-
moliya-kredit va narx-navo
islohoti;
-
boshqarish tizimini isloh qilish va bozor
infratuzilmasini yaratish;
-
tashqi iqtisodiy aloqalar islohoti;
-
ijtimoiy islohotlar.
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning bu asosiy yo'nalishlari I.A.Karimovning
“O'zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida” kitobida bayon qilib berilgan.
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning boshlang'ich nuqtasi bozor iqtisodiyotining
xuquqiy negizini yaratishdan iborat bo'ladi.
Respublikada iqtisodiy islohotlarning huquqiy negizini yaratish bo'yicha amalga oshirilgan
ishlarning bir nechta yo'nalishini ajratib ko'rsatish mumkin.
Birinchi yo'nalish — davlat va iqtisodiy mustaqillikning huquqiy negizlarini yaratish,
davlatni boshqarish qoidalarini tartibga soluvchi qonunlarni qabul qilish.
Boshqaruv tizimining yuqori va quyi darajadagi vazifalari aniq chegaralab qo'yildi.
Vakolatli hokimiyatning yagona to'la huquqli organi bo'lgan hokimlik institugi yaratildi,
fuqarolarning o'z-o'zini boshqarish sohasida fuqarolar yig'ini joriy qilindi.
Ikkinchi yo'nalish tizimdagi o'zgarishlarga, yangi iqtisodiy munosabatlarga va shu jumladan
mulkchilik munosabatlariga asos bo'ladigan qonunlar tizimini yaratish. Respublikada bu yo'nalish
bo'yicha qabul qilingan qonunlarda mulqdorning huquqi tan olindi, xususiy mulkchilik huquqi
e'tirof qilindi, mulkchilikning barcha shakllari uchun teng sharoit yaratildi. Davlat mulkini
xususiylashtirishning samarali mexanizmi ishlab chiqildi. Qisqacha aytganda bozor
munosabatlarining negizi bo'lgan ko'p ukladli iqtisodiyotni shakllantirishning barcha xuquqiy
asoslari yaratildi.
Uchinchi yo'nalish - xo'jalik yuritishning va institutsional o'zgarishlarning bozor
sharoitlariga mos keladigan yangi mexanizmni yaratishga qaratadigan qonunlar. Bozor
infratuzilmasini yaratish va uning faoliyatiga xos jarayonlarni tartibga solishni ta'minlaydigan
qonunlarni qabul qilishdan oldin, iqtisodiyotning turli sohalarida xo'jalik yuritayotgan
subyektlarning huquq va iqtisodiy erkinlik borasidagi maqomini belgilab beradigan qonunlar qabul
qilindi. Korxonalar to'g'risidagi qonun, kooperatsiya to'g'risidagi, dehqon xo'jaligi to'g'risidagi,
xo'jalik jamiyatlari va shirkatlari to'g'risidagi qonunlar shular jumlasidandir.
To'rtinchi yo'nalish - Respublikamizni xalqaro munosabatlarning teng huquqli subyekti
sifatida, ta'riflovchi huquqiy normalarni yaratish. Bu yo'nalishdagi qonunlarni qabul qilish
natijasida mamlakatimizning tashqi iqtisodiy aloqalariiing rivojlanishi tarixida sifat jihatdan yangi
bosqich boshlandi.
Beshinchi yo'nalish — kishilarning konstitutsion va yuridik hukuqlarini, ijtimoiy
kafolatlarini va aholini ijtimoiy himoyalashni ta'minlaydigan qonunlarni ishlab chiqish. Bu
qonunlar
bozor munosabatlariga o'tish sharoitida aholining eng muhtoj tabaqalari manfaatlarini qonun kuchi
bilan himoya qilishgagina emas, balki ularning ma'naviy imkoniyatlarini namoyon qilish, islohotlar
uchun mustahkam ijtimoiy zamin yaratishga ham imkon beradi.
Yuqorida qarab chiqilgan barcha qonunlarda bozor iqtisodiyotining xuquqiy asoslarini
yaratish
ham amaliy, ham iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning huquqiy asosini tashkil qildi.
Bozor islohotlarining bosh bo'g'ini mulkchilik munosabatlarini tubdan o'zgartirishdir,
chunki
shu orqali ko'p ukladli iqtisodiyot va raqobatlashish muhiti shakllantiriladi hamda bozor
iqtisodiyotiga o'tishning shart-sharoitlari vujudga keltiriladi. Shu sababli Respublikada mulkiy
munosabatlarni isloh qilishdan ko'zda tutilgan maqsad davlat mulki monopolizmini tugatish va bu
mulkni xususiylashtirish hisobiga ko'p ukladli iqtisodiyotni real shakllantirishdan iborat.
Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning dastlabki bosqichidayoq qishloq
xo'jaligini isloh qilishga ustunlik berildi. Bunga quyidagilar sabab bo'ldi. Birinchidan,
Respublikamiz iqtisodiyotida agrar soha ustunlikka ega, aholining ko'pchiligi qishloq xo'jaligida
band, iqtisodi o'sish ko'p jihatdan shu tarmoq ahvoliga bog'liq. Hozirgi kunda agrar sektor hissasiga
yalpi ichki milliy mahsulotning 1/4 qismidan ko'prog'i to'g'ri keladi, xalq xo'jaligida band
bo'lganlarning 37 foizga yaqini qishloq xo'jaligida ishlaydi va barcha aholining yarmidan ko'prog'i
qishloqda yashaydi.
Ikkinchidan, Respublika bugun sanoat potensialining yarmiga yaqinini tashkil qiladigan
sanoatning ko'pgina tarmoqlarini (paxta tozalash, to'qimachilik, yengil, oziq-ovqat, kimyo sanoati,
qishloq xo'jalik mashinasozlish va boshqalar) rivojlantirish istiqbollari bevosita qishloq xo'jaligiga
bog'liq.
Uchinchidan, qishloq xo'jalik mahsulotlari (asosan paxta) hozirgi vaqgda valuta resurslari,
Respublika uchun zarur bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar, texnika va texnologiya
uskunalarini chetdan sotib olishni ta'minlayotgan asosiy manbadir.
To'rtinchidan, mustaqillik sharoitida qishloq xo'jaligining oziq-ovqat muammosini hal
etishdagi roli ortib boradi.
O'zbekistonda agrar islohotning negizi yerga bo'lgan mulkchilik masalasidir. Respublika
Konsttutsiyasida yer xususiy mulk qilib sotlishi mumkin emasligi, balki uni uzoq muddatli ijara
shartlari bilan topshirish mumkinligi ta'kidlangan.
Shunday ekan, qishloqda bozor munosabatlarini shakllantirishga yerni meros qilib qoldirish
huquqi bilan umrbod foydalanish uchun ijaraga berib qo'yish orqali erishish ko'zda tutilgan.
Respublikada yerga bo'lgan mulkchilik munosabatlarini isloh qilishning boshqa xususiyati
shundan iboratki, melioratsiya, irrigatsiya, yerlarning unumdorligini oshirish dasturlarini bajarishni
davlat o'z zimmasiga oladi. Buni bizda dehqonchilikning xususiyati taqozo qiladi. Bu xususiyat
faqat sug'oriladigan yerlarga xosdir. Respublikada barcha haydaladigan yerlarning 3/4 qismidan
ko'prog'i (4,2 mln.ga) sug'oriladigan yerlar bo'lib, uning yarmidan ko'prog'i yaxshi meliorativ
holatda, qolgan yerlar esa melioratsiya ishlari (qayta o'zlashtirish, kollektor-drenaj tarmoqlarini
rekonstruksiya qilishni olib borishni talab qiladi. Hozirgi vaqtda sug'orib kelingan har gektar yerni
qayta o'zlashtirish uchun 1990 yilgi darajadan 14-15 baravar ko'p xarajat talab qilinadi. Bundan
xulosa shuki, birorta ham fermer irrigatsiya va melioratsiya ishlarini o'z mustaqil amalga oshira
olmaydi. Faqat davlatgina melioratsiya tarmoqlarini rekonstruksiyalashga, qurishga va irrigatsiya
tadbirlarini amalga oshirishga qodirdir.
Respublikada agrar islohtlarning navbatdagi yo'nalishi barcha davlat qishloq xo'jalik
korxonalarini (birinchi navbatda zarar ko'rib ishlayotganlarini) jamoa xo'jaliklariga va
mulkchilikning boshqa shakllari (kooperativlar, aksiyadorlik xo'jaliklari va har xil xususiy
korxonalar) ga aylantirishdan iboratdir.
Bunda birlamchi qishloq xo'jalik bo'g'ini xo'jaliklarini birlashtiradigan va ularga moddiy-
texnikaviy ta'miiot, texnika, agrokimyo xizmati ko'rsatadigan kooperativ bo'lishi lozim. Ularning
tarkibida fermer xo'jaliklari qishloq xo'jalik ishlab chiqarishini tashkil etishning sifatida faoliyat
ko'rsatadi (Respublikada fermer xo'jaliklarining rivojlanishi 2-jadvalda keltirilgan).
Do'stlaringiz bilan baham: