Birinchi vazifa — davlat mulklarini xususiylashtirish sohasida boshlangan ishni oxiriga
yetkazish. Bunda davlat mulkini xususiylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini keng qo'llab-quvvatlash,
kichik xususiy korxonalar tashkil qilishni rag'batlantirish hisobiga ishlab chiqarishda davlatga
qarashli bo'lmagan qismning ulushini oshirish ko'zda tutiladi.
Ikkinchi vazifa - ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va makroiqtisodiy
barqarorlikni ta'minlash. Bu ham korxonalar va tarmoqlarning, umuman davlatning iqtisodiy va
moliyaviy barqarorligiga erishish imkonini beradi.