasidagi vazifalarni bajarishda sanitariya-epidemiologik nazorat
markazi mutaxasislari aniq majburiyatlarga egadirlar. Davlat sanitar-
epidemiologik xizmati lavozimi shaxslariga Qonun quyidagi huquqlarni belgilaydi:
- Aholi salomatligini saqlashda dolzarb muammolardan biri - bu o’ta
yuqumli kasalliklar (vabo, xolera, sibir yarasi va boshqa kasalliklar)ni kelib
chiqishi va tarqalishini olidini olishdadir.
Bunday vazifalarni bajarishda yuqumli kasalliklarni paydo bo'lishi va ularga
qarshi ko'rash xizmati bo'limining o’rni kattadir. Ushbu bo'lim quyidagi vazifalarni
bajaradi va o'rganadi:
- epidemiologik vaziyat;
- yuqumli kasalliklar paydo bo'lishini oldini olish, kasal tarqatuvchi
mikroblarni aniqlash va tajriba o’tkazish;
- yuqumli kasalliklar Bilan kasallanganlarni aniqlash;
- yuqumli kasallik aniqlangan joyni aniqlash va kuzatish (karantin,
observasiya);
- yuqumli kasalliklar paydo bo'lishini ogohlantirish;
- bemorlarni yakka xolda joylashtirish (izolyasiya qilish);
- epidemik kasallanishni va uning o’chog’ini yo'qotish;
- aholii orasida yuqumli kasalliklarga Qarshi ko'rashni tashkil etish;
- aholii orasida ommaviy ravishda epidemik kasallanishni o'rganish, uni
kamaytirish bo'yicha tadbirlarni amalga oshirish.
UzR Davlat sanitariya markazinig bosh vrachi sanitariya-epidemiologik
xizmatining bosh davlat sanitariya vrachi bo'lib hisoblanadi, uning ishini UzR
Sog'liqni saqlash Vazirligining o’rinbosari nazorat qiladi.
Sog'liqni saqlash vazirligi tarkibida bosh sanitariya-epidemiologiya
boshqarmasi tuziladi.
Sanitariya-epidemiologiya tashkilotining asosiy muassasasi sanitariya -
epidemiologiya stansiyasi hisoblanadi (SES).
SES - bu mustaqil sanitariya profilaktik tashkilot bo'lib, u o’z mablag’iga
egadir. Uning bir necha ko’rinishlari mavjud: respublika, viloyat, tuman, shahar,
shaharlardagi tuman, qishloq.
Shahar va tumanlarning soni, aholii soni va ma'muriy territoriyaning
harakteriga qarab SES lar bir necha kategoriyalarga bo'linadi. SES Lar o’z ish
faoliyani Sog'liqni saqlash tizimidagi tashkilot va organlar bilan birgalikda olib
89
boradi. Xaar bir SESda ikkita asosiy bo'lim mavjud bo'lib, ular sanitariya-
epidemiologiya va dezinfeksiya bo'limlaridir.
Sanitariya-epidemiologik bo'limlar o’z navbatida ikkiga bo'linadi:
epidemiologik va sanitariya-gigienik.
Epidemiologiya bo'limi tarkibiga epidemiyaga qarshi va parazitologiya
gruppalari antirabik emlash kabinati va bakteriologik laborotoriyalar kiradi.
Sanitar-gigienik bo'limlari to’rtta operativ guruhlarga bo'linadi:
a.
Kommunal
gigiena.
b.
Mehnat gigiena, sanoat gigienasi.
c.
Ovqatlanish
gigienasi.
d.
Bolalar va o’smirlar gigienasi.
Dezinfeksiya bo'limii o’z ichiga quyidagilarni oladi:
- ko’chirish bo'limi,
- o’choqni dezinfeksiyalash,
- kamerali dezinfeksiyalash,
- sanit'ariya bo’yicha reabilitasiya ishlar.
Sanitariya organlarining vazifalari kasallanish profilaktikasi va aholiga
sanitariya bo'yicha xizmat ko'rsatishni ta'minlashdan iboratdir.
Aholiga sanitariya bo'yicha xizmat ko'rsatish ishining formalari sanitariya
nazorati va ogohlantirishdan iborat. Ogohlantiruvchi sanitariya nazorati sanitariya
ishining hamma tarmoqlari bo'yicha o’tkaziladi.
SESning sanitariya nazorati sanitariya ishining hamma tarmog’i bo'yicha
amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |