“Budjet hisobi” kafedrasi


 Davlat xaridlari tizimidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish



Download 3,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/297
Sana08.01.2022
Hajmi3,1 Mb.
#333185
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   297
Bog'liq
Budjet gazna ijrosi oum (1)

3. Davlat xaridlari tizimidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish 

2010  yilda  davlatning  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishi  yakunlari  va  2011 

yilga  ustuvor  yo’nalishlar  bo’yicha  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasi  yig’ilishida  so’zga  chiqib,  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 

I.A.Karimov  belgilab  o’tdiki:  “Kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik 

sub’ektlariga  kredit  olish,  xom-ashyo  resurslariga,  shuningdek  davlat  xaridlari 

tizimiga keng yo’l ochib berishli zarur”

2



Qo’yilgan  vazifalarni  bajarish  uchun  qonunchilik  asoslarini  yaratish 



maqsadida 2011 yilning 7 fevralida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-

1475-sonli  “Davlat  xaridlari  tizimini  maqbullashtirish  va  ularga  kichik  biznes 

sub’ektlarini jalb qilishni kengaytirish to’g’risida”gi qarori qabul qilindi. 

                                                           

1

 

Davlat  xaridlari  bo’yicha  Hukumat  komissiyasining  ishchi  organi  to’g’risida  Nizom.  O’zR  VMning 



“Davlat  xaridlarini  tashkil  etishga  doir  normativ-huquqiy  bazani  takomillashtirish  chora-tadbirlari 

to’g’risida”gi qarori. 2011 yil 1 aprel, 100-son. 1-ilova

 

 



156 

 

Ushbu  me’yoriy  hujjat  bilan,  maxsus  kvotalar  ajratish  hisobiga  davlat 



xaridlarini  olishga  qatnashish  uchun  kichik  biznesga  yo’l  ochishni  amalda 

ta’minlash  imkonini  beruvchi  aniq  mexanizm  paydo  bo’ldi.  Bundan  tashqari,  u 

mahsulot,  ish  va  xizmatlarga  davlat  buyurtmalarini  iqtisodiyotning  mazkur 

sektori  korxonalari  o’rtasida  joylashtirishning  oshkora  elektron  tizimini 

bosqichma-bosqich  yo’lga  qo’yishni  ko’zda  tutadi.  Shuningdek,  Qarorning  joriy 

qilinishi respublika byudjeti hamda  mahalliy byudjetlar mablag’laridan samarali 

foydalanish va tovar bozorlarida sof raqobatni rivojlanishga imkon yaratadi. 

Ta’kidlash  lozimki,  qaror  nafaqat  kichik  biznes  sub’ektlarini  davlat 

xaridlariga yo’l ochishni, balki ularga ustuvorlikni ham belgilaydi. Bunda, Qaror 

talabi  bo’yicha  davlat  xaridlari  bo’yicha  tenderlar  o’tkazilganda  kichik  biznes 

sub’ektlariga,  sharoitlar  teng  bo’lgan  boshqa  hollarda,  ustunlik  beriladi  hamda 

uchta  ishtirokchidan  kam  bo’lgan  holda,  konkurs  takliflari  tanlovini  o’tkazish 

taqiqlanadi, qonun hujjatlarida ko’zda tutilgan hollar bundan mustasno. 

2011  yil  1  apreldan  ushbu  tartib  amaliyotga  tadbiq  qilindi  va  davlat 

xaridlari  bo’yicha  tenderlar  o’tkazilganda,  sharoitlar  teng  bo’lgan  boshqa 

hollarda,  ustunlik  tadbirkorlik  sub’ektlarining  ushbu  toifasiga  beriladi.  Davlat 

xaridlarini  amalga  oshirishga  yo’naltirilgan  davlat  byudjeti  va  boshqa 

markazlashtirilgan  manbalar  mablag’larining  maqsadli  va  oqilona  ishlatilishi 

ustidan  nazoratni  amalga  oshirish,  ushbu  sohadagi  qonun  hujjatlariga  rioya 

qilishdan  tashqari,  hukumat  Komissiyasiga,  juda  muhim,  davlat  xaridlari 

jarayoniga  kichik  biznes  sub’ektlarini  faol  va  keng  miqyosda  jalb  qilish  uchun 

qulay sharoitlar yaratish vazifasi ham yuklatilgan.  

Qaror  nafaqat kichik  biznes  sub’ektlarini  davlat  xaridlariga  yo’l  ochishni, 

balki  ularning  ishlab  chiqarish  faoliyatini  kengroq  qo’llab-quvvatlashni  ham 

ko’zda tutadi, buning uchun O’zbekiston tovar xom-ashyo birjasi qoshida maxsus 

Mahsulotni sotishni rivojlantirish markazini tashkil qilish rejalashtirildi. 

Yana  ahamiyatga  ega  bo’lgan  jihat,  bunda  kichik  biznes  sub’ektlari 

o’tkazilayotgan  tenderlar  bo’yicha  to’liq  ma’lumotlarni  olishlari  mumkin.  Ya’ni 

yuqoridagi  qarorga  asosan,  markazlashtirilgan  mablag’lar  hisobiga  davlat 

xaridlarini  amalga  oshiruvchi  barcha  tashkilotlar  ko’zlanayotgan  xaridlar 

bo’yicha e’lonlarni, zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar) etkazib beruvchini aniqlash 

kunidan  30  kun  oldin,  maxsus  axborot  portalida  joylashtirishlari  lozim.  Mazkur 

portal  Mahsulotni  sotishga  ko’maklashishni  rivojlantirish  markazida  tashkil 

qilinadi. 

Davlat xaridlarining o’zi O’zbekiston respublika tovar xom-ashyo birjasida 

tashkil  qilinadigan  elektron  savdolar  orqali  amalga  oshiriladi.  Ularga  barcha 

manfaatdor  tomonlarning  qatnashishiga  yo’l  ochishni  ta’minlash  uchun  har  bir 

tuman  bo’yicha  kichik  biznes  sub’ektlari  hamda  byudjetdan  mablag’  oluvchilar 

uchun  eng  qulay  joylarda  savdo  maydonchalari  va  brokerlik  kontoralari  tizimi 

tashkil qilinadi. 




157 

 

Shuningdek,  konkurs  savdolarini  o’tkazishning  o’zi  muntazam  ravishda 



nazorat  qilinadi.  Buning  uchun  Moliya  vazirligi  Nazorat-taftish  Bosh 

boshqarmasi  tarkibida  Tender  (tanlov)  savdolari  o’tkazilishi  bo’yicha  maxsus 

nazorat  bo’limi  tashkil  qilinadi.  Tender  (tanlov)  qatnashchilari  o’rtasida 

korruptsion  aloqalar,  til  biriktirishlar,  soxtalashtirishlar  mavjudligi  hamda  soxta 

tender  (tanlov)  savdolari  o’tkazilganlik  alomatlari  aniqlangan  hollarda,  mazkur 

Bo’lim  o’rnatilgan  tartibda  ushbu  savdolarni  bekor  qilish  bo’yicha  tegishli 

choralarni ko’radi. 

Bunda, qarorga asosan, o’zining quyi tashkilotlari uchun markazlashtirilgan 

xaridlarni  amalga  oshiruvchi  davlat  va  xo’jalik  boshqaruv  organlari  rahbarlariga 

davlat xaridlarini tashkil qilish va amalga oshirish samaradorligi hamda yuqorida 

nomi keltirilgan Qaror talablari ijrosini ta’minlanishi uchun shaxsan javobgarlik 

yuklatiladi.  

Qarorga  muvofiq  joriy  etilgan  yangi  normalar  nafaqat  kichik  biznes 

sub’ektlarini Davlat xaridlari tizimiga keng jalb qilinishini, balki respublikamizda 

yanada  takomillashgan  hamda  umume’tirof  etilgan  xalqaro  me’yorlarga  ham 

to’liq javob beradigan tizimning yaratilishini ta’minlaydi.  

G’aznachilik  uchun  davlat  xaridlarini  amalga  oshirishni  hamda  joriy  va 

dastlabki  nazorat  samaradorligini  takomillashtirish  va  xalqaro  tajribalardan 

samarali foydalanishga e’tibor qaratish, g’aznachilik operatsiyalarining nazoratini 

takomillashtirish muhim vazifa etib belgilangan.  

Davlat  byudjeti  ijrosi,  shu  jumladan  davlat  xaridlarini  amalga  oshirish 

jarayoni  ustidan  nazoratni  takomillashtirish  maqsadida  G’aznachilikning 

harakatlari  birinchi  navbatda  byudjet  tashkilotlarining  byudjet  va  shartnomaviy 

intizom darajasini oshirishga yo’naltirilishi, byudjet tashkilotlarining ta’minotchi 

tashkilotlar  bilan  shartnomalarini  G’aznachilik  tomonidan  ro’yxatga  olinishi  bu 

byudjet  tashkilotlarining  to’lashga  qodirligi  davlat  tomonidan  tasdiqlanadi  va 

ta’minotchi  tashkilot  uchun  byudjet  tashkiloti  tomonidan  shartnoma  shartlari 

bajarilmaganda, davlat tomonidan to’lov kafolati beriladi. 

 

 


Download 3,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish