O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’lim rivojlantirish markazi


Jinsiy aloqa orqali o’tadigan kasalliklar



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/196
Sana12.01.2022
Hajmi0,6 Mb.
#335953
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   196
Bog'liq
JAMOAT SALOMATLIGI, SOG’LIQNI SAQLASHNI

Jinsiy aloqa orqali o’tadigan kasalliklar 
 
Jinsiy aloqa orqali zararlanadigan kasalliklar juda ko’p bo'lib, ularning turi 
27 tadan ko’pdir. 
Bulardan ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgani hozirgi kunda zahm(sifilis)dir. 
O'zbekistonda 2005 yilda 100000 aholiga nisbatan zahm 15,7 va suzak 23,4ni, 
2009 yilda zahm 9,8 va suzak 20,2 ni tashkil etadi, xozirda bu  ko'rsatkich kamayib 
bormoqda, lekin parallel ravishda jinsiy aloqa orqali o’tadigan boshqa kasalliklar 
soni ortib bormoqda. Oxirgi yillarda bunday kasalliklar bolalar va o’smirlar orasida 
kuzatilmoqda. Bularga quyidagilar sabab bo’lmoqda: 
1) 
jinsiy aloqaning erta boshlanishi; 
2) 
xavfsiz jinsiy aloqa to'g'risida yetarli  bilimlarning yo'qligi, 
3) 
foxishalikni va tartibsiz jinsiy aloqalarni tarqalishi, 
4) 
jinsiy aloqa orqali yuquvchi kasalliklarga sovuqqonlik bilan qarash 
5) 
jinsiy aloqa orqali yuquvchi kasalliklarni davolash preparatlariga ega 
bo'lishni oddiyligi 
6) 
jamiyat ichida kriminalni  
ko'payishi 
7) 
zo’rlash va boshqa jinsiy jinoiy ishlar 
Jinsiy aloqa orqali yuquvchi kasalliklar (JAOYUK) asosan nobutun oilalarda 
ko'proq yuzaga keladi va bu kasallik bepushtlikka, bachadonda bolani 


61 
 
zararlanishiga, yoshlik davrida tiklab bo’lmaydigan kasallikka duchor bo'lishiga 
olib keladi. Balog’atga yetmaganda JAOYUK bilan kasallanish - bu kelajakda 
nogironlikka moyillikdir. 
Jinsiy aloka orqali yuquvchi kasalliklar tarqalishiga asosiy sabablar: 
- talabga asosan davlat tomonidan moliyalashtirishni 40-50% kamayishi; 
- foxishalar, bomjlar va narkomanlar uchun sanitar-epidemiologik va tibbiy 
nazoratning yo'qligi; 
- bolalar va o’smirlarning tartib intizomidagi o'zgarishlar; 
- jinsiy aloqa kasalliklarini davolash lisenziyasi bo'lmagan xususiy 
muassasalarning ko'payib borishi. 
Chunonchi, kasalliklardan eng xavflisi bo'lgan SPID ni tarqalishiga hozirgi 
kunlarda yuqumli kasalliklarni tarqalish kanallarining ortib borishi imkon 
yaratmoqda. Jinsiy aloqa orqali yuqadigan kasalliklarning harakterli xususiyati 
shundan iboratki, bunday kasallikka moyil  bo'lganlarning 65%i "shaxsiy 
muassasalarda ishlovchilar"dir. Bunday yuqori ko'rsatkich jinsiy aloqa orqali 
yuquvchi kasalliklarni epidemiologiyasini ahamiyati katta ekanligidan dalolat 
beradi. Ular aktiv migrantlar hisoblanib, 21 yoshdan 50 yoshgacha bo'lganlar 
orasida yuqori darajada kasallanishni tashkil etadi va diagnostika hamda davolash 
tadbirlarini olib borishda qiyinchiliklar tug’diradi.  
Bundan ham yomoni 14 yoshgacha bo'lgan bolalarda  jinsiy aloqa orqali 
yuquvchi kasalliklarni ko’p uchrashidir,  bu esa bolalar va o’smirlarning intizomini 
buzilib ketishi, 70% bolalar o’z qiziquvchanligi, 30% majburlanishi bilan erta 
jinsiy aloqa boshlashi sabab bo’lmoqda. 
Shunday qilib, ko’pgina mualliflar aytishicha, Sog'liqni saqlash tizimidagi 
organlar va amaliyot shifokorlarning asosiy vazifasi jinsiy aloqa orqali yuquvchi 
kasalliklarga  moyillikni  kamaytirish  va  kasallikdan  tuzatish  jarayonini 
jadallashtirish lozim. Buning uchun: 
A. Yuqumli kasalliklardan xabardor bo'lganlar sonini oshirish 
- jinsiy aloqa orqali yuquvchi kasalliklar belgilari va simptomlari haqida 
aholi orasida targ’ibot ishlarini olib borish; 
- kasallikka moyili bo'lganlarni aniqlash va skrining qilish; 
- kasallar bilan muloqotda bo'lganlarni nazorat qilish
B. Bunday kasallik paydo bo'lganda tibbiy yordamga murojaat qiluvchilarni 
sonini ko'paytirish: 
- tibbiy yordam ko'rsatilish darajasini oshirish; 
- tibbiy xizmatlarning narxlarini kamaytirish; 
V. Diagnostika usullarini takomillashtirish: 
- ixtisosligi va ta'sirchanligini oshirish hisobiga diagnostika usullarini 
takomillashtirish; 
- diagnostik usullarini standartlashtirish; 
- samarali daiagostika usullaridan foydalanish imkonini oshirish
G. Davolashni va nazorat qilishni samarasini  oshirish: 
- samarali va narxi arzon bo'lgan preparatlarni qo'llash; 
- nazorat olib borish usullarini takomillashtirish. 


62 
 
Aholi orasida jinsiy aloqa orqali yuquvchi kasalliklarni kamaytirishni yaxshi 
yo'lga quyish maqsadida mavjud bo'lgan resurslarni baxolash va ularni samarali 
ishlatishni aniq bilish zarur. 
 

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish