Elektrda asosiy kattaliklar: tok kuchi,
kuchlanish,
quvvat
Elektr birliklar
— elektr kattaliklarining birliklari. Mutlaq elektrostatik birliklar
tizimi (SGSE) va Xalqaro birliklar tizimi (SI) tarkibiga kiruvchi MKSA tizimi
mavjud. SGSE tizimida elektr miqaori birligi Kulon konunidan aniqlanadi va
zaryadning mutlaq elektrostatik birligi deb ataladi. Bu tizimda santimetr, gramm va
sekundni asosiy birlik qilib tanlab va zaryadning mutlaq elektrostatik birligidan
foydalanib, barcha elektr kattaliklarning oʻlchov birliklari aniklanadi. SI tizimida
toʻrtinchi asosiy birlik sifatida tok kuchi birligi amper (A) qabul qilingan. Metr
(m), kilogramm (kg), sekund (s) va amper (A) asosiy birliklarni asos qilib olib,
qolgan barcha elektr kattaliklar birliklari — hosilaviy birliklar: kulon, volt, om,
farada va boshqalar tegishli fizik munosabatlardan foydalanib aniqlanadi. Hech
qaysi birliklar tizimiga kirmagan elektr birliklar: elektronvolt (eV),
kiloelektronvolt (keV), megaelektronvolt (MeV) (1eV = 1,602071019J).
Kuchlanish va tok kuchi elektr fizikasining eng muhim tushunchalari
sanaladi. Ushbu darsda biz elektr fizikasining muhim qismlaridan
boʻlgan mana shu ikkita kattalik haqida dastlabki bilimlarga ega boʻlamiz.
Keyinchalik kuchlanish va tok kuchi natijasida hosil boʻladigan quvvat
tushunchasiga ham toʻxtalib oʻtamiz.
Zaryad
Elektr tushunchasi tabiatni kuzatishdan kelib chiqqan. Biz jismlar
orasidagi taʼsirni kuzatganimizda gravitatsiyaga oʻxshash masofalar aro
taʼsir qiladigan kuchga duch keldik. Bu kuchning manbai
zaryad
deb
ataladi. Elektr kuchlarining eʼtiborli jihati shuki, ular gravitatsiya
kuchlariga nisbatan ancha katta boʻladi. Gravitatsiyadan farqli oʻlaroq,
zaryad ikki turga boʻlinadi. Turli ishorali zaryadlar oʻzaro tortishadi, bir
xil ishorali zaryadlar esa oʻzaro itarishadi. Gravitatsiyaning faqatgina
bitta turi bor: tortishish kuchi, itarish kuchi mavjud emas.
Oʻtkazgichlar va d
ielektriklar
Oʻtkazgichlar
odatda tashqi qobigʻidagi elektronlari yoki valent
elektronlari yadrosi bilan nisbatan kuchsiz bogʻ hosil qilgan atomlardan
tashkil topgan. Quyida mis atomining taxminiy chizmasi berilgan. Bir
necha metall atomlari birgalikda oʻzlarining tashqi qobigʻidagi
elektronlarini hech qanday qiyinchiliksiz oʻzaro almasha oladi. Bir gala
elektronlar muayyan bir yadroga bogʻliq boʻlmay qoladi. Demak, hatto
kichkina qiymatdagi elektr kuchi ham elektronlar galasini siljitishga
yetarli boʻladi.
Mis, oltin, kumush va alyuminiy, shuningdek, shoʻr suv
yaxshi oʻtkazgich boʻla oladi.
Shuningdek, yomon oʻtkazgichlar ham mavjud. Masalan, chogʻlanma
lampochkalarda ishlatiladan metall
–
volfram yoki uglerodning
olmosdagi holati nisbatan yomon oʻtkazgi
chlar sanaladi. Chunki ularning
elektronlari siljishga moyil emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |