6 — O.Yu. Rashidov va bosh.
81
mahsulotlari asosiy ulushni egallashi sababli qishloq xo'jalik sohasini
rivojlantirishga alohida e ’tibor beriladi.
Yuqoridagi fikrlarimizni umumlashtirib, moliyaning taqsimlash va
qayta taqsimlash funksiyasi quyidagilarni amalga oshirishga imkoniyat
yaratadi deb xulosa qilishimiz mumkin:
— xo'jalik subyektlari va davlat miqyosida pul fondlari tashkil
etiladi;
— faqat maqsadli pul fondlari tashkil etiladi;
— iqtisodiyot tarmoqlari va hududlar o'rtasida moliya mablag'la-
rining qayta taqsimlanishi amalga oshiriladi;
— mamlakat aholisining turli ijtimoiy guruhlari o'rtasida moliya
mablag'lari qayta taqsimlanadi;
— xo'jalik subyektlari va davlat miqyosida zarur zaxira fondlari
tashkil etiladi.
Moliyaning nazorat funksiyasi esa jamiyatda yaratilgan yalpi ijtimoiy
mahsulot va milliy darom adni tegishli fondlar bo'yicha taqsimlanishi
hamda maqsadli fond mablag'larining sarflanishini nazorat qilish bilan
bog'liqdir. N a z o rat funksiyasi moliyaning taqsimlash va qayta taq sim
lash funksiyasi bilan uyg'unlashgan holda arnal qiladi. Moliya nazorati
milliy darom ad yaratiladigan m oddiy ishlab chiqarish sohasini va
nomoddiy ishlab chiqarish sohasini qamrab oladi. Moliya nazoratining
inaqsadi moddiy, mehnat va moliya resurslaridan oqilona va tejamkorlik
bilan foydalanish, ortiqcha xarajatlarni qisqartirish ham da xo'jasiz-
likning oldini olishdir. Moliya nazoratining asosiy vazifasi xo'jalik
subyektlarining o'zaro hisob-kitoblari majburiyatlarini, qonunchilikdagi
budjet tizimini va soliq xizmatlari oldidagi moliya majburiyatlarini
bajarishga rioya etilishini ta ’minlash hisoblanadi. Buning yuzaga chiqishi
quyidagilarda nam oyon bo'ladi:
— taqsimlash va qayta taqsimlash jarayoni boshlanishidan avval
turli budjetlar va moliya dasturlarini ishlab chiqishda;
— shakllantirilgan turli pul mablag'lari fondlarini, ya’ni budjet,
smeta va moliya rejalarini sarflanishida;
— pul m ablag'lari fondlarining bajarilishini baholashda va faoliyat
natijalarini yakuniy hisob-kitob qilishda.
M oliya n a z o ra tin i am alga oshirish subyektlari n azorat etish
obyektlari, mulkchilik shakli va faoliyatidan kelib chiqqan holda turli-
cha bo'ladi. M oliya nazoratining kim tom onidan olib borilishiga qarab
quyidagi shakllari mavjud:
1) um um davlat moliya nazorati;
2) tarm oq moliya nazorati;
3) xo'jalik ichidagi moliya nazorati;
4) jam oat moliya nazorati;
5) mustaqil (auditorlik) moliya nazorati.
U m um davlat moliya nazoratini vakolatli davlat organlari am alga
oshiradi. M oliya tizim i va soliq xizm ati xodimlari davlat bud jeti
daromadlari h am d a xarajatlarining bajarilishi nazoratini olib boradilar.
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi nazorat taftish
departam enti va uning viloyatdagi b o ‘limlariga davlat budjeti m ab-
lag'larining maqsadli va to ‘liq sarflanayotganligini nazorat qilisli vako-
lati berilgan. 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Q o ‘m itasi va
uning joylardagi bo'linmalariga mulkchilik shaklidan qat’i nazar xo'jalik
yurituvchi subyektlarda davlat budjetiga undiriladigan so liq lar va
tushum ni nazorat etish vakolati berilgan.
Tarm oq moliya nazorati iqtisodiyotning m a ’lum tarm oq m iqyo-
sidagi (vazirlik, konsern, kom paniya, xolding) nazoratini o ‘z ichiga
oladi. Ushbu nazorat m a ’lum olingan tarm oq boshqaruvi tashkil etilgan
maxsus moliya boshqarmasi to m o n idan amalga oshiriladi. Bu bosh-
qarrna tarm oq tarkibiga kiruvchi xo'jalik subyektlarining am aldagi
budjet-soliq qonunchiligiga va ichki m e ’yoriy nizomlarga rioya etayot-
ganligini nazorat qilib boradi.
Xo'jalik ichidagi moliya nazoratini alohida olingan xo'jalik su-
byektlari qosliida tashkil etilgan moliya b o'linm alari amalga oshiradi.
Shuni ta ’kidlash lozimki, keyingi vaqtlarda davlat mulkini xususiy-
lashtirish va aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish jarayoni natijasida
ko'plab turli mulkchilik shaklidagi korxonalar va tashkilotlar tashkil
etilmoqda. Bu holat xo'jalik ichidagi moliya nazoratining aham iyati
oshishiga olib kelm oqda. Ushbu k o rxonalarda isliclii x izm a tc h ila r
sonining kamligi, ishlab chiqarish hajm ining kamligi (masalan, kichik
biznes sohasi) sababli ularda moliya nazoratini olib borish vakolati
bosh hisobchi zimmasiga yuklatilgan. B unday korxonalarda moliya
nazoratini olib boruvehi bosh hisobchining asosiy vazifasi m oliya-
xo'jalik faoliyatini nazorat etish, budjet soliq qonunchiligiga rioya
etish ham da boshqa korxonalar bilan o 'z a ro to'lov m ajburiyatlarini
olib borish hisoblanadi.
Jam oat moliya nazoratini aksiyadorlik jam iyatlarida aksiyador-
larning um um iy yig'ilishida saylangan alohida jismoniy shaxslar olib
boradi. Ayrim boshqa mulkchilik shaklidagi xo'jalik subyektlarida ushbu
nazoratni ixtiyoriy ravishda m a s’uliyatni oigan jismoniy shaxslar olib
boradi. Jam oat nazoratining o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, u
faqat aniq bir korxonaning xo‘jalik — moliya faoliyatini nazorat qiladi.
Moliya nazoratining yana bir shakli mustaqil (auditorlik) nazorat
h isoblanadi. U sh b u n a z o ra tn in g eng asosiy xususiyati shundaki,
auditorlik faoliyatini olib boruvchi firma o ‘z faoliyati uchun maxsus
litsenziyaga ega bo'lishi bilan birga unda ishlovchi xizmatchilar ham
maxsus shahodatnom aga ega b o ‘lishi shart. Auditorlik moliya nazo
ratining obyekti barcha xo'jalik subyektlarining x o ‘jalik-moliya fao
liyati hisoblanadi. 0 ‘zbekiston Respublikasida amaldagi qonunchi-
likka asosan, mulkchilik shaklidan qat’i nazar h a r bir faoliyat yurituvchi
x o ‘jalik subyekti yillik x o ‘jalik-moliya faoliyatining auditorlik moliya
nazoratini o'tkazishi shart.
Moliyani tartibga solib turish funksiyasining mohiyati davlat to-
m onidan mavjud moliya dastaklari orqali jam iyat ucliun zarur alohida
olingan korxonalar va b a ’zan butun iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarim
rivojlantirishga t a ’sir etilishi hisoblanadi. Shuni alohida ta ’kidlash
lozimki, bu funksiyada moliyaning rag‘batlantirish yoki so'ndirish
yo‘nalishi ham mavjud. Davlat moliya dastaklari orqali iqtisodiyotdagi
ayrim sohalarni rivojlantirishga va o ‘z vaqtida ayrim sohalar faoliyatini
cheklab turishga erishadi. Fikrimizcha, moliyani tartibga solib turish
funksiyasi quyidagi k o ‘rinishda yuzaga chiqadi:
4. Davlat budjeti orqali. Budjet mablag‘larining ayrim soha yoki
korxonalarni rivojlantirishga (subsidiya) ajratilishi orqali arnalga oshi-
riladi.
5. Soliqlar orqali. Davlat iqtisodiyot faoliyatini tartibga solib
turishdagi eng t a ’sirli dastak soliqlar hisoblanadi. X o‘jalik yurituvchi
subyektlar faoliyati uchu n past darajadagi soliqlarning o'rnatilishi ushbu
faoliyatni rivojlantirishga imkoniyat yaratadi va buning aksi yuqori
darajadagi soliq stavkalarining o ‘rnatilishi bu soha faoliyatining rivojla-
nishini cheklab turadi. Bu sohaga yaqqol dalil sifatida 1994—1998-
yillarda m am lakatim izda tijorat banklari faoliyatini rivojlantirish m aq-
sadida, ular soliqlardan ozod etilib, hisoblangan soliqlar tijorat bank-
larining moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga sarflanganligini kelti-
rishimiz mumkin.
6. Baholar va t a ’riflar orqali. Iqtisodiyotning bozor munosabatlari
sharoitida davlat to m o n id an iqtisodiyotning ayrim sohalari narx-navo
va t a ’riflarning belgilanishida faol ishtirok etadi. Bu omil esa iqtiso
diyotning ayrim sohalaridagi xo ‘jalik subyektlarining moliya holatiga
turlicha t a ’sir k o ‘rsatadi.
4.
E ksport-im port bojlari orqali. U shbu yo‘nalishda davlat to m o -
nidan xo'jalik subyektlari olib boradigan eksport-import operatsiyalariga
o'rnatilgan past yoki yuqori darajadagi boj stavkalari ushbu faoliyatning
rivojlanishiga yoki t o ‘xtatib q o ‘yilishiga olib kelishi m um kin.
Yuqorida ta ’kidlab o ‘tilganlarni umumlashtirgan holda, moliyaning
tartibga solib turish funksiyasi quyidagi darajada yuzaga chiqadi:
- - mikroiqtisodiy darajada (xo'jalik subyektlari darajasida). B unda
faoliyat ko'rsatayotgan xo‘jalik subyektlari ishlab chiqarishni rivojlan-
tirish m aqsadida turli pul fondlarini tashkil etadi;
—
m akroiqtisodiy darajada (davlat darajasida). B u n d a davlat
tom onidan iqtisodiyotni rivojlantirish uchu n davlat budjeti xarajat-
laridan soliqlar, bojlar, ta ’riflar orqali foydalanish am alga oshiriladi.
Yuqoridagilardan xulosa qilish m um kinki, davlat m oliya dastak-
larining har bir turini yoki bir nechtasi q o ‘llanishi y o rd am id a iqtiso-
diyotning barcha sohalariga kuchli t a ’sir ko‘rsatish im koniyatiga ega.
Fikrim izcha, bu omil moliyaning tartibga solib turish funksiyasini
mustaqil funksiya deb m ulohaza qilinishiga asos b o ‘la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |