O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor


N  nuqtasidan  soliq  tushumlari  m iqdori  bilan  L



Download 10,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/222
Sana08.01.2022
Hajmi10,01 Mb.
#335138
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   222
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

N
 nuqtasidan 
soliq  tushumlari  m iqdori  bilan 
L
  past  stavkadagi  soliq  tushum lari 
miqdori bilan teng.  Lekin 
N
 nuqtadagi soliq stavkalari ishlab chiqarishni 
rivojlantirishni  rag'batlantirmaydi  va  buning  aksi 
L
  nuqtadagi  soliq 
stavkalari  ishlab  chiqarishni  kengaytirishga  asos  yaratadi  va  buning 
natijasida  m am lakatda  yaratilayotgan  milliy  d arom ad  ortadi.  0 ‘z- 
bekiston  Respublikasida  ham   bozor iqtisodiyotiga bosqichm a-bosqich 
o ‘tish,  iqtisodiyotni  rivojlantirish  natijasida  soliq  stavkalarining  pasay- 
tirilishi  ham da  b a ’zi  soliq  turlarining  bekor  qilinishi  amalga  oshiril- 
moqda.  Lekin shuni  alohida t a ’kidlash  lozimki,  bu soliq stavkalarining 
pasaytirilishiga  qaram ay,  keyingi  yillarda  0 ‘zbekiston  Respublikasi 
davlat  budjetining  taqchilligi  qisqarmoqda.
Tarixan  davlat  o ‘zining  rivojlanish  bosqichlarida  xarajatlarning 
sarflanishida  asosan  t o ‘rt  y o ‘nalishga,  y a ’ni,  davlatning  boshqaruv 
xarajatlari,  harbiy  xarajatlar,  iqtisodiyotni  rivojlantirish  xarajatlari 
ham da  ijtimoiy  soha  xarajatlariga  y o ‘naltirilgan.  Xarajatlar  tarkibida 
u  yoki  bu yo'nalish  xarajatlarining egallagan  ulushi  davlatdagi  mavjud 
siyosiy tuzumga,  iqtisodiy  rivojlanish  darajasiga,  texnik,  tabiiy,  demo- 
grafik  holatiga  ham da uning  chegaradosh  m am lakatlar va um um jahon 
hamjamiyatidagi  hodisalarga  asosan  turlicha  b o ‘lgan  va  b o ‘lib  kel- 
moqda.
Davlatning  shakllangan,  markazlashgan  bu  mablag‘lari  fondlarini 
alohida  hudud,  iqtisodiyotning  alohida  olingan  tarm og‘i  yoki  xo'jalik 
subyektlari  iqtisodiy  manfaatlarini  qondirish  maqsadida sarflamasdan, 
balki  jam iyat  ijtimoiy-iqtisodiy  manfaatlarini  to ‘liq  mos  keladigan 
xarajatlarini  moliyalashtirishga  sarflanadi.  U shbu  y o ‘nalishda  h u - 
dudlarda aholini  ish joylari bilan ta ’minlash,  demografik holatni hisobga 
oigan  hold a  aholini  ijtimoiy  him oya  qilish,  hu dudlarni  iqtisodiy 
rivojlantirish  kabi  um um jam iyat  ehtiyojlar  hisobga  olinadi.  Xarajatlar 
adresli  b o 'lis h in i  am alga  oshirish  m aq sa d id a   m arkazlashgan  pul 
mablagMari  fondlarining  turli  tadbirlarni  moliyalashtirishga  m o ‘ljai- 
langan  fondlarga  ajratish  amaliyoti  mavjud.  0 ‘zbekiston  R espub- 
likasining  2000-yil  14-dekabrda  qabul  qilingan  «Budjet  tizimi  to ‘g‘ri- 
sida»gi  qonuniga  asosan  m am lakatim izda  quyidagi  markazlashgan


maqsadli  pul  fondlari  tashkil  etiladi:  Davlat  budjeti,  Respublika  y o i  
ja m g ‘armasi,  davlat  bandlik  ja m g ‘arm asi,  budjetdan  tashqari  pensiya 
ja m g ‘armasi  va  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  M ulk  qo'm itasining 
maxsus  fondi.
Lekin  shuni  ham   t a ’kidlab  o 't is h   lozim ki,  bu  m aqsadli  m ar- 
kazlashgan  pu!  fondlarini yana bir o ‘ziga xos tom oni shundan  iboratki
ulardagi  xarajatlarning  sarflanishi  faq a t  O 'z b e k isto n   Respublikasi 
Vazirlar  Mahkamasining  t o i i q   ixtiyorida  b o iad i.
Ja m iy a td a   m a rk a zla sh g an   pul  f o n d la r id a n   ta s h q a ri  m a r k a z -  
lashmagan  pul  fondlari  tashkil  etiladi.  M arkazlashmagan  pul  fond- 
larinirig  markazlashgan  pul  fondlaridan  asosiy  farqi  shuki,  ular  ishlab 
chiqarish, xizmat  ko‘rsatish,  ish bajarish faolivatini amalga oshirayotgan 
xo‘jalik subyektlarining  ixtiyorida  shakllantiriladi  ham da  faqatgina ana 
shu  xo'jalik   su b y ek tlarin in g   ijtim o iy -iq tis o d iy   x a ra jatlarin i  rno- 
Iiyalashtirishga  yo ‘naltiri!adi.  M arkazlashgan  pul  fondlariga  quyida- 
gilarni  ko'rsatish  mumkin:  ish  haqi  fondi,  amortizatsiya  fondi,  fan  - 
texnikani  rivojlantirish  fondi,  m oddiy  rag'batlantirish  fondi,  zaxira 
fondi  va  boshqalar.
Moliyaning  iqtisodiy  kategoriya  sifatida  boshqa  iqtisodiy  kate- 
goriyalardan ajratib tumvchi  o ‘ziga xos b o ig a n  belgilari  quyidagilardan 
iborat:
—  m oliya-huquqiy  asosga  ega  va  tartibga  solib  turiladigan  pul 
munosabatlari;
—  moliya-pul  munosabatlari  ishtirokchilaridan  biri  turli  huquqiy 
vakolatga  ega  davlat  organi  b o i g a n   munosabatlar;
—  moliya-pul  m ab lag iari  fondlarini  (markazlashgan  va  m arkaz­
lashmagan)  tashkil  etuvchi  pul  munosabatlari;
—  moliya-jamiyatda  yaratilgan  yalpi  ijtimoiy  m ahsulot  va  milliy 
daromadni  taqsimlash  va  qayta  taqsimlash  munosabatlari;
—  moliya-iqtisodiy  jih atd an   d o im o   noekvivalent  xususiyatga  ega 
munosabatlar.
Yuqorida  ta ’kidlab  o ‘tilgan  belgilar  moliyaning  ijtimoiy-iqtisodiy 
m ohiyatini  va  uning  m az m u n in i  o c h ib   berishga  xizm at  qiladigan 
xususiyatlar hisoblanadi.  Ular har bir jam iyatda yaratilgan yalpi  ijtimoiy 
mahsulot va milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida 
u  yoki  bu  ko ‘rinishda  yuzaga  chiqadi  h a m d a   amal  qiladi.
Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy m ohiyatini yanada kengroq ochishda 
uning  bajaradigan  funksiyalarining  tahlili  yordam  beradi.  Biz  quyida 
moliyaning  funksiyalarini  yoritishga  harakat  qilamiz.



Download 10,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish