Qisqacha xulosalar
Yirik miqyosda amalga oshiriladigan, har qanday to‘g‘ridan-to‘g‘ri mehnat,
amaldagi ishlab chiqarish u yoki bu darajada boshqaruvga muhtojdir. Shu sababli
boshqaruv ob’ektiv zaruriyat va maqsadga yo‘naltirilgan jarayon sifatida namoyon
bo‘ladi.
Respublika sanoatiga rahbarlik qilish O‘zbekiston davlatining iqtisodiy
strategiyasiga asoslanadi va unga muvofiq amalga oshiriladi.
Boshqaruvning asosiy tamoyillari va usullari mavjud bo‘lib, ular jamiyat
taraqqiyotining turli ob’ektlarida turlicha bo‘lishi mumkin. Ularning oqilona va izchil
hamda bosqichma-bosqich amalga oshirish sanoat ishlab chiqarishi taraqiyotini
jadallashtirishga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |