mablag’ oluvchilarga login va parollar berilishi hamda byudjetdan mablag’
162
oluvchilar tomonidan savdo o’tkazish to’g’risidagi e’lonlar matni maxsus axborot
portaliga joylashtirilishi bepul amalga oshiriladi.
Byudjetdan mablag’ oluvchilar savdo o’tkazish to’g’risidagi e’lonlarda
ayrim turdagi tovarlar bo’yicha bitta e’lon predmetida bir nechta tovarlar (ish,
xizmat) ro’yxatini ko’rsatishi mumkin. Bunda, quyidagi bir nechta tovarlar
bo’yicha umumlashtirilgan holda e’lon berilishi mumkin:
kantselyariya mahsulotlari;
oziq-ovqat mahsulotlari;
dori-darmon vositalari (savdo o’tkazish to’g’risida e’lon berilgan
hollarda);
ta’mirlash ishlari;
boshqa bir tipdagi tovar(ish, xizmat)lar (Hukumat komissiyasining
ishchi organi bilan kelishilgan holda).
Bunda, byudjetdan mablag’ oluvchi bir nechta tovarlar (ish, xizmat)
ro’yxatini e’lon ilovasida alohida ko’rsatadi.
Byudjetdan mablag’ oluvchi savdo o’tkazish to’g’risidagi e’lon matnini
maxsus axborot portaliga agent orqali joylashtirishi mumkin. Bunda, byudjetdan
mablag’ oluvchining savdo o’tkazish to’g’risidagi e’lon matni agent tomonidan
maxsus axborot portaliga 1 kun ichida joylashtirilishi lozim.
Byudjetdan mablag’ oluvchining savdo o’tkazish to’g’risidagi axborot
portaliga joylashtirgan e’loni bo’yicha 30 kun davomida taklif tushmasa, lekin
byudjetdan mablag’ oluvchining o’zi savdo o’tkazish to’g’risidagi e’lonlarni
ommaviy axborot vositalarida (ixtisoslashgan jurnallar, gazetalar) joylashtirishi
yoki tovar (ish, xizmat) etkazib beruvchilarni pochta, telefaks va boshqacha
shaklda xabardor qilish natijasida 3 ta va undan ortiq tijorat takliflari tushgan
bo’lsa, u holda byudjetdan mablag’ oluvchi axborot portalida qayta e’lon
bermasdan, o’zi tanlov o’tkazishi mumkin. Elektron savdolarda qatnashadigan
e’lon (talabnomalar) bundan mustasno. Byudjetdan mablag’ oluvchilar
g’aznachilik bo’linmalariga shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazish uchun taqdim
qilishda (qonunchilikda ko’zda tutilgan hollar bundan mustasno) axborot
portaliga joylashtirilgan, savdo o’tkazish to’g’risidagi e’lon kseronusxasini ilova
qilgan holda taqdim qiladi.
Elektron savdoda qatnashish to’g’risida e’lon va talabnoma.
Byudjetdan
mablag’ oluvchilar davlat xaridlari bo’yicha Hukumat komissiyasi belgilagan
alohida mahsulotlar (ish, xizmat) ro’yxati bo’yicha bir shartnoma summasi
300
AQSh dollaridan 100 ming AQSh dollarigacha
teng miqdordagi summani tashkil
etgan xaridlar bo’yicha tovarlarni (ish, xizmat) O’zbekiston respublika tovar
xom-ashyo birjasining
elektron savdolari orqali
sotib oladilar.
Elektron savdo o’tkazish to’g’risidagi e’lon maxsus axborot portaliga
faqatgina buyurtmachining agenti orqali joylashtiriladi va ushbu e’lon o’z
163
navbatida elektron tizimda talabnoma ko’rinishida shakllanadi. Elektron savdolar
o’tkazish to’g’risidagi e’londa quyidagi ma’lumotlar bo’lishi lozim:
buyurtmachining nomi va manzili;
savdolar maqsadini moliyalashtirish manbasi;
birinchi va oxirgi savdo kuni (savdo muddati);
savdolar maqsadining boshlang’ich narxi;
savdolar
maqsadining
xarakteristikasi
(savdo
maqsadining
spetsifikatsiyasi);
lotning miqdori;
tovarlarni etkazib berish muddati va sharti;
tovarlarni etkazib berish joyi (manzili).
Qog’oz formatdagi savdolar bayonnomasi birja yoki birjaning mintaqaviy
savdo maydoni va etkazib beruvchi (uning agenti) tomonidan ikki nusxada
imzolanishi kerak, ulardan biri buyurtmachiga (uning agentiga) beriladi.
Buyurtmachi va savdolarda g’olib chiqqan etkazib beruvchi savdolar
bayonnomasi asosida savdolar g’olibi aniqlangan paytdan boshlab besh ish kuni
mobaynida har bir lot bo’yicha alohida kontrakt tuzishi shart.
Byudjetdan mablag’ oluvchi tomonidan maxsus axborot portaliga (elektron
savdo tizimiga) joylashtirilgan e’lon (talabnoma) bo’yicha tovar (ish, xizmat)
etkazib beruvchilar bitta yoki umuman taklif tushmagan hollarda, savdo
o’tkazilmagan deb hisoblanadi va bu to’g’risida savdo bayonnomasi (tiket)
nusxasini O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi yoki uning hududiy
bo’limlari 1 kun ichida tegishli byudjetdan mablag’ oluvchilarga yoki ularning
agentlariga taqdim qiladi.
Xulosa qilib aytganda, davlat xaridlari tizimini samarali tashkil etish davlat
xaridlariga kichik biznes sub’ektlarini yanada ko’proq jalb qilish, davlat
ehtiyojlari uchun tovar va xizmatlarni sotib olishda maqbul narxlarni qo’llash,
pirovardida byudjet mablag’laridan samarali foydalanish, davlat mablag’larining
maqsadsiz ishlatilishining oldini olish, byudjet xarajatlarining samarali ijrosini
ta’minlashga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: