» h
isoblanadi. Bu
«ko‘zguda
»
ishlab chiqarishning barcha natijalarini ko‘rish mumkin. Ma’lumki, har
bir tarmoq, korxona, qolaversa, har bir shaxs o‘zishlab chiqarish faoliyatida
maksimum foyda olishga intiladi. Buning uchun ma’lum xarajatlar qiladi. Ana shu
foyda bilan harajatlar o‘rtasidagi farq tarmoq va korxona faoliyatining «ko‘zgusi»
bo‘lgan samaradorlikda ko‘zga tashlanadi. Ishlab chiqarishning eng yuqori
samaradorligi ishlab chiqarish xarajatlarini minimum darajaga keltirishdan iborat.
Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish sharoitida samaradorlikning
alohida o‘rni mavjud. Bozor iqtisodiyoti natijalilikni, foydalilikni taqazo etadi.
Tartibli bozorga asoslangan iqtisodiyotda eng kam resurs sarflab, ko‘p natijaga
erishish zarur. Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida 5 turdagi resurslar tizimi
harakatda bo‘ladi: a) moddiy resurslar; b) mehnat resurslari; v) moliyaviy resurslar;
g) energetik resurslar; d) axborot resurslari; ya’ni informatsion resurslar. Mana shu
resurslardan oqilona foydalanib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish mumkin.
Bunday faoliyat ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo‘nalishida muhim
ahamiyat kasb etadi.
Samaradorlikni butun iqtisodiyotdagi, uning tarmoqlari va sohalaridagi
muammolarining dolzarbligi bir qator ilmiy-nazariy va amaliy masalalarni hal
qilishni talab qiladi. Ushbu masalalar qatoriga, bizning fikrimizcha quyidagilarni
kiritish mumkin:
samaradorlikning mohiyati va tushunchasi;
samaradorlik turlarining (ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ekologik, texnik-
texnologik, jamiyat, hudud, korxona miqyosidagi kabilar) o‘zaro bog‘liqligi, farqlari,
bir-biriga ta’sir qilish miqdorlarini aniqlash;
samaradorlik mezonlarining mohiyati, tushunchasi, belgilarini asoslab berish;
samaradorlik ko‘rsatkichlarini aniqlash, bir tizimli holatga keltirish;
samaradorlik ko‘rsatkichlarini tanlangan ob’ekt doirasida tadqiqot qilish,
ularning o‘zgarish tendensiyalarini aniqlash;
samaradorlikni oshirishning yo‘llarini aniqlash va bashorat qilish kabilar.
Yuqorida keltirilgan masalalar bo‘yicha iqtisodiy adabiyotlarda ko‘plab
qarashlar mavjud bo‘lib, ular asosan alternativ xarakterga ega. Ularning umumiy
tomoni samaradorlik nisbiy ko‘rsatkich hisoblanib, uni «xarajat» va «natijani»
solishtirish orqali aniqlashni tavsiya qilishadi.
B.A.Abdukarimov va boshqalar muallifligidagi “Korxona iqtisodiyoti”
darsligida “samaradorlikka bunday bir tomonlama yondoshish muammoli masala
bo‘lib, samaradorlikni mohiyati, tushunchasi, mezoni va ko‘rsatkichlarini ilmiy-
nazariy va amaliy tadqiqot qilishda sistemali, keng ma’noda, har tomonlama qarash
zarur”-deb ta’kidlanadi
1
.
O‘zbek tilining izohli lug‘atida «samara», «samarador», «samaradorlik»,
«samarali» so‘zlari keltirilib, ularga izoh berilgan. Unda yozilishicha «samara» -
natija, oqibat. «Samarador» - kutilganicha yoki undan ham ortiq samara beradigan;
samarali,
sermahsul.
«Samaradorlik» - iqtisodiy samaradorlik. Mehnat
samaradorligini oshirmoq. «Samarali» - samarali ish. Samarali mehnat. Samarali
1
B.A. Adukarimov va boshq. Korxona iqtisodiyoti. Darslik. – T.: «Fan va texnologiya», 2012, – 368 bet.
77
ta’sir ko‘rsatmoq. Ishlab chiqarish vositalaridan samarali foydalanmoq deb
ta’kidlangan
1
.
Ishlatilayotgan so‘z, atama (termin)ning asl mazmunidan kelib chiqadigan
bo‘lsak, samaradorlik, u qaysi turda bo‘lishidan qat’iy nazar, inson faoliyatining
«natijasini» anglatadi.
“Samara”,
“samaradorlik”,
“ijtimoiy-iqtisodiy
samaradorlik”
kabi
tushunchalarning orasidagi farqni anglab olish zarur.
Professor E.X.Maxmudovning ta’kidlashicha
Do'stlaringiz bilan baham: |