Mavqei alohida o‘rin egallaydi


 Ishlab chiqarish samaradorlignning mohiyati, mezoni va



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/324
Sana08.01.2022
Hajmi5,3 Mb.
#333959
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   324
Bog'liq
2499-Текст статьи-7151-1-10-20200711

5.2. Ishlab chiqarish samaradorlignning mohiyati, mezoni va 
ko‘rsatkichlari. Xarajatlarning umumiy va qiyosiy samaradorligi 
Mezon  masalasi  iqtisodiy  samaradorlik  nazariyasining  eng  muhim  sohasi 
hisoblanadi.  Falsafiy  ma’noda  mezon-bu,  asosiy  o‘lchov,  muhimfarqli  belgi,  asosiy 
nuqtai  nazardir.  Shular  asosidagina  u  yoki  bu  sohadagi  bizning  bilimlarimizning 
ob’ektiv 
haqiqatligini, 
to‘g‘riliginiva 
ishonchliligini 
aniqlash, 
haqiqatni 
anglashmovchiliklardan farqqilish mumkin. 


 
 
80 
Ishlab  chiqarishning  asosiy  maqsadiga  erishish  uchun  barcha  resurslardan 
oqilona  foydalanish,  tayyorlanadigan  mahsulotning  har  bir  birligiga  sarflanadigan 
harajatlarni  kamaytirish  kerak.  Demak,  samarani  o‘lchaganda  mezon  sifatida  jami 
ijtimoiy mehnatni tejash, uning unumdorligini oshirish qabul etiladi. 
 «Kriteriya»  so‘zi  grekcha  «Kriterion»  so‘zidan  olingan  bo‘lib,  uning  asosida 
nimagadir  baho  berish  alomati,  nimadir  aniqlanishi  yoki  tasnifi,  o‘lchovi  degan 
ma’noni  bildiradi
1
.  «Kriteriya»  atamasining  o‘zbekcha  ma’nosi  «mezon»  so‘zini 
anglatadi. 
Mezonni  xodisalar,  jarayonlar,  holat  va  boshqalarni  sifat  mazmunini  o‘lchovi, 
ular  to‘g‘risidagi  fikrning  alomati  deb  tushunish  lozim.  Uning  son  o‘lchovlari 
ko‘rsatkichlarda o‘z aksini topadi.  
Korxonaning  samaradorlik  mezoni  to‘g‘risida  fikr  yuritganda  tizimli  tahlil, 
tizimli  munosabatni  ishlatish  lozim.  Samaradorlik  mezoni  xodisalar,  jarayonlar  va 
holatni  sifat  belgisi  sifatida  tizimni,  tarmoqni  yoki  korxonani  faoliyat  yuritishining 
maqsadini aks ettirishi zarur.  
Samaradorlikning mohiyati, mezoni va ko‘rsatkichlarini aholi iste’mol tovarlari 
ishlab chiqaruvchi korxonalar misolida ko‘rib chiqamiz. 
Sanoat  korxonalarining  maqsadi  ikki  tomonlama  xarakterga  ega  bo‘lib,  bir 
tomondan,  aholining  iste’mol  tovarlariga  bo‘lgan  talabini  to‘laroq  qondirish  bo‘lsa, 
ikkinchi  tomondan  optimal  miqdorda  foyda  olish  yoki  optimal  rentabellikka 
erishishdir.  
Ushbu  ko‘rsatkichlarni  maksimallashtirish  korxona  samaradorligining  mezoni 
bo‘lib hisoblanadi.  
Xorijiy  davlatlar  tajribasidan  shunday  xulosa  qilish  mumkin:  bosh  maqsad  eng 
yuqori  iqtisodiy  natijaga  erishish,  ya’ni  maksimal  foyda  olish.  Ushbu  maqsadga 
erishish  vositasi  sifatida  aholini  iste’mol  tovarlarga  talabini  to‘laroq  qondirish 
hisoblanadi.  Ushbu  maqsad  va  unga  erishish  vositasi  o‘rtasida  sabab  va  oqibat 
aloqalari  yotadi.  Sabab  o‘zaro  ta’sir  bo‘lsa,  oqibat  –  bu  o‘zaro  ta’sir  natijasidir. 
Bunday  holatdan kelib  chiqsak sabab  aholining iste’mol  tovarlariga  bo‘lgan talabini 
qondirish bo‘lsa, natija maksimal (yoki optimal) foyda olish bo‘lib hisoblanadi.  
Shunday  qilib,  yuqori  foyda  olishni  ta’minlovchi  sabab  sifatida  aholining 
iste’mol tovarlariga bo‘lgan talabini qondirish hisoblanadi. 
Yuqorida keltirilgan nazariy xulosalardan kelib chiqsak, savdo sohasi, korxonasi 
samaradorligining  o‘lchov  birligi  sifatida  ko‘rsatkichlar  tizimidan  foydalanish  zarur 
ekanligini asoslamoqda.  
Korxonaning  samaradorligini  o‘lchash  va  baholashni  quyidagi  alomatlar 
bo‘yicha guruhlash zarur: 
birinchidan, umuman milliy iqtisodiyot manfaati nuqtai nazaridan; 
ikkinchidan, iste’molchi (aholi) manfaati nuqtai nazaridan; 
uchinchidan, korxona (mulkdor, boshqaruv xodimlari hamda ishchilar) manfaati 
nuqtai nazaridan. 
                                                 
1
 Словарь иностранных слов. М.: Русский язык. 1985. С. 262. 


 
 
81 
Ijtimoiy-iqtisodiy 
samaradorlik 

chegaralangan 
resurslardan 
oqilona 
foydalangan  holda  erishilgan,  aholining  ijtimoiy  iqtisodiy  iste’mol  darajasini 
yuksaltirishdir. 
Ijtimoiy-iqtisodiy  ehtiyojlarning  qondirilishi  -  inson  kamolotining  yuksalishi, 
moddiy  va  ijtimoiy  farovonligining  o‘sishi,  madaniy  va  ma’naviy  jihatdan 
rivojlanishida  ko‘rinadi.  Inson  farovonligi  hamda  kamoloti  naqadar  yuksalsa,  shu 
qadar yuqori ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikga erishgan bo‘ladi. 
Ishlab  chiqarishning  ijtimoiy-iqtisodiy  samaradorligi  uning  pirovard  maqsad 
natijasida  o‘z  ifodasini  topadi.  Ijtimoiy-iqtisodiy  samaradorlik  tarkibida  iqtisodiy 
samaradorlik alohida e’tiborga ega. 
Iqtisodiy samara ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan iqtisodiy ne’matlar hajmi 
bilan  ifodalanadi.  Iqtisodiy  samaradorlikning  mezoni  xarajatlar  bilan  erishilgan 
iqtisodiy  ne’matlar  munosabatidir.  Ishlab  chiqarish  jarayonida  omillar  (er,  kapital, 
mehnat,  tadbirkorlik)  xarajat  qilinadi  va  uning  natijasida  ma’lum  miqdordagi 
ne’matlar  yaratiladi.  Xarajat  bilan  natijani  taqqoslash  orqali  iqtisodiy  samaradorlik 
ifodalanadi. 
Ishlab  chiqarishning  natijasi  ijtimoiy  samaradorlik  orqali  ham  ifodalanadi. 
Korxonaning ijtimoiy samaradorligi mezoni iste’molchilarni ehtiyojlarini qondirilish 
darajasi  bilan  belgilanadi.  Ijtimoiy  samaradorlikning  ko‘rsatkichlari  aholining 
daromadlar  miqdori,  ish  bilan  bandligi,  salomatligini  saqlash,  mehnat  malakasini 
yuksaltirish,  madaniy  va  ma’naviy  ehtiyojlarini  qondirish,  bo‘sh  vaqtlari  kabilarni 
aniqlash bilan belgilanadi. 
Ishlab  chiqarishning  iqtisodiy  samaradorligi  -  murakkab  kategoriyadir.  Unda 
ishlab  chiqarish  natijalariga  hamda,  xarajatlariga  ta’sir  ko‘rsatuvchi  omillar 
mujassamlangandir.  Unda  ishlab  chiqarish  natijalarining  o‘sishi,  mahsulot  sifatining 
yaxshilanishi hamda mahsulot assortimenti tuzilishining ijtimoiy ehtiyojlar tuzilishiga 
to‘g‘ri kelishida o‘zining aksini topadi. 
Ijtimoiy  ishlab  chiqarish  samaradorligi  o‘sishining  tarkibiy  qismlari 
quyidagilardan iborat: 
*
 
 Mahsulot sifati va tarkibining yaxshilanishi; 
*
 
 Jonli mehnat unumdorligining o‘sishi; 
*
 
 Material sarfining kamayishi; 
*
 
 Fond samarasining oshishi. 
Samaradorlik  -  bu,  foydalilik,  natijalilikdir.  Ma’lumki,  qandaydir  natija  olish 
uchun  mehnat  qilish,  ishlash,  mahsulot  ishlab  chiqarish  yoki  xizmat  ko‘rsatish  va 
ma’lum miqdorda xarajat qilish kerak. 
Samaradorlikni  aniqlash  uchun  natijani  shu  natijaga  erishishga  sarflangan 
xarajatlar yoki resurslar bilan taqqoslash kerak. Demak, samaradorlik ishlab chiqarish 
faoliyati  natijalari  bilan  ularga  erishish  uchun  sarflangan  mehnat,  moddiy  va 
moliyaviy resurslarning o‘zaro nisbatidir. 
 

Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish