Dielektriklar (yoki izolyatorlar)
–
bu tashqi elektronlari yadrosi bilan
mustahkam bogʻlangan moddalar. Oʻrtacha elektr kuchlari ularning
elektronlarini erkin holatga chiqara olmaydi. Elekt
r kuchi taʼsir qilgan
paytda elektronlar buluti kuchga javoban choʻziladi va
deformatsiyalanadi, ammo elektronlar harakatlanmaydi. Shisha, plastik,
tosh va havo izolyatorlarga misol boʻladi. Ammo hatto izolyatorlarga
ham juda katta elektr kuch bilan taʼsir
qilib, ularning elektronlarini
harakatlantirish mumkin va bu holat dielektrik teshilish deyiladi. Siz
uchqunni koʻrgan paytingizda havo molekulalari bilan aynan shu hodisa
roʻy beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |